Uyşin madaniyat uyida Referendum tarğibotiga bağişlangan tadbir ötkazildi
Bundan yigirma bir yil avval 2002-yil 27-yanvarda Özbekiston Respublikasida ikki palatalik parlamentni şakllantirişga bağişlangan Referendum bölib ötgan edi. Bu yil ötkaziladigan referendumda Konstitutsiyamizga kiritiladigan köşimça va özgartirişlar heç kimni befarq qoldirmayotganligini, jonajon xalkimizning ongida va qalbida ertangi kunga bölgan işonçi, ğurur-iftixori porlab turganligining har onda guvohi bölmoqdamiz.
Yurtboşimiz taʼbiri bilan aytganda, konstitutsiyaviy islohotni fuqarolarimiz fikri va qöllab-quvvatlaşi asosida, referendum orqali amalga oşirsak, bu tom maʼnoda xalqimiz xoxiş irodasining ifodasi-haqiqiy xalq Konstitutsiyasi böladi.
Xalqimizning bevosita xohiş va istaklari ifoda etiladigan kun etib 30-aprel sanasi belgilandi. Uşbu siyosiy jarayonda fuqarolarning faol iştirokini taʼminlaş maqsadida turli tarğibot tadbirlari ötkazilib kelinmoqda. Amudaryo tumanining Uyşin madaniyat markazida bölib ötgan tarğibot tadbiri ham şular jumlasidandir.
Tadbirda Referendum ötkazişga kömaklaşuvçi komissiya aʼzolari, keng jamoatçilik vakillari, faol fuqarolar iştirok etişdi.
Tarğibot tadbirida sözga çiqqanlar Konstitutsiyaviy Qonun loyihasini tayyorlaş va maromiga yetkazişda Qonunçilik palatasining 2022-yil 24-iyundagi qarori bilan “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi töğrisida”gi Qonun talablariga rioya etilgan holda ikki bosqiçda umumxalq muhokamasi ötkazilganligi, uşbu jarayonda “Meningkonstitutsiyam.uz” elektron platformasi, qisqa raqamli call-markazi, poçta aloqasi, mahallalar, xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali Respublikamizning barça hududlaridan fuqarolarimiz, ayniqsa yoşlarimizdan 220 mingdan ortiq fikr va takliflar qabul qilingan hamda tahlil qilinganligini aytib ötişdi.
Şuningdek, yangi tahrirda qabul qilinayotgan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 65 foizga yangilanib, moddalar soni hozirgi 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oşirilayapti. 128 ta moddaning 91 tasiga kontseptual özgarişlar kiritilmoqda.
Şu örinda aytiş kerakki, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ötkaziladigan referendum haqida har bir fuqaro albatta bilimga ega bölişi, qonunçilikni yaxşi bilişi, öz huquqlaridan töla-tökis unumli foydalanişi ğoyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Konstitutsiyamizga kiritilayotgan özgartişlar esa, kelgusida hayotimizning har bir jabhasida özining ijobiy ifodasini topişi şubhasiz.
Aziz yurtdoşlar! 2023-yil 30-aprelda ötkaziladigan referendum, bu şunçaki muhim siyosiy tadbir bölib ötadigan kun bölibgina qolmay, har birimizning, farzandlarimizning tinçligini, farovon va osuda hayotini belgilab beruvçi hujjatning qabul qilinişi uçun ovoz beriladigan kun ekanligini unutmaylik!
Şunday ekan, referendumda faol iştirok etib, öz Konstitutsiyaviy burçimizni röyobga çiqargan holda ovoz beraylik!
Diana Bazarbayeva QDUning jurnalistika fakulteti talabasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶