Hayotni sevib yaşang!
Hayot gözal, yaşamoq totli. Ota-ona bağrida ularning mehr ummonidan bahramand bölib, bexavotir, betaşviş yaşaş, maktabda döstlar bilan ötadigan beğubor damlar qançalar qadrli! Yoki dars maşğulotlarida olgan bilimlaringni namoyiş etib, ustozdan olqiş oliş-çi? Yaqin-qarindoşlar, döstlar diydorining bahosi bormi?
Aslini olganda hayotning har lahzasi gözal ekanligini, uning ğanimatligini anglab va qadrlab yaşamoq lozim. Buni ösib kelayotgan yoş avlodga singdiriş maqsadida umumiy örta taʼlim muassasalarida köplab turli tadbirlar ötkaziladi.
Men joriy yilning 28-aprelida özim faoliyat yuritayotgan 32-sonli maktabda şu maqsadga xizmat qiluvçi “Hayot gözal, yaşaş uçun 1001 sabab” nomli aktsiya ötkazdim.
Aktsiyaga maktabimizning 6-sinf öquvçilarini qamrab olib, har bir öquvçiga mavzuga doir tuşunçalarini sanab yozişini topşirdim. Bolalar hayot gözalligini sanagan sabablarini özlari öqib berdilar va bu borada jami öquvçilarning tuşunçalari kengayişiga erişdim. Keyinçalik tabiat qöynida art terapeya va kayfiyatni kötaruvçi maşğulotlar ötdim.
Aktsiya doirasida “Men seni sevaman, hayot!” deb nomlangan rasmlar tanlovi ötkazib, ğoliblarni öquvçilar bilan birgalikda aniqladim va bolalarni ahillaştiruvçi maşğulotlar ötdim. Bulardan öquvçilarim ulkan mativatsiya olişdi.
Tadbir davomida öquvçilarning kayfiyati kötarilib, hayot, yaşaş, tiriklik qadri borasidagi tuşunçalari kengaygani köz qaraşlaridan sezilib turdi. Mening ham maşğulotimdan könglim töldi va yanada ğayrat bilan işlaşga ahd qildim.
Hayotni sevib yaşang, şunda u qadrli tuyuladi.
Mahliyo Karimova, 32-sonli maktab amaliyotçi psixologi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶