HAYoTNING ÇINAKAM AKSI
Oygul Rajabova isteʼdodli jurnalist, şu bilan birga isteʼdodli yozuvçilarimizdan bölmoqda, desak ham yanglişmaymiz.
Tumanimizning taniqli va tajribali jurnalistlaridan biri bölmiş Oygul Rajabova yoşligidan adabiyotga qiziqar, hikoyalarini gazetamizga yuborib turardi. Hali u tahririyatimizga işga kelişidan oldin hikoyalarini gazetada yoritganmiz. Maqola, xabarlari ham çiqib turardi.
Jurnalistikaga, ijodga, töğri-roği yozuvçilikka qobiliyati borligi sabab, u 1985-yilda tahririyatga işga olingan. Oygul işonçimizni oqladi.
Uşbu maqolada Oygul Rajabovaning “Maşaqqatlarda toblangan umr” va “Tuşlarimga kirib turing...” kitoblari haqida fikr yuritmoqçiman.
“Maşaqqatlarda toblangan umr” kitobidagi qahramon Tursunboy Ahmedov real hayotda ham tajribali va işçan tadbirkor. Hotamtoyligi ham bor. Oygul mazkur kitobida 80 yaşar Tursunboyning bolaligidan ayni kungaça bosib ötgan yöli haqida hujjatli qissa bitibdi. Kitob qahramonining boşidan ötgan qiyinçiliklari va erişgan yutuqlarini işonarli tarzda yoritib bergan.
Şogirdimiz Oygulning “Tuşlarimga kirib turing...” kitobida esa “Sönggi puşaymon” va boşqa hikoyalari, matbuotda yoritilgan maqolalari jamlangan. Şuningdek, “Tuşlarimga kirib turing...” badiasi ham bor. Har ikkala kitobni bir ötirişda öqib tugatganman va Oygul Rajabovani tabriklaganman.
Kezi kelganidan foydalanib, gazetxonlarimizga şuni aytmoqçimanki, siz ham bu kitoblarni öqing. Hayotning çinakam aksi tasvirlangan qissa va hikoyalarni öqib, albatta, muallif mahoratiga, isteʼdodiga qoyil qolişingiz turgan gap!
Endi sizdan yangi-yangi qissa va hikoyalar kutib qolamiz, Oygul Rajabova!
Saʼdulla Xöjaniyozov, Qoraqalpoğistonda xizmat
körsatgan jurnalist, şoir va yozuvçi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶