YoNĞINGA QARŞI SUV OLGIÇ (GIDRANT)LARNING DOIMIY ŞAY HOLATDA BÖLIŞI KÖNGILSIZLIKLARNING OLDINI OLADI
Yonğinga qarşi suv olgiç (gidrant)lar yonğin sodir bölganda yonğin öçiriş avtomaşinalarini suv bilan taʼminlaş va yonğinlarni tezda bartaraf etişda muhim örin tutadi.
Amudaryo tumani hududida jami 275 ta yonğinga qarşi suv olgiç (gidrant)lari mavjud bölib, tuman Favqulodda vaziyatlar bölimining yillik rejasiga asosan tumandagi barça yonğinga qarşi suv olgiç (gidrant)larini yiliga kamida ikki marta nazoratdan ötkazib, texnik holatini örganiş belgilangan. Mazkur yonğinga qarşi suv olgiç (gidrant)larning texnik holatini amalda örganiş böyiça Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi 3-sonli va 4-sonli Kasbiylaştirilgan yonğin-qutqaruv qismlari va Suv tarmoqlari korxonasi bilan hamkorlikda yöl xaritasi işlab çiqilgan. Uşbu yöl haritaga asosan yonğinga qarşi suv olgiç (gidrant)larning texnik holati Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimining 3-sonli va 4-sonli Kasbiylaştirilgan yonğin-qutqaruv qismlari şaxsiy tarkibi va Suv tarmoqlari korxonasi xodimlari iştirokida doimiy ravişda amalda örganib borilmoqda.
Yaqinda örganişlar jarayonida tumanimizning Gulzor MFY hududida joylaşgan 16 dona yonğinga qarşi suv olgiç (gidrant)larining texnik holati talablar darajasida emasligi aniqlandi va mavjud nosozliklar tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari va Suv tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan joyida bartaraf qilinib, uzluksiz suv bilan taʼminlanişi yölga qöyildi.
Navbatdagi örganiş jarayoni tumanimizning “Amudaryo gaz servis” hamda “Amudaryo metan savdo” MÇJlar hududida joylaşgan yonğinga qarşi suv olgiç (gidrant)larining texnik holati bilan tanişiş maqsadida amalga oşirildi. Mazkur korxonalar hududlaridagi yonğinga qarşi suv olgiç (gidrant)larining ştoklari qotib qolganligi aniqlanib, Suv tarmoqlari korxonasi xodimi Farhod Haytimbetov tomonidan aniqlangan kamçiliklar joyida bartaraf qilindi.
Favqulodda vaziyatlarda va yonğin sodir bölganda yuz bergan ofatni tezlik bilan bartaraf etişda suv olgiç (gidrant)larining doimiy şay holatda bölişini taʼminlaş maqsadida idora va taşkilotlar, korxonalar masʼullari ham uşbu inşootlar atrofida ortiqça qurilişlar yoki tösiqlar bölmasligiga eʼtibor qaratişlari zarur. Şu bois, tuman hududida joylaşgan idora, korxona va taşkilotlar rahbarlariga hamda aholiga şuni aytmoqçi edikki, obʼekt hududida yoki köça böylarida joylaşgan yonğinga qarşi suv olgiç (gidrant)larning atroflarida doimiy ravişda obodonlaştiriş işlari olib borilişi, yonğin öçiriş avtomobillari erkin harakatlanişi uçun tösiqlar köyilmasligini, gidrantlar örnatilgan joyni kömib taşlamasliklarini, körsatkiç belgilariga zarar yetkazmasliklarini iltimos qilamiz.
Ravşan Bahramov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶