BOŞLANĞIÇ SINF BITIRUVÇILARI BIRINÇI USTOZIGA EHTIROM KÖRSATDILAR
Ayni kunlarda butun mamlakatimiz böylab umumtaʼlim maktablarida boşlanğiç sinflar bitiruvçilari uçun hayajonli damlar – ularga oq-qorani tanitgan, hayotning mazmun-mohiyatini anglatgan, ilmning sirli-sinoatli manzillari tomon ilk yöl körsatgan aziz ustozlariga yuksak hurmat-ehtirom ramzi sifatida “Xayr, birinçi ustozim!” adabiy-musiqiy xayrlaşuv tadbirlari bölib ötmoqda.
Xalqimiz öqituvçini “yölçi yulduz, hayotimiz çaroğboni”, deya uluğlaşadi. Otaşnafas özbek şoiri Şuhrat:
“Agar hayot karvon bölsa, sarbon muallim,
Agar hayot uzuk bölsa, gavhar muallim”,
deya ustozning maqomini yuksak hurmat va ehtirom ila madh etgan edilar. Haqiqatan ham bu hayot karvonining boşida ustoz turgani uçun ham insoniyat buyuk işlar kaşfiyotçisi, uluğ olim-u arbob, jamiki ezguliklar meʼmori sifatida şakllandi.
Manğit şahridagi 16-sonli umumtaʼlim maktabining 4-V sinf bitiruvçilarining teran nigohlarida, burro sözlaşlarida, odob-u axloqida aziz va muhtarama birinçi ustozlari Matluba Rahimovaning juda katta va fidoyi mehnatlari aks etib turgan bölsa, ne ajab!
Çunki mazkur sinf öquvçilari 4-yil davomida birinçi ustozlari Matluba Rahimova rahbarligida ilmning sirli eşiklarini birma-bir oçib, zukko va bilimdon, intiluvçan öquvçilarga aylandilar. Keyingi hayotlari uçun ilk tamal toşini Matluba Rahimova rahbarligida qöydilar. Tadbirda 4-V sinf öquvçilari 4-yil davomida egallagan boşlanğiç taʼlim asoslari böyiça guruhlarga bölinib, savol-javoblar orqali öz bilimlarini namoyiş etdilar. Örgangan şeʼrlarini ifodali öqib berdilar. Ustozidan minnatdorlik ramzi sifatida sahnaviy körinişlarni taqdim etişib, kuy va qöşiqlar ijro etişdi.
Öquvçilar 4-yil davomida juda katta yutuqlarni qölga kiritişdi. Xususan, Diyorbek Qöçqorboyev ingliz tili fanidan ötkazilgan onlayn olimpiadada tumanda faxrli 2-örinni, Durbek Nurbekov esa matematika fanidan boşlanğiç sinflar örtasida ötkazilgan onlayn olimpiadada tumanda faxrli 1-örinni egallaşdi. Dilorom Ilhamova sportning badiiy gimnastika yönalişida Respublika miqyosida sovrindor böldi. Saidbek Davlatboyev esa mental arifmetika bilimdoni. Suhrob Soatboyev 10 yoşli bolalar orasida mohir futbolçi, Zarina Fayzullayeva ingliz tili fani böyiça onlayn olimpiadaning tuman ğolibi. Qisqasi, 26 nafar 4-V sinf bitiruvçi öquvçilarning har biri bir olam.
“Xayr, birinçi ustozim!” tadbirining aziz mehmonlari bölgan ota-onalar farzandlarining gözal xulq-atvorli, özaro ahil va inoq döstlar bölib voyaga yetayotganidan, ayniqsa, oila bilan maktab hamkorligining natijasi sifatida har bir öquvçining murğak qalbida ona yurtga, xalqimizga, aziz ustozlariga çeksiz mehr-muhabbat tuyğulari şakllanganidan minnatdor ekanliklarini izhor etdilar.
Şuni mamnuniyat bilan eʼtirof etiş kerakki, tadbirda har bir öquvçi közida sevinç yoşlari bilan birinçi ustoziga öz sözini aytişdi: jöşqinlik, dadillik aks etib turgan xatti-harakatlari bilan birinçi ustoziga çin şogirdlik sözini berişdi. Sahnada bir-birlarining qöllaridan tutib, ahil va jipsliklarini namoyon qildilar va yangi 2023-2024 öqiş yilida yanada jipslik bilan ilm olişga, birinçi ustozining işonçiga butun umr sazovor yaşaşga, mustaqil Özbekistonga munosib farzandlar bölib kamolga yetişga ahd qildilar.
Tadbir yakunida bitiruvçi 4-V sinf öquvçilari “Xayr, birinçi ustozim!” deya baralla kuyladilar va raqsga tuşdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶