14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 12:14
Siyosat 👁 2,400

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining ikkinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining ikkinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

2015-yil 6-fevral kuni tuman hokimligida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining ikkinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. 

Xalq deputatlari tuman Kengashining ikkinchi sessiyasiga xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi Reglamentining 16-moddasiga muvofiq tuman hokimi topshirigʻiga binoan deputat Rustam Roʻzmetov raislik qildi.

Sessiyaga tuman Kengashi deputatlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari va boʻlimlar rahbarlari, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif qilindi.

Sessiya kotibligiga 3-"Boyovul” saylov okrugidan deputat Nilufar Davletova saylandi.

Sessiya kun tartibiga "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar tavsiya qilish toʻgʻrisida”gi, "Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi va Kengash doimiy komissiyalarining 2015-yilga moʻljallangan ish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, "2014-yil 12 oyi davomida jinoyatchilik va qonuniylikning ahvoli va bu borada tuman prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurorining axboroti toʻgʻrisida”gi hamda "Amudaryo tumani hokimining 2014-yil 17-dekabrdagi "Turayev Sherzod Qurbanbayevichni tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi 837-sonli qarorini tasdiqlash haqida”gi masalalar kiritildi.

Kun tartibidagi birinchi masala muhokamasida taʼkidlanganidek, ayni kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi qizgʻin pallaga kirdi. Tumanimizda ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir ishlar qonun talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Tuman hokimi tomonidan Amudaryo tumani hududida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 58 ta saylov uchastkalarini tuzish boʻyicha taqdimnoma berildi. 1-Qoraqalpogʻiston okrug saylov komissiyasi tomonidan shu yilning 26-yanvarida saylov uchastkalarini tuzish toʻgʻrisida qarori qabul qilindi. Deputatlaruchastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlarni bir ovozdan maʼqulladilar.

Kun tartibidagi ikkinchi masala, yaʼni xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi va Kengash doimiy komissiyalarining 2015-yilga moʻljallangan ish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilib, tuman Kengashi sessiyalari va 6 ta doimiy komissiyalar yigʻilishlarida joriy yilda muhokama qilinadigan masalalarni oʻz ichiga olgan ish reja loyihasi oʻqib eshittirildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Sessiyada 2014-yil 12 oyi davomida jinoyatchilik va qonuniylikning ahvoli va bu borada tuman prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot tinglandi.

Axborot yuzasidan tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Maryam Axmedova, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Xudayberganov, tuman Kengashining Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Ruzimboy Nurimbetovlar oʻz fikrlarini bildirdilar.

Shuningdek, sessiyada Amudaryo tumani hokimining 2014 yil 17-dekabrdagi "Turayev Sherzod Qurbanbayevichni tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi 837-sonli qarori deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi barcha masalalar boʻyicha xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining qarorlari qabul qilindi va shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019