MAHORATLI MUSIQA ÖQITUVÇISI
Çolğu ijroçiligida pedagogik faoliyat olib borayotgan ustozlarning işi murakkab jarayon hisoblanadi. Musiqa maktablarida öquvçilarning psixologiyasi, qobiliyati va isteʼdodini çuqur örgangan holda ijro dasturini tanlaş va unga jalb qiliş yaxşigina tajriba talab qiladi. Masʼuliyatli kasb egasi, tumanimizdagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi öqituvçisi Komiljon Murotov bu borada 40 yillik katta tajriba ega mahoratli ustozlardandir.
U 1965-yilda tuğilgan. Maktab taʼlimidan söng, 1980-1984-yillarda Japaq Şomuratov nomidagi Nukus davlat sanʼat bilim yurtini tugatgan. 1987-1992-yillarda A.Qodiriy nomidagi Toşkent davlat Madaniyat instituti (hozirgi Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti)da oliy taʼlim olgan. Oliygohni tugatgaç, 1984-1998-yillarda Hamza nomidagi Bolalar musiqa va sanʼat maktabida prima rubobi böyiça öqituvçi bölib işlagan. 1998-2015-yillarda tumanning 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida işlay boşladi.
Komiljon Muratov öz iş faoliyati davomida samarali mehnati uçun bir neça bor Qoraqalpoğiston Respublikasi madaniyat vazirligi, tuman hokimligining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
– Komiljon Murotov bugungi kunda özining ijroçilik mahorati va öqituvçilik uslubi bilan alohida ajralib turadigan tajribali mutaxassislardan biri, – deydi “Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi”, birinçi darajali Mehnat faxriysi, Xalq taʼlimi aʼloçisi Gulmirza Nurmatov. – U Qoraqalpoğiston musiqa madaniyatiga ulkan hissa qöşmoqda.
Tinimsiz izlanişdan va mehnat qilişdan töxtamaydigan Komiljon Murotovning şogirdlaridan X.Vaisov va Ö.Jumaniyozovlar ustoz yölini davom ettirib, pedagog sifatida iş faoliyatini olib bormoqdalar. Xursand Vaisov Ellikqalʼadagi ixtisoslaştirilgan sanʼat maktabida prima rubobi sinfida taʼlim berib, bir qator yutuqlarga erişib kelayotgan bölsa, Ö.Jumaniyozov Qoraqalpoğiston va Özbekiston sahnalarida namoyiş etgan köplab kontsertlari, tanlovlarda muvaffaqiyatli çiqişlari bilan musiqa şinavandalari könglidan joy oldi. Hozirgi kunda u Özbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali prima rubobi sinfida dars berib kelmoqda.
Komiljon Murotovning bolalar musiqa va sanʼat maktabi öquvçilari bilan işlaş uslubi juda ibratli. Uning öquvçilar psixologiyasidan kelib çiqib, töğri ijro dasturini tanlaş, körik-tanlovlarga tayyorlaş kabi muhim vazifalarni yuksak mahorat bilan bajarişi köpçilikka namuna böla oladi.
Öktam Jumaniyozov,
21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶