28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:31
Fan va taʼlim 👁 677

PARVOZING BALAND BOʻLSIN, SEVINChOY!

PARVOZING BALAND BOʻLSIN, SEVINChOY!

Iqtidorli, ilmli va intiluvchan yoshlar nafaqat oilasining, balki, yurtimizning ham faxridir. Chunki Vatanimiz kelajagi, xalqimiz taqdiri yoshlar qoʻlida.

Shuning uchun ham mamlakatimiz umumiy oʻrta taʼlim maktablarida pedagoglar jamoasi oldiga qoʻyiladigan asosiy talab – oʻquvchilarga bilim asoslarini chuqur oʻrgatish, iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash, iqtidorini qiziqishi yuqori yoʻnalishda rivojlantirishga koʻmaklashish, uni yuzaga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratishdir.

Shuningdek, taʼlim muassasalarida yoshlarni mustaqil fikrlashga oʻrgatish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish lozim. Ularning biror kasb-hunarni yo mutaxassislikni egallashi uchun poydevor yaratish, iqtidorli oʻquvchilarni ragʻbatlantirib, ularni yana ham oʻz ustida ishlashga, intilishga jalb etmoq lozim.

Amudaryo tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida ham ana shunday ulugʻvor maqsad masʼuliyat bilan ado etilayotgani bois, ularda koʻpgina iqtidorli oʻquvchilar kamolga yetmoqda.

Joriy oʻquv yilida tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarini bitirgan 2704 nafar yoshlarning 36 nafari oltin, 11 nafari kumush medallar bilan taʼlim muassasasini tugatib, qizil attestat olishga erishdilar.

Mangʻit shahrida faoliyat yuritayotgan 16-sonli maktabning bitiruvchisi Rustambekova Sevinch Nurbek qizi ham umumiy oʻrta taʼlimni oltin medal bilan tugatib, nafaqat oilasi, ustozlarining ham faxriga aylandi.

2005-yilda tugʻilgan Sevinch Rustambekova birinchi sinfga ilk qadam qoʻygan davridanoq dars mashgʻulotlarini hech qiynalmay oʻzlashtirishi, namunali xulqi bilan ajralib turardi. Yuqori sinflarga koʻtarilganida uning ayniqsa xorijiy – ingliz tilini bilishga, oʻrganishga qiziqishi yuqori ekanini sezgan ustozi Marhabo Shomurodova u bilan jiddiy shugʻullandi, darsdan boʻsh vaqtlarida mutolaa qilib bilimini oshirishi uchun qoʻshimcha adabiyotlar berdi.

Maktabda ustozlar saʼy-harakatiga oilasidagi uning taʼlim-tarbiyasiga berilgan eʼtibor Sevinchoyning ingliz tilini mukammal oʻrganishiga asos boʻldi. Mazkur maktabda uzoq yillar matematika oʻqituvchisi boʻlib ishlagan buvisi Oʻgʻiljon Sultonova, ota-onasi uning darsdan soʻng oʻquv markaziga qatnab, ingliz tilini chuqur oʻrganishiga gʻamxoʻrlik qildilar va natijada Sevinchoy IELTS sertifikati uchun ingliz tilidan imtihon topshirib, 7 ball, ona tilidan bilim darajasini aniqlashda esa 84 ball toʻplashga erishib, milliy sertifikat olishga erishdi.

Sevinchoy oʻzi oʻquvchi boʻlaturib, “ICEBERG” oʻquv markazida oʻzi kabi ingliz tilini bilishga qiziquvchi yoshlarga ingliz tilidan dars ham berdi.

Maktabni muvaffaqiyatli, oltin medal bilan tugatib, ingliz tilini yuqori darajada oʻzlashtirgan qiz hozirgi kunda yettita xorijiy oliygohlarga grant asosida talabalikka qabul qilinish huquqini qoʻlga kiritdi. Biroq u oʻz kelajagini ancha oldin rejalashtirib qoʻygan edi. Yaʼni ota-onasi, buvisi tavsiyasiga koʻra, Toshkentdagi Jahon tillari universitetida oʻqib, yetuk ingliz tili mutaxassisi boʻlish va tumanimiz yoshlarining ingliz tili bilimdoni boʻlishlariga koʻmaklashish uchun zamonaviy sharoitlarda faoliyat yuritadigan oʻquv markazini tashkil etish.

Orzular qanotida kelajagi sari parvozga dadil shaylanayotgan Sevinch Rustambekovaga kelgusida muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026