FIDOYI MUALLIMA VA ELIM, YuRTIM DEGAN TADBIRKOR
Hayotda yaxşi inson va yaxşi mutaxassis böliş uçun el-yurt manfaati yölida özni safarbar etiş, xalqqa manzur işlar qiliş, öz atrofingdagilarning qalblariga xotirjamlik baxş etib yaşaş kerakki, toki el-u yurting sendan rozi bölsin. Elni rozi qilib, köpning duolarini olib yaşaş esa hammaga ham nasib etavermaydi.
Agar taʼbir joiz bölsa, Çoyköl ovulida istiqomat qiluvçi Muyassarxon Matkarimova özining fidoyiligi bilan el-yurtga çin dildan qayişib, köplab insonlarning hurmat va eʼtirofiga sazovor bölgan, pirovardida el duosini olib yaşayotgan insonlardan.
Asli kasbi til va adabiyot öqituvçisi bölgan Muyassarxon Matkarimova 22 yillik pedagogik tajribaga ega. Tabiatan bolajon, yangilikka intiluvçan bölgan Muyassarxon özining asosiy kasbiy faoliyatidan ajralmagan holda tadbirkorlik bilan şuğullanişga qaror qildi. Çoyköl ovulining “Çoqça” aholi punktidagi qarovsizlikdan xaroba holatga kelib qolgan, bir vaqtlar bolalar boğçasi, keyinçalik qişloq şifokorlik punkti vazifalarini ötagan binoning 2020-yilda kim oşdi savdosiga qöyilayotganini eşitib, özini sinab körmoqçi böldi. Omadi kelib, binoni kimoşdi savdosida yutib olgan Muyassarxon binoning haqiqiy holati bilan tanişgaç, hatto: “bekor oldimmikan?” – deya ikkilanib ham yurdi. Unga qaynotasi Yangiboy ota Örozaliyev va umr yöldoşi Maqsudjon yaqin masalahatgöy hamda kömakçi bölişdi. Maqsudjon tadbirkor emasmi, bino taʼmiri uçun 1 mlrd. sömdan ziyod mablağ ajratdi. Joriy rekonstruktsiyadan söng “çiroyi” oçilib qolgan binoni quvona-quvona jihozladi. Zamonaviy divan-karavotlar, yumşoq mebellar töplamlari, 3 yoşdan 6 yoşgaça bölgan bolalarga möljallangan öyinçoqlar olib kelib, binoning içkarisi va hovlisini ertak qahramonlarining rasmlari, haykalçalar bilan bezatdi. 2022-yilda 50-öringa möljallangan “Şirintoy” nodavlat maktabgaça taʼlim taşkiloti öz faoliyatini boşladi.
Nihoyatda körimsiz holga kelib qolgan binoda “Şirintoy” nodavlat maktabgaça taʼlim taşkiloti faoliyatini yölga qöyiş istagida ikki yildan ortiq vaqt yelib-yugurgan Muyassar Matkarimovaning uddaburonligidan, “çoqça”lik yoş oilalar uçun yaratib bergan şaroitidan, nodavlat MTTdagi namunali taʼlim-tarbiya muhitidan eldoşlari bugun mamnun.
Eʼtiborlisi şundaki, mazkur nodavlat MTT taşkil etilişi bilan çoykölllik 8 nafar ayol-qizlarning doimiy iş bilan bandligi taʼminlandi. Farzandini MTTga beriş uçun oylab navbat kutadigan yoş onalar uçun qulaylik yaratildi, bolajonlari şundoq özlari yaşab turgan mahallaning özida, közlari oldida taʼlim-tarbiya oliş imkoniga ega böldilar.
Qolaversa, onalar öz farzandlarining har tomonlama qulay şart-şaroitlarga ega muassasada tarbiyalanişlarini xohlaşadi. “Şirintoy” nodavlat MTTda ana şunday qulay maʼnaviy-maʼrifiy muhit yaratilgan. Farzandlarini mazkur muassasaga beriş istagida bölgan onalar safi kun sayin oşib borayotganini hisobga olgan Muyassarxon şartnoma asosida bolalarni muassasaga xavfsiz olib keliş va olib ketiş böyiça xizmatni ham yölga qöydi. Endilikda ikkita “Damas” rusumli atomoşinada ovulning olis mahallalaridagi yoş onalarning xotirjam işlaşlari uçun bolajonlar MTTga har kuni öz vaqtida olib kelinadi va keçqurun ularni ota onalariga beminnat olib-borib topşirişadi.
Muyassarxonning rejalari köp. Kelajakda nodavlat MTTda yasli guruhini ham oçiş niyatida. Bundan taşqari, bolajonlar uçun ingliz, rus tili, sport tögaraklari faoliyatini yölga qöyiş orqali maktabgaça tayyorlov guruhida tarbiyalanayotgan bolajonlarning til örganiş va jismoniy çiniqiş könikmalarini rivojlantiriş, maktabgaça taʼlim guruhini taşkil etib, alfavitni va karra jadvalini özlaştirgan bolajonlarni tarbiyalaş orzusini röyobga çiqariş uçun fidoyilik bilan mehnat qilmoqda.
- Maqsadim, har tomonlama yetuk va bilimga intiluvçan bolajonlarni tarbiyalaş orqali mamlakatimiz taʼlim-tarbiya sohasiga öz hissamni qöşiş – deydi Muyassarxon Matkarimova.
Biz esa tinib-tinçimas fidoyi öqituvçi, el-yurt farovonligi, oilalar xotirjamligini taʼminlaş yölida beminnat xizmat qilayotgan tadbirkor Muyassarxon Matkarimovaga tolmas kuç-quvvat, işlariga muvaffaqiyat tilaymiz.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶