“Sabirova Malika” fermer xöjaligida ğalla örimi avjida
Şu kunlarda yurtimizda ğalla örim-yiğimi qizğin pallaga kirgan. Zahmatli mehnat evaziga yetiştirilgan hosilni nest-nobud qilmay yiğib oliş uçun ğallakorlar bor kuç va imkoniyatini işga solgan.
Amudaryo tumanida ham 2023-yilgi ğalla hosili uçun tumandagi 361 ta fermer xöjaliklarining jami 7000 gektar yer maydoniga ğalla uruğlari ekilgan edi. “Qipçoq ğalla klasteri” masʼuliyati çeklangan jamiyati 5861 gektar, “Amu Rich Harvest” masʼuliyati çeklangan jamiyati 1139 gektar ekin maydonlarida yetiştirilgan ğalla hosilini xarid qiliş böyiça fermer xöjaliklari bilan şartnoma imzolaşgan.
Tuman böyiça joriy yilgi mavsumda ğalla klasterlarining qabul maskanlariga qabul qilinadigan jami don miqdori 16 ming 460 tonnani taşkil etadi. Yetiştirilgan hosilning 1450 tonnasi uruğlik don uçun, 8000 tonnasi esa isteʼmol uçundir.
Undan taşqari, joriy yilgi hosildan 7010 tonna don mahsuloti birja savdolari uçun vaqtinça saqlaşga yönaltiriladi.
Tumanda ğalla örimiga tuşayotgan fermer xöjaliklari birin-ketin belgilangan şartnoma rejasini ortiği bilan bajarişmoqda. Fermer xöjaliklari yerlarga ekilgan ğalla maydonlarida allaqaçon hosilni nobud qilmasdan yiğib oliş işlari avjiga çiqqan. Bundan maqsad bitta – ona xalqimiz dasturxoni tökin-soçinligiga hissa qöşiş.
Amudaryo tumanining Oq oltin ovuli hududidagi “Sabirova Malika” fermer xöjaligining 18 gektar maydoniga ekinlgan ğalla ham töliq pişib yetilgan bölib, ayni kunlarda örim-yiğim işlari uyuşqoqlik bilan amalga oşirilmoqda.
Fermer xöjaligi raisi Ğulomjon Ollabergenov ham tumandagi boşqa fermer xöjalik rahbarlari singari yetilib pişgan buğdoyni nes-nobud qilmasdan örib-yiğib olişga harakat qilmoqda.
Özlarining zahmatkaş mehnati bilan hosilni yiğib olişga hissa qöşayotgan kombayn haydovçilarining ham xizmatlari katta bölmoqda.
Şu örinda aytiş kerakki, ğalla – xalq boyligi, bobodehqonlarning ertayu keç qilgan mehnatlarining samarasi, xalqimizning rizqu nasibasidir. Ana şu bebaho nematning bir misqolini ham nobud qilmasdan örib oliş işlarida faol iştirok etiş bugungi kunda har bir mutasaddining asosiy vazifasidir.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶