QUYoŞ PANELLARI – QULAY, SAMARALI VA TEJAMKOR
Xalqimiz “rizqingni sotib ravşan ol”, degan iborani bejiz aytmagan. Buni ayniqsa, kunning qoronğu qismida çiroq öçsa, juda teran his qilamiz, xuddi atrofimizgina emas, könglimiz ham qoronğu bölib qolganday böladi. Şunday damlar mamlakatimizning barça hududlaridagi ijtimoiy soha obʼektlarida, aholi xonadonlarida ham kuzatilib turişi heç kimga sir emas. Ayniqsa, kuz-qiş mavsumida elektr energiyasida uzilişlar tez-tez sodir bölib turadi. Çunki ayozli kunlarda uylarni yoritişdan taşqari isitiş uçun ham elektr energiyasiga talab ortib ketadi va taqçillik yuzaga keladi. Buningdek köngilsizliklarning oldini oliş uçun elektr energiyasi taʼminoti tizimi yangi texnologiyalar bilan taʼminlanayapti. Lekin taqçillikning oldini oliş uçun bu yetarli emasligini tarmoqda uçrab turadigan uzilişlar yaqqol körsatib turibdi.
Joriy yilning 16-fevralida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini va energiya tejovçi texnologiyalarni joriy etişni jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda belgilangan çora-tadbirlarni amalga oşiriş orqali ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat körsatiş sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvçi energiya manbalarini keng joriy etiş, şu yöl bilan respublika hududlarida energiya taqçilligi qoplanişini taʼminlaş közda tutilgan.
Bu maqsadlarni amalga oşiriş uçun bino va inşootlarda kiçik quvvatli qayta tiklanuvçi energiya manbalari qurilmalarini örnatiş va ekspluatatsiya qiliş böyiça masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Yaşil energiya” kompaniyasi taşkil etildi.
Kompaniyaga mahalliy va xorijiy işlab çiqaruvçilardan qayta tiklanuvçi energiya manbalari qurilmalarini va ularning ehtiyot qismlarini xarid qiliş, örnatiş va ularga servis xizmatlarini körsatiş uçun eng yaxşi takliflarni tanlab olib, töğridan-töğri şartnomalar tuzişga ruxsat berildi. Uşbu hujjatga muvofiq endilikda ijtimoiy soha obʼektlari bilan bir qatorda aholi xonadonlariga ham energiya tejovçi texnologiyalarni örnatiş böyiça qator qulayliklar, soliq imtiyozlari yaratildi.
Şu kungaça tumanimizda ham bir qança ijtimoiy soha obʼektlariga, aholi xonadonlariga quyoş panellari örnatildi. Bunday qurilmalar binolarning tom qismiga hamda böş maydonlarga örnatilgani uçun işlaş jarayonida şovqin bölmaydi, atrof-muhitga heç qanday zararli gazlar çiqarmaydi.
Ayni kunda tuman hokimligi, Adliya bölimi, Majburiy ijro byurosi kabi bir qança ijtimoiy soha obʼektlariga quyoş panellari örnatildi. Bu qulay va samarali vositadan foydalanişga ötgan tadbirkorlik subʼektlari ham ança.
Şuningdek, “Temir daftar”ga kiritilgan aholi xonadonlariga ham davlat hisobidan kiçik quvvatli quyoş panellari örnatilmoqda.
Tumanimizning Boyovul mahallasida istiqomat qiluvçi Öktam Haytimbetov, Beruniy mahallasida yaşovçi Regina Yakubovaning xonadonlariga kiçik quvvatli quyoş panellari örnatildi. Bu ikkala xonadonda hozirgi kunda quyoş panelli yetkazib berayotgan elektr energiyasidan foydalanilayapti. Joriy yilning iyul oyi davomida Tölqin ovulidan Tursunboy Yermanov, Uyşin mahallasidan Bozorboy Xudoyberganov, Bözyop ovulidan Töliboy Nurimbetov, Beş ovul mahallasidan Qadamboy Esanov, Böz solma mahallasidan Tursunboy Jumaniyozov, Dörman ovulidan Örozboy Tojimovlarning xonadonlariga ham davlat hisobidan kiçik quvvatli quyoş panellari örnatiladi va işga tuşiriladi.
Butun yurtimizda bölgani kabi tumanimizda ham qayta tiklanuvçi energiyadan foydalaniş, energiya taqçilligini bartaraf etiş böyiça köpgina çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Obʼektlarni uzluksiz ravişda qayta tiklaşuvçi elektr energiyasi bilan taʼminlaş nafaqat tarmoqqa tuşayotgan yuklamani kamaytirişga, balki aholi va tadbirkorlarning elektr energiyasi uçun ajratayotgan mablağlarini tejab qolişga ham imkon berişi bilan ahamiyatlidir.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶