12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:18
Salomatlik 👁 411

Mahalla – tarbiya maskani. “SOĞLOM MUHIT – SOĞLOM HAYoT” LOYIHASI DOIRASIDA OŞKORA MULOQOT TADBIRI BÖLIB ÖTDI

Mahalla – tarbiya maskani. “SOĞLOM MUHIT – SOĞLOM HAYoT” LOYIHASI DOIRASIDA OŞKORA MULOQOT TADBIRI BÖLIB ÖTDI

Biz hammamiz mahallada yaşaymiz. Jamiki orzu-niyatlarimiz, dard-u taşvişlarimiz bilan ana şu gözal jamoaviy birlik oğuşida özimizni erkin, osoyişta his qilamiz. Şuning uçun ham qayerda bölişimizdan qatʼiy nazar hayotimizning har bir nurli kuni yakunida, oqşomlarda mahallamiz tomon intilamiz. Uning har bir köçasi, çaroğon xonadonlari yuragimizga juda yaqin, sevimli. Ona Yurtga muhabbat, vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyğusi yuragimizga mahallamizga va demakki, oilamiz va mahalladoşlarimizga bölgan çeksiz mehr bilan qorişib, bu sölim göşa bizni öz bağriga çorlayveradi. Nazarimda ana şu tuyğularga hamroh bölgani uçun inson şaxs sifatida şakllanadi, feʼl-atvorini odamiylik fazilatlari ila ziynatlaydi. Lekin...

Lekin insonlar hayoti bir tekis, ravon keçmaydi. Çunki inson qançalik kuçli aql-zakovat egasi, dunyoni özgartirişga qodir qudratli hukmdor bölişi mumkin, agar u öz hissiyotlarining quliga aylanmasa. Donişmand bobolarimiz bekorga: “hissiyotlarini jilovlay bilmagan inson, agar u hukmdor bölsa, nafaqat özini, balki xalqi va mamlakatini ham halokatga yetaklaydi”, deyişmagan.

Insonning mahalladoşlari oldida obrö-eʼtiborli, oilaparvar şaxs sifatida ğurur bilan yaşaşga monʼelik qilayotgan illatlardan biri bu alkogol isteʼmoli bilan boğliq salbiy holatdir. Jahon Soğliqni saqlaş taşkilotining maʼlumotlariga köra, har yili dunyo böyiça 15-49 yoşdagi erkaklar örtasidagi barvaqt ölimning 12 foizi, (yaʼni har – 8-9 nafar erkakning bir nafari) aynan alkogol isteʼmoli bilan boğliq. Jahon soğlikni saqlaş taşkiloti monitoringiga köra, Özbekistonda sönggi ön yillar davomida aholi orasida alkogol isteʼmol qiliş 35 foizdan ham oşgan. Açinarlisi şundaki, 15 yoşdan katta bölgan erkaklar orasida yiliga örtaça salkam 16 litr alkogol içimliklari isteʼmol qilinişi oqibatida alkogol isteʼmoli bilan boğliq zararli odatlar tufayli yurak-qon tomir, rak kasalliklari, qasddan va tasodifiy sodir etilgan oğir tan jarohatlari, yöl-transport hodisalari sodir bölmoqda. Bundan ham yomoni, ayrim oilalarda notinçlik, ajraşişlar, örtada yarim yetim ulğayişiga majbur bolalar soni oşib bormoqda.

Sönggi yillarda nafaqat alkogol isteʼmoli, balki giyohvandlik illati butun dunyoni taşvişga solayotgan global muammolardan biridir. Bu illat insonlar soğligiga, jamiyat taraqqiyotiga jiddiy tahdid va xavf-xatar manbaiga aylandi. Bugungi kunda dunyo miqyosida öz ehtiroslarini jilovlay olmagan 200 milliondan ziyod odam uşbu illatning quliga aylanib qolgan va BMT maʼlumotlariga köra, uşbu oğu har yili 200 mingdan ziyod odamning umriga zomin bölmoqda. Bundan taşqari, jahonda sodir etilayotgan jinoyatlarning salkam 60 foizi giyohvandlar hissasiga töğri keladi.

Xöş, öz hissiyotlariga qul bölgan insonlar, kimlar? Ularni özlari bilib-bilmay tuşib qolgan yoqimsiz illatlar komidan qaytariş borasida atrofidagi soğlom fikrli insonlar, mahalla faollari, mahalladoşlari, jamoat taşkilotlari masʼullari qanday işlarni amalga oşirişmoqda?

Amudaryo tumanida oilalar tinçligiga raxna soluvçi yuqoridagi kabi illatlarga qarşi kuraşiş borasida Amudaryo tuman Oila va xotin-qizlar bölimi, tuman IIBning hududiy profilaktika inspektorlari, ovul va mahallalardagi xotin-qizlar faoli, Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi narkologiya xonasi şifokorlari bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan tadbirlar, tuşuntiriş-tarğibot uçraşuvlarida aholi vakillari faollari keng qamrab olinmoqda. Xususan, “Oila - muqaddas”, “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”, “Qiz bola oilaning, er bola elning körki”, “Salomatlik – soğlom oila poydevori”, “Alkogol isteʼmoli – oilalar kuşandasi” mavzusidagi oşkora muloqot va davra suhbati şaklidagi tadbirlarning mutaxassis şifokorlar, namunali oilalar boşliqlari va bekalari, xotin-qizlar faollari, yoşlar va hududiy profilaktika inspektorlari iştirokida ötayotgani özining samarasini bermoqda.

Joriy yilning 19-iyul sanasida Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş Qoraqalpoğiston Respublikasi namunali tumanlararo markazida bölib ötgan Amudaryo televideniyesining “Soğlom muhit – soğlom hayot” grant-loyihasi doirasidagi tadbirda ham masʼullar yoş oilalarning notinçligiga, insonlarning barvaqt öz soğligidan ajralişlariga, hatto hayot baʼzi holatlarda jinoyatlar sodir bölişiga olib kelayotgan alkogol isteʼmoli, giyohvandlik, şuningdek, erta turmuş qurişning salbiy oqibatlari va ularning oldini oliş borasida söz yuritildi. “Soğlom muhit – soğlom hayot” loyihasi doirasidagi “Oila tinçligi – mahalla va el-yurt osoyiştaligi” mavzusidagi tadbirda Amudaryo tumani hokimining örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Soburova, “Soğlom muhit – soğlom hayot” grant-loyihasi koordinatori, jurnalist Robiya Yöldoşeva, Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş Qoraqalpoğiston Respublikasi namunali tumanlararo markazi direktori Gavhar Çimbayçiyeva hamda TTB köptarmoqli markaziy poliklinika narkologiya xonasi narkolog-şifokori Bahodir Çorşamov, TTB şifokori Jumaboy Yavqaşev, ovul va mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamda namunali oila bekalari iştirok etdilar.

Oçiq va oşkora, samimiy muloqot tarzida ötkazilgan tadbirda Amudaryo tuman xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Soburova oila mustahkamligini taʼminlaşda muhim dasturilamal bölib xizmat qilayotgan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantiriş va yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga muvofiq Oila va xotin-qizlar bölimi huzurida taşkil etilgan “Yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaş markazi faoliyati muhim ahamiyat kasb etayotgani xususida söz yuritdi. Unga köra, mazkur markazda oila qurayotgan yoşlarga zararli odatlarga berilmaslik, ayniqsa, alkogol isteʼmoli, giyohvandlik illatiga ruju qöymaslik xususida keng tuşunçalar berib borilayotgani, mazkur markazda har oyda 15 juft oila quriş arafasida turgan kelin-kuyovlar öqitilayotgani haqida töxtalib ötdi.

Tadbir davomida sözga çiqqan jurnalist Robiya Yöldoşeva “Soğlom muhit – soğlom hayot” loyihasi doirasidagi bu kabi muloqot tadbirlarining ahamiyati va undan kutilayotgan natijalar xususida töxtalib, statistik maʼlumotlarga köra, erta turmuş qurgan yoki alkogol isteʼmoli, giyohvandlikka ruju qöygan yoş oilalar juda köp hollarda erta ajralib ketayotganlari, turmuşdagi muammolar yeçimini topişda tajribasizliklari tufayli tirik yetimlar safining oşişiga sabab bölayotganlarini afsus bilan qayd etdi.

Şuningdek, tadbirda masʼullar hozirgi kunda yoşlar örtasida içkilikbozlik, giyohvandlik bilan boğliq jinoyatlarning sodir etilişining oldini olişga qaratilgan tarğibot-taşviqot tadbirlari muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladilar.

Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan qator Farmon va Qarorlariga muvofiq işlab çiqilgan “Yöl xaritasi”ning tegişli bandlariga asosan ayni paytda Amudaryo tumani mahallalarida istiqomat qiluvçi surunkali içkilikbozlikka berilgan 176 nafar şundan 4 nafar giyohvand bemor respublika narkologiya dispanseri hisobida röyxatga olingan bölib, ularning salomatligi, bundan ham muhimi, oila aʼzolari bilan özaro munosabatlari doimiy nazoratga olingan. Röyxatga olinganlardan 3 nafari ixtiyoriy ravişda, 7 nafari majburiy ravişda Taxiatoş şahridagi Respublika Narkologiya dispanserida davolanişga yuborilgan. Şuningdek, har birining oilasiga borib, oila aʼzolari bilan suhbatlar ötkazildi, zarur maslahatlar berildi.

Tadbir iştirokçilari öz hissiyotlariga qul bölib, öziga va oila aʼzolariga taşvişlar keltirayotgan bu kabi şaxslarning hayotlarini töğri yölga soliş yuzasidan maslahatlar, zarur fikrlar bildirdilar. Şu bilan birga mahalla – har bir inson uçun tarbiya maskani ekanligini, şu bois, mahalladoşlar biri-birining taqdirlariga befarq bölmasdan, zarur paytda hayotiy tajribalaridan kelib çiqib, maslahatlar berişlari zarurligini qayd etdilar. Bundan taşqari, erta turmuş quriş va qarindoşlar nikohining zararli oqibatlari xususida özaro fikr aşmaşdilar.

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026