“Milliy qadriyatlarimiz - bebaho boyligimiz” şiori ostida körgazma taşkil qilindi
Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz bebaho boyligimizdir. Uni asrab-avaylaş, avlodlarga meros qoldiriş barçamizning muqaddas burçimiz va vazifamizdir.
24-iyul kuni Amudaryo tumanining Tölqin ovul fuqarolar yiğini binosida “Milliy qadriyatlarimiz – bebaho boyligimiz” şiori ostida tadbir taşkil etildi. Tadbirda mahallaning köçaboşçi, faol ayollari, yoş qiz-kelinçaklar iştirok etdilar. Tadbir davomida mahallaning çevar ayol-qizlari öz qöl mehnatlari bilan tayyorlagan quroq bolişlari, körpa hamda körpaçalarini körgazmaga qöydilar.
Aytiş lozimki, yurtmizdagi har bir hududning öziga xos quroq namunalari bor. Ular har xil matolar va şakllardan tikiladi. Quroq quraş odamning sabrini sinovdan ötkazadi. Quroq körpa, körpaça, qiz uzatganda qöşib beriladi. Quroqdan tikilgan mahsulotlarni kelinning sepiga qöşiş qizning borgan yerida ildiz otib, palak yoyib, özidan köpayib, qöşgani bilan qöşa qarisin, quraşib ketsin, degan maʼnolarni ifodalaydi. Töydan avval quroq tikiş, qizining sepiga qöşiş – özbek xalqining urf-odati.
Körgazmada köçaboşçi ayollari milliy hunarmandçiligimiz namunalari bölgan quroqçilik, kaştaçilik, zardözlik sanʼati haqida batafsil maʼlumot berdilar. Tadbirda iştirok etayotgan boşqa ayol-qizlarni ham uyda bekor vaqt ötkazmaslikka, hunar örganişga çaqirib hunarli bölgan inson kam bölmasligini hayotiy misollar orqali batafsil tuşuntirdilar. Quroq quraş qadimdan kelayotgan xalq amaliy sanʼati ekanligini, quroqni til-közdan, yomonlikdan saqlaydigan tumor sifatida foydalinişlarini aytib, milliy hunarmandçiligimizni rivojlantiriş böyiça özlarining taklif va tavsiyalarini berib ötdilar.
Körgazmada köçaboşçi ayollar har bir özbek qiz-kelinçagini bugungi kungaça saqlangan va ayni paytda yanada ommalaşib borayotgan, momolarimizdan qolgan quroqçilik anʼanasini davom ettirişga çorladilar.
Tölqin ovulidagi soğlom maʼnaviy muhit, köçaboşçi ayollarining xonadonma-xonadon yurib, ayol-qizlar bilan doimiy ravişda muloqot qilişlari yoş oilalar uçun ibrat bölib kelmoqda.
Şuningdek, jamoatçilik asosida taşkil etilgan “Köçaboşçi ayollar” tuzilmasi işlarni nafaqat xonadonbay taşkil etişda, balki xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barça jabhalarida faolligini oşirişlarida muhim ahamiyatga ega bölmoqda.
Tölqin ovulida bölib ötgan mazkur tadbir ham mahallaning xotin-qizlar faoli Gavhar Bobotayeva hamda köçaboşçi ayollarining taşabbusi bilan taşkil etilib, 40 nafarga yaqin ayol-qizlar qamrab olindi.
Milliy hunarmandçilik namunalari körgazmasi yuqori saviyada taşkil etilib, ayol-qizlarga hunar örgangan inson aslo kam bölmasligi, hunarli ayol oilaviy daromadiga hissa qöşişi mumkinligi, qolaversa kasb-hunar bilan şuğullangan oilalarda kelişmovçiliklar kelib çiqmasligi, şu sababdan ham yoş qizlarga bolalik paytidan boşlab hunar örgatiş lozimligi taʼkidlandi.
Bölib ötgan milliy hunarmandçilik körgazmasi iştirokçilarda katta tassurot qoldirdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶