3-sektor faoliyatiga bir nazar
Sönggi yillarda mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholining yaşaş şaroitlarini tubdan yaxşilaş, turmuş darajasida sezilarli ijobiy özgarişlarga erişiş böyiça izçil çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Uşbu maqsadda hududlarni sektorlarga bölib işni taşkil etiş tizimining joriy etilganligi xalq bilan manzilli muloqotning yölga qöyilişiga imkon yaratdi.
Hokimlik, prokuratura, içki işlar va soliq xizmati organlari rahbarlari boşçilik qilayotgan sektorlar öz hududlarida barça ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi muammolarni hal etiş bilan bir qatorda, huquqbuzarliklar profilaktikasi, qonuniylikni mustahkamlaş va huquq-tartibotni taʼminlaş böyiça zarur çora-tadbirlarni amalga oşirmoqdalar.
Xususan, Amudaryo tumani Içki işlar bölimi boşliği Jamaladdin Yusupov rahbarlik qilayotgan 3-sektor hududida ham ayni vazifalalar ustuvor maqsadlardan biriga aylangan bölib, bu borada olib borilayotgan amaliy işlar özining ijobiy natijasini körsatib kelmoqda.
Maʼlumot tariqasida Amudaryo tumani 3-sektor hududida 12 ta şaharça, ovul va mahallalar mavjud bölib unda yaşovçi axoli soni 54 ming 105 kişini taşkil qiladi.
Ötgan yili mahallalarda iş boşlagan hokim yordamçilari aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş böyiça sektor rahbarining yaqin kömakçisi va maslahatdoşiga aylangan. Sektor hududidagi mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, infratuzilmasini yaxşilaş, investitsion jozibadorligini oşiriş böyiça sektor masʼullari va hokim yordamçilari hamkorligida amalga oşirilayotgan işlar alohida eʼtirofga loyiq.
Sektor hududidagi Boyovul mahallasining Tadbirkorlar köçasida istiqomat qiluvçi Oybek Örazimbetov şu yilning may oyida 33 mln.söm imtiyozli kredit olib “Yo'ldosh stom” klnikasini oçdi. Bu klinikada aholiga sifatli stomatologiya xizmatlari körsatilib, bemorlar uçun barça qulayliklar yaratilgan. Aytiş lozimki, joriy yilning 6 oyi mobayida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş maqsadida xokim yordamçilari tomonidan 357 nafar fuqaroga 2,5 mlrd.sömlik kredit mablağlaği ajratilgan. Bundan taşqari, doimiy daromadga ega, qöşimça daromad topiş istagi bor 366 nafar fuqaroning 64 nafariga yengil konstruktsiyali issiqxona xamda asbob-uskunalar sotib olişlari uçun 48,9 mln.sömlik subsidiyalar ajratilgan.
Sektor hududida joylaşgan Durunki mahallasida ham boşqa mahallalar kabi aholini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga, bandligini taʼminlaşga alohida ahamiyat berilmoqda. Mahallada istiqomat qiluvçi Mansur Hayitjanov ham hokim yordamçisi kömagi bilan 33 mln.söm miqdorida imtiyozli kredit olib, Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan mini kombaynlarni xarid qildi. Uşbu kombaynlar yordamida oilasiga qöşimça daromad olib kiriş bilan birga mahalladoşlarining oğirini yengil qilib, buğdoy va şolilarini örib-yiğib olişga yordam berib kelmoqda.
Durunki mahallasida yoşovçi yana bir bandligi taʼminlangan tadbirkor ayollardan biri Muyassar Vaisovadir. Öz mahalladoşlarini sifatli va arzon biogumus bilan taʼminlab kelmoqda.
Durunki mahallasida tadbirkorlar sonining tobora oşib borişi işsiz fuqarolarning bandligi taʼminlanişida, oilaviy daromadlari oşişi va iqtisodiyotimiz rivojlanişida muhim ahamiyatga ega bölmoqda.
225 mln.söm miqdorida imtiyozli kredit olib, mebel işlab çiqarişga ixtisoslaşgan “Yavkaşev Jasur” masʼuliyati çeklangan jamiyati faoliyatini yanada rivojlantirayotgan tadbirkor Jasurbek Yavkaşev ham 4 nafar işsiz yoşlarning bandligi taʼminlanişiga xissa qöşdi. Bugungi kunda uşbu mebel işlab çiqariluvçi tsexda zamonaviy rusumdagi oşxona va mexmonxona mebellari sifatli va arzon narxlarda işlab çiqarilmoqda.
Şuningdek, sektor hududida istiqomat qiluvçi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ham sektor masʼullari tomonidan turli yordamlar körsatilib kelinmoqda.
“Temir daftar” röyxatidagi oilalarga oziq-ovqat, dori-darmon vositalari tarqatiş, uylarini taʼmirlab beriş, boquvçisi yöq yakka-yu yolğiz ayollarga yangidan uy qurib beriş işlari hukumatimizning tegişli farmon va qarorlari asosida olib borilmoqda.
Şuningdek, sektor hududidagi mahallalarni yanada obodonlaştiriş, içki yöllarni taʼmirlaş, yöl-transport hodisalari, huquqbuzarliklarning olidini oliş borasida ham izçil saʼy-harakatlar amalga oşirilmoqda.
Biz esa xalq forovonligi va roziligi yölida tinim bilmasdan mehnat qilayotgan sektor rahbari va masʼullarining iş faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶