TEZ TIBBIY YoRDAM BEMORLARGA NAJOT BAĞIŞLAYDI
Mamlakatimiz aholisiga tez tibbiy yordam körsatiş sifatini oşiriş vayaqinlaştiriş maqsadida “Aholiga tez tibbiy yordam körsatiş tizimini takomillaştiriş töğrisida”gi 2022-yil 16-iyunda qabul qilingan Prezident Qarori sohada tub özgarişlar yasalişiga zamin böldi.
Qarorga muvofiq Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14 ta hududiy tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxöjaliklar negizida qayta taşkil qilindi va tez tibbiy yordamning yagona vertikal tizimi yölga qöyildi. Tibbiy brigada bemorning ahvoli va kasallik turiga qarab, hududidan qatʼiy nazar, unga eng yaqin masofadan yuboriladi. Markaziy şifoxonalarda esa kun-u tun işlaydigan şoşilinç qabul bölimlari taşkil etildi.
Mazkur qarorga muvofiq taşkil etilgan Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpoğiston filialiga qaraşli Amudaryo bölimi tuman Tibbiyot birlaşmasining yuqumli kasalliklar bölimi binosining birinçi qavatida joylaşgan. Bölimda şifokorlarning feldşerlar, haydovçilarning böş vaqtlarida dam olişlari uçun xonalar, bölim mudiri, xöjalik bekasi xonalari, narkotik va dorilarni saqlaş xonalari mavjud.
Bölim tarkibida 1 ta markaziy podstantsiya va 11 ta şohobça mavjud bölib, ularda jami 15 brigada – 11 ta umumtarmoq 1 ta reanimatsion, 3 ta feldşerlik brigalalari faoliyat yuritadi.
Bölimdagi barça avtomaşinalarga GRS örnatilgan bölib, harakatlanişi dispetçer oldidagi monitor orqali onlayn kuzatib boriladi.
Bölimda faoliyat yurituvçi xodimlar jami 302 nafarni taşkil etadi. Şu jumladan 38 nafari asosiy, 22 nafari örindoş şifokorlar, 161 nafari asosiy 1 nafari örindoş örta tibbiyt xodimlardir.
Ular tumanimiz aholisi tez tibbiy yordamga muhtoj bölib qolganda çaqiruvlarga zudlik bilan yetib borişga va tez tibbiy yordam körsatişga oşiqadilar.
Joriy yilning ötgan olti oyi mobaynida bölimga jami 25952 ta çaqiruvlar böldi. Ularning 25527 tasi bajarilgan. 25776 nafar bemorga tez tibbiy yordam körsatildi. Jami çaqiriqlarning 489 tasi baxtsiz hodisalar, 12399 tasi şoşilinç çaqiriqlar, 4890 tasi şoşilinç bölmagan 969 tasi tuğruq va homiladorlar patalogiyasi böyiça, çaqiriqlar 29 tasi esa şifoxonadan şifoxonaga taşişlardir. Tez tibbiy yordamga muhtoj bölib murojaat qilganlardan 4323 nafar bemor şifoxonaga yotqizildi, 962 nafar bemorga esa ambulator yordam körsatilgan.
Çaqiriqlar davomida tez tibbiy yordamga muhtoj bölib qolgan bemorlarga aniq taşxis qöyiş uçun bölimimizda 13 ta EKG apparati mavjud va barçasi işçi holatida. Şuningdek, 1 ta ÖSV, 1 ta defibrilyator, 1 ta elektr sörğiç, 4 ta maşinada kislorod baloni, 15 ta spinal şit, 25 ta ambuqopi, 15 ta qöl va oyoq immobilizatsiyasi uçun köp poğonali transport şinalari, 25 ta böyin fiksatorlari, 14 ta römolsifat immobilizatsion öram, 1 ta laringoskop, 24 ta tiluşlagiçlar mavjud. Şuningdek, barça brigadalar 1 tadan pulsoksimetr, nevrologik bolğaça, diagnostik lampa bilan taʼminlangan. Bemorlarga öz vaqtida sifatli tez tibbiy yordam körsatiş uçun 41 nomdagi dori preparatlari mavjud.
Keyingi yillarda aholi orasida tez tibbiy yordamga ehtiyoj kuçayayotganini eʼtiborga olib, yaqin kunlarda markaziy stantsiyada yangidan tez tibbiy yordam brigadasi taşkil qiliş rejalaştirilmoqda.
Buningdek çora-tadbirlar tumanimiz aholisining soğliğini muhofaza qilişga, zarurat tuğilganda dard iskanjasida qolgan odamga tezkor tibbiy yordam berişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Konstantin Şabayev, Respublika tez tibbiy yordam markazi Amudaryo bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶