28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:33
Fan va taʼlim 👁 307

USTOZLAR MILLIY FORUMI BOʻLIB OʻTDI

USTOZLAR MILLIY FORUMI BOʻLIB OʻTDI

Mamlakatimiz maktab oʻquvchilarining bilimi va koʻnikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, oʻqituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini yaxshilash, darsliklar va oʻquv metodik majmualarni bugungi kun talablari asosida takomillashtirishga xizmat qiluvchi 2022-2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan Milliy dastur sohada ulkan ijobiy oʻzgarishlar yasalishiga zamin boʻlayotir.

Bu haqda 21-avgust kuni Amudaryo tumanidagi 76-sonli maktabda boʻlib oʻtgan Ustozlar milliy forumida batafsil soʻz bordi.

Bugungi kunda oʻqituvchilarning nufuzi oshirish, taʼlim sifatini yuksaltirishga qaratilgan tizimli islohotlar tumanimizda ham oʻzining ijobiy samaralarini berayotgani quvonarli. Shunday sharoitda “Sifatli taʼlim – kuchli jamiyat” shiori ostida tumanda oʻtkazilgan ikkinchi Ustozlar milliy forumi yangi oʻquv yili oldidan xalq taʼlimi xodimlari uchun oldda turgan dolzarb vazifalarni belgilab olish uchun oʻziga xos minbar boʻldi, deyish mumkin.

Aytish joizki maktablarni muqaddas dargohga aylantiradigan kuch ustozlar fidoyi mehnati, mahoratidir. Mazkur forum tumanimizda faoliyat yuritayotgan 4000 nafardan ortiq oʻqituvchi, 700 nafarga yaqin maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mehnat qilayotgan tarbiyachilar uchun tajriba almashish, yangi bilimlarni egallashiga sharoit yaratdi.

Ikkinchi marta oʻtkazilayotgan Ustozlar milliy forumini tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi mudiri Ibragim Rajabov ochdi va forum ishtirokchilarini yaqinlashayotgan yangi oʻquv yili bilan qutladi. Shuningdek, 2023-2024 oʻquv yilida taʼlim sohasida joriy etilayotgan yangiliklar haqida batafsil gapirdi va milliy forumda muhokama etiladigan masalalar, oʻzaro tajriba almashuvlar boshlanayotgan oʻquv yili sifatli va samarali boʻlishiga poydevor boʻlishini taʼkidladi.

Ikki smenada tashkil etilgan forumda tumanimizdagi maktablar direktorlari, oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari hamda 12ta fan oʻqituvchilari ishtirok etishdi. Har bir fandan trener oʻqituvchilar tomonidan 2023-2024 oʻquv yilida joriy etilayotgan yangiliklar, jumladan, mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi, oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirish, loyihaga asoslangan taʼlim mavzulari boʻyicha trening mashgʻulotlari oʻtkazildi va yangi oʻquv yili oʻquv rejasi va darsliklar haqida maʼlumotlar berildi.

Shuni eʼtirof etish kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining 2022-yil oktyabr oyida eʼlon qilingan “Milliy reyting – 2021” natijalariga koʻra, tumanimiz Qoraqalpogʻiston Respublikasida 7-oʻrinni egallagan. Albatta yomon koʻrsatkich emas.

Biroq tumanda bu koʻrsatkichni yaxshilash uchun kadrlar, pedagoglarning salohiyati yetarli. Maktablar quvvati 32 ming 635-oʻrinli. Taʼlim olayotgan oʻquvchilar esa 38 ming 476 nafarni tashkil etadi. 4064 nafar oʻqituvchilarning 3798 nafari oliy maʼlumotli, 282 nafari oliy toifali, 284 nafari xalqaro va milliy sertifikatga ega ekanligi bu fikrimizni aniq dalillaydi.

Oʻtgan oʻquv yilida 81 nafar oʻquvchilarning turli xalqaro va milliy sertifikatlar olishga erishgani – darslar samaradorligiga erishish, iqtidorli oʻquvchilarni oʻqitishga ijodiy yondoshish davr taqozosi ekanligini koʻrsatadi.

Boʻlib oʻtgan Ustozlar milliy forumida bular atroflicha muhokama qilindi, taʼlim sifatini oshirish yuzasidan chora- tadbirlar belgilandi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026