MAKTABLARDA BIRINÇI QÖNĞIROQ SADOLARI YaNGRADI
Bugun – 4-sentyabr kuni erta tongdan öquvçi öğil-qizlar dillarida bir olam quvonç bilan jonajon maktablari sari yöl oldilar. Yurtimizdagi barça taʼlim dargohlarida “Yangi hayot uçun, Yangi Özbekiston uçun!” şiori ostida 2023-2024 öquv yili boşlanişiga bağişlangan “Birinçi qönğiroq” tadbirlari bölib ötdi.
Amudaryo tumanidagi 82-sonli umumiy örta taʼlim maktabida ham “Salom – maktabim!” nomli tadbir ötkazildi.
Tadbirda tuman hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Mahmud Şermetov, Olmazor mahalla fuqarolar yiğini raisi Ozod Madraimov, yoşlar yetakçisi Alibek Sobirov , maktab öqituvçilari, öquvçilari hamda ota-onalar iştirok etdi.
Tadbirda sözga çiqqanlar öquvçilarni boşlanayotgan yangi öquv yili bilan qutladilar va öqişlarida muvaffaqiyatlar tiladilar. Maktab direktori Zafar Axmanov maktabning ötgan öquv yili davomida erişgan yutuqlariga töxtalib, yangi öquv yilidagi rejalar xususida töxtalib ötildi hamda mamlakatimizda yoşlarga qaratilayotgan eʼtibor bugungi katta muvaffaqiyat va yutuqlarning kaliti bölayotganini taʼkidladi.
Tadbirda 1-sinfga qabul qilingan bolajonlarga Prezident sovğalari – maktab sumkasi va 12 turdagi predmetdan iborat darsliklar, öquv qurollari topşirildi. Tadbir davomida öquvçi-yoşlar tomonidan tayyorlangan Vatanni madh etuvçi şeʼr va qöşiqlardan iborat bayram dasturi namoyiş etildi.
Şundan söng, barça sinflarda “Mustaqillik darsi” bilan yangi öquv yili boşlandi. “Mustaqillik darsi”da öquvçilarga xalqimizning 32-yil davomida erişgan yutuqlari, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati borasida keng maʼlumotlar berildi.
Tumanimizning Bosuv mahallasida joylaşgan 26-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Birinçi qönğiroq” tadbiri bölib ötdi. Tadbirda tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi mudiri Saida Sodiqova, öqituvçi-murabbiylar, öquvçilar hamda ularning ota-onalari qatnaşdi. Tadbir mehmonlari sinfxonalarga kirib, barça ustozlarni, öquvçilarni, maktab ostonasiga ilk qadamini qöygan 1-sinf öquvçilarini yangi öquv yilining boşlanişi bilan tabrikladilar.
“Mustaqillik darsi”da öquvçilarga Vatanimiz tarixi va şonli ötmişi, istiqlolga erişiş yölidagi maşaqqatlar haqida maʼlumotlar berilib, yurtimizda taʼlim sohasida amalga oşirilayotgan işlar, ötgan öquv yilida maktabda erişilgan yutuqlartilga olindi. Şuningdek, bolalarning puxta bilim olişi, hayotda öz örnini topişi fidoyi ustozlarning beminnat mehnatiga boğliq ekani alohida taʼkidlandi.
Aytiş kerakki, ötgan öquv yilida maktabni 18 nafar öquvçi bitirgan bölsa, şundan 11 nafari davlat oliy taʼlim muassasalariga talabalikka qabul qilindi. Uşbu bitiruvçilardan 6 nafari davlat granti asosida, 5 nafari esa tölov-şartnoma asosida oliy taʼlim dargohlari talabalari bölişdi. Maktab öquvçilarining oliy taʼlimga kiriş balli örtaça 95 ballni taşkil qildi.
Joriy öquv yilida yana birinçi sinflarga 40 nafar öquvçi qabul qilinib, ayni paytda ularga bilimli va tajribali öqituvçilar taʼlim-tarbiya berişni boşladilar.
Şu kuni tumandagi barça – 85 ta umumtaʼlim maktablarida yangi öquv yilining ilk darsi boşlanib, öquvçilar qunt bilan bilim olişga kirişdilar.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶