QILIÇBOYDA TARĞIBOT TADBIRI ÖTKAZILDI
Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi dunyodagi barça mamlakatlar bilan özaro munosabatlarda tinçlikparvarlik tamoyiliga amal qiladi. Uning taşqi siyosatida davlatlarning suveren tengligi, kuç işlatmaslik yoki kuç bilan tahdid qilmaslik, çegaralarning daxlsizligini saqlaş kabi qoidalar mustahkam örin olgan. Şuningdek, xalqimizning tinç-osoyişta yaşaşini taʼminlaş, turli xavf-xatarlardan himoya qilişga alohida eʼtibor qaratiladi.
Özbekiston Qurolli Kuçlari jangovar şayligini, qudratini oşiriş, Milliy Armiyamiz saflarini vatanparvar, bilimdon, dovyurak askarlar bilan butlab boriş doimiy eʼtiborda. Ayniqsa, harbiy xizmatçilar va xodimlarning harbiy vatanparvarlik tuyğusini, maʼnaviy saviyasini va intellektual salohiyatini yuksaltiriş, ularda mamlakatimizning qadimiy va boy madaniyati, azaliy qadriyatlari, urf-odatlari va anʼanalariga asoslangan keng dunyoqaraşni şakllantiriş juda muhim.
Harbiy xizmatçilar ongiga Vatan himoyasi har bir fuqaroning şarafli va muqaddas burçi ekanligini, milliy armiyamiz bilan faxrlaniş, davlat va jamiyat xavfsizligi uçun masʼuliyat tuyğusini şakllantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bular öz navbatida armiyamiz qudrati yana ham oşişiga xizmat qiladi.
Şu boisdan ham harbiy xizmatçilar, çegaralarimizda sobit turib el osudaligini taʼminlab harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmat burçini ötayotgan askarlar bilan maʼnaviy-maʼrifiy tarğibot tadbirlari tez-tez ötkazib turiladi.
Şuningdek, çegaraoldi hududlarda yaşovçi aholi orasida çegaralar daxlsizligini saqlaş qonun-qoidalarini keng tarğib etiş, ular könglida mamlakatimiz qonunlariga hurmat ruhini tarbiyalaş va böysunişlariga erişiş, çegaraoldi taʼqiqlangan hududlarga kirişlariga yöl qöymaslik ham osoyiştalikni asraşning asosiy şartlaridandir.
8-sentyabr kuni mamlakatimizning Turkmaniston davlati bilan çegara hududida joylaşgan Amudaryo tumanining Qiliçboy ovulida uşbu hududda joylaşgan Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qism xizmatçilari, muddatli xizmat burçini ötayotgan askarlar, hudud aholisi uçun maʼnaviy-maʼrifiy tarğibot tadbiri ötkazildi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari, “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati, Yoşlar işlari agentligi hamkorligida taşkil etilgan tadbirda taniqli şoira Zulfiya Möminova, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Gavhar Zokirova, Alişer Otaboyev va boşqa el sevgan şoirlar, yozuvçilar, sanʼatkorlar iştirok etişdi.
Qiliçboy Madaniyat markazida bölib ötgan tadbir bayram tusini oldi. Dastlab mamlakatimizdagi tinçlik-osoyiştalikning ahamiyati, yoşlar uçun yaratilayotgan ğamxörliklar haqida, barça sohalarda amalga oşirilayotgan islohotlar tufayli hayotimizda yuz berayotgan yangilanişlar, özgarişlar xususida söz bordi.
Taniqli şoira Zulfiya Möminovaning Vatan madhiga bağişlangan şeʼrini yiğilganlarning barçasi qarsaklar bilan olqişladi. Tadbir tarğibot guruhi aʼzolari bölgan sanʼatkorlarning kontserti bilan davom etdi.
Oygul RAJABOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶