28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:12
Jamiyat 👁 295

Ayanchli yoʻl-transport hodisasi sabablari muhokama qilinib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar belgilandi

Ayanchli yoʻl-transport hodisasi sabablari muhokama qilinib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar belgilandi

Mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish eng asosiy ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

19-sentyabr kuni Amudaryo tumani hokimligi binosida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish boʻyicha fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borish maqsadida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik Baxtiyar Torebekov, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Muxtorjon Yusupov, tumandagi sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, profilaktika inspektorlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oʻzining har bir chiqishlarida sohaga masʼul boʻlgan idoralarning asosiy vazifasi jinoyatchini topish va jazolash emas, balki jinoyat sodir etilishiga sharoit yaratib bergan holatlarni aniqlash, ayniqsa tizimli muammolar bilan ishlashga alohida urgʻu qaratishni koʻp bora taʼkidlab oʻtgan.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov soʻzga chiqib, ishtirokchilarga Respublikamiz miqyosidagi umumiy jinoyatchilik toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi va tumanda jinoyatlar soni oshgan 12 ta “qizil” toifadagi mahallalar toʻgʻrisida gapirib oʻtib. Shuningdek, tumanda jinoyatchilik natijasida tan-jarohat olish, firibgarlik va yoʻl transport hodisalari bilan bogʻliq jinoyatlar soni oshganligi alohida qayd etildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik Baxtiyar Torebekov Oʻzbekiston Respublikasi miqyosida joriy yilning 8 oyi davomida 5500 dan ortiq-yoʻl transporti bilan bogʻliq jinoyatlar sodir qilinganligini, shundan, 60 foizi tezlikni oshirish, 20 foizi spirtli ichimlik ichib avtotransport vositasini boshqarish orqali, 15 foizi yoʻl harakati qoidalariga amal qilmaslik hamda qolgan 5 foizi ehtiyotsizlik oqibatida sodir boʻlayotganligini tushuntirib oʻtdi.

Xususan, Ichki ishlar vaziri yaqinda sodir boʻlgan dahshatli yoʻl-transport hodisasi haqida ham toʻxtalib oʻtdi. 2023-yil 16-sentyabr kuni ertalab soat 8:00lar atrofida Amudaryo tumani Nazarxan ovuli hududidan oʻtuvchi A-380 avtomobil yoʻlining 748-kilometrida harakatlanib borayotgan transport vositasi Amudaryo tumanidan Nukus shahri tomonga bir tomonlama harakatlanuvchi oʻz yoʻlidan kelayotganida uning orqa tomonidan harakatlanib kelayotgan yana bir fuqaro boshqaruvidagi avtomashina quvib oʻtishni amalga oshirayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanishga ruxsat etilmagan yoʻnalishda Nukus shahridan Xorazm viloyati tomonga harakatlanayotgan boshqa fuqaro boshqaruvidagi avtomashina bilan toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasini sodir qilgan. Natijada bitta avtomashina yonib ketib, avtomashina haydovchisi va 3 nafar yoʻlovchilar hodisa sodir boʻlgan joyda vafot etgan. Ikkinchi avtomashinadagi haydovchi va yoʻlovchi ham kasalxonaga olib ketayotganida yoʻlda vafot etgan. Yana bir fuqaro esa ogʻir tan jarohati olib, kasalxonada vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi  IIV  Tergov  boshqarmasi tomonidan  Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Yigʻilishda ushbu ayanchli yoʻl-transport hodisasi sabablari va oqibatlari haqida soʻz borib, kelgusida bu kabi noxushliklarning oldini olish boʻyicha munozara yuritildi.

Umumiy jinoyatchilik muhokamasi chogʻida esa fuqarolar yigʻinlari raislariga ovul va mahallalar hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir qilishga moyil boʻlgan fuqarolarning roʻyxatini shakllantirib, ular bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazish, aniqlangan muammolari boʻyicha profilaktika inspektori yoki sektor rahbarlarini xabardor qilish lozimligi taʼkidlab oʻtildi.

Yigʻilish davomida tuman Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi masʼullariga tumandagi barcha 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarning roʻyxatini shakllantirib, jinoyat sodir qilishga moyil yoshlarni aniqlash va ular bilan tizimli profilaktik ishlarni tashkil qilish topshirildi.

Tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik Jamoladdin Yusupov ham soʻzga chiqib, tumanda firibgarlik jinoyatining oshishiga asosiy sabab koʻpchilik fuqarolarning huquqiy bilimga ega boʻlmasligi natijasida uyali aloqa telefonlariga kelgan sms kodlarni ishonib boshqalarga berish hollari koʻp uchrayotgani, natijada koʻpchilik odamlar firibgarlarning tuzogʻiga tushib qolayotganini aytib, bu jinoyatlarning oldini olish maqsadida targʻibot tadbirlarini koʻpaytirish zarurligini taʼkidladi.

Yigʻilish yakunida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026