“Serikboyev Soliy” fermer xöjaligi paxtakorlari tumanda birinçi bölib paxta tayyorlaş böyiça kontraktatsiya şartnomasi şartlarini bajardi
Dehqonlar uçun kuz faslining har daqiqasi ğanimat. Boisi, şu faslda yil-ön ikki oy qişning qahratoni-yu yozning jaziramasida dalalarda qilingan maşaqqatli mehnatlar samarasi – yetiştirilgan hosil yiğib-terib olinadi.
Respublikamizning barça hududlarida bölgani kabi Amudaryo tumanidagi fermer xöjaliklarida ham yiğim-terim işlari kun sayin avj olmoqda. Dalalarda oppoq bölib oçilgan paxtalarni çevar qölli, çaqqon terimçilar imkon qadar tezroq yiğib-terib olişga intilmoqdalar. Kuzning quyoşli, iliq kunlarini ğanimat bilib, bugun keçagidan unumli işlaşga harakat qilmoqdalar.
Ana şunday saʼy-harakatlar tufayli Toşyop ovulidagi Soliy Serikboyev rahbarlik qilayotgan “Serikboyev Soliy” fermer xöjaligi paxtakorlari joriy yilning 24-sentyabrida kontraktatsiya şartnomasi şartlarini ortiği bilan bajardilar. 17 gektar paxta maydonidan ilk terimning özidayoq 55 tonnadan ziyod paxta hosili terib olindi.
24-sentyabr kuni xöjalikda erişilgan mehnat natijasiga bağişlab tantanali tadbir taşkil etildi. Unda tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektorlar rahbarlari, Qoraqlpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatlari, qişloq xöjaligi, ovul fuqarolar yiğini masʼullari iştirok etdilar. Tuman hokimi, sektorlar rahbarlari yiğim-terimda faol iştirok etgan barçani erişgan mehnat ğalabasi bilan qizğin qutladilar, ilğorlarga qimmatbaho sovğalar hadya etdilar.
fermer xöjaligining bu yutuği öz-özidan bölmadi. 12 nafar pudratçilar erta bahordan paxta dalalarda töliq nihol olişga, unib çiqqan ğözalarni agrotexnika qoidalari asosida parvariş qilişga alohida eʼtibor qaratdilar. Natijada kuzga kelib, har bir niholda möl hosil töplanişiga erişildi.
Yiğim-terim mavsumini yuqori kayfiyatda boşlagan 12 nafar pudratçilarga hududning 48 nafar uyuşmagan aholisi yaqindan kömakdoş bölib, xöjalik paxta xirmonining barvaqt yuksalişiga munosib hissa qöşdilar. Olmagul Reyimova, Nasiba Örozboyeva, Umida Kamolova, Qarliğaş Ibodullayeva, Sanobar Japaqova, Jumabika Xolboyeva, Zebogul Yusupova, Umida Yusupova, Muqaddas Olloberganova, Pardagul Qozoqboyevalar paxta terimida ilğorlikni qöldan bermay kelmoqdalar.
Erişilgan muvaffaqiyatga terimçilar uçun tuşda dala boşida issiq ovqat, çoy taşkil etilib, unumli işlaşga şaroit yaratilgani muhim asos böldi. Terim pullari öz vaqtida hisob-kitob qilib borilgani ham terimçilarni moddiy jihatdan rağbatlantirib, yanada faol bölişga çorladi.
Tumanimizning barça fermer xöjaliklari paxta dalalarida ham hosil yiğim-terimi kun sayin avjiga çiqayapti. Pudratçilar bilan bir safda iş bilan band bölmagan aholi ham paxta terib, oilasi uçun daromad topayotir. Terilgan paxta ayni vaqtning özida tarozida tortilib, terim haqi hisob-kitob qilinayapti.
Amalga oşirilayotgan buningdek saʼy-harakatlar paxta terimi kunlik surʼati oşişini taʼminlayotir. Kontraktatsiya şartnomalari şartlarini bajariş uçun harakat qilib, marradan oşayotgan xöjaliklar soni esa tobora köpaymoqda. Dalalarda hamjihatlikda qilinayotgan mehnat tufayli qimmatbaho xomaşyo – oppoq paxtalardan zalvorli xirmonlar bunyodga kelmoqda.
Tumanda birinçilardan bölib paxta tayyorlaş rejasi ado etilgan xöjalikda yiğim-terim hali qizğin davom etayotir.
Oygul RAJABOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶