MAKTABDA HAFTALIK TADBIRLARI QIZIQARLI OʻTDI
Tumandagi ayrim fanlarni chuqur oʻrgatishga ixtisoslashtirilgan 38-sonli maktabning boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi oʻqituvchilari va yuqori sinf amaliy fanlar uslubbirlashma aʼzolari tomonidan “21-sentyabr – Xalqaro tinchlik kuni”ga bagʻishlangan haftalik tashkil etildi.
18-23-sentyabr kunlari davomida boʻlib oʻtgan haftalik munosabati bilan sinflar kesimida sheʼrxonlik kechalari, rasm, texnologiya fanlari boʻyicha tanlovlar, qogʻozdan kabutar yasash va unga tinchlikni daʼvat etuvchi istaklarni yozish mashgʻulotlari hamda “Sport – tinchlik elchisi” shiori ostida sport musobaqalari tashkil qilindi.
Hafta davomida makatbning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi Azamat Rahimov 3-“A” sinfda, texnologiya fani oʻqituvchisi Tursunoy Salayeva 7-“B” sinfda, Qunduz Ashirova oʻqish fanidan sheʼrxonlik kechasi, texnologiya fanidan Mohira Xudoyberganova 1-“A” sinfda, 4-“A” sinf rahbari Mohimjon Qurbonboyeva 4-“A” va 4-“B” sinflarda oʻquvchilar oʻrtasida “Qogʻozdan kabutar yasash va unga tinchlikni daʼvat etuvchi istaklarni yozish” tanlovini yuqori saviyada oʻtkazdilar.
Hafta davomidagi qiziqarli tadbirlar va mashgʻulotlar oʻquvchilarning bilimlarini mustahkamlash bilan birga faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Rohatoy Safarova, 38-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari v.v.b.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶