BOLAJONLARNING SEVIMLI BOĞÇA OPASI
Mamlakatimizda maktabgaça taʼlim tizimini yanada takomillaştiriş, soğlom, faol, tölaqonli, jamiyatga moslaşgan bola şaxsini şakllantirişga eʼtibor kun sayin kuçaymoqda. Tizimda faoliyat yuritayotgan taşkilotlar maktabgaça yoşda bölgan bolalarning jismoniy, aqliy va maʼnaviy kamol topişiga, ularning taʼlim olişga bölgan huquqlarini, ularning boşlanğiç taʼlimga tayyorligini taʼminlaşga xizmat qiladi. Şuningdek, jajji öğil-qizlar könglida bir-biriga, oilasiga, Vataniga mehr-muhabbat hissini şakllantiriş, milliy odob-axloq qoidalarini singdiriş ham juda muhim. Uzluksiz taʼlimning ilk bosqiçidagi taʼlim-tarbiya norasida öğil-qizlarning kelajakda qanday inson bölib voyaga yetişida juda muhim rol öynaydi.
Manğit şahrida faoliyat yuritayotgan 40-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida bugungi kunda 6ta guruhda 180 nafar bolajonlar yayrab-quvnab ulğaymoqda. Har bir guruh uçun alohida-alohida maşğulotlar xonasi, ovqatlaniş xonasi va dam oliş xonasi bor. Bolajonlarga 16 nafar malakali pedagog-tarbiyaçilar taʼlim-tarbiya berişmoqda.
Taşkilot binosining ostonasidan hatlagan kişi beixtiyor özini bolalar dunyosiga kirib qolgandek his qiladi. Kiçikkina supaçadan joy olgan “Zumrad va Qimmat” ertagi qahramonlari-yu turli öyinçoqlar, bezaklar bilan bezatilgan xonalar, koridorlar ham beixtiyor bolalikning beğam, betaşviş va baxtiyor damlariga yetaklaydi kişi xayolini.
Mazkur taşkilotga 2007-yildan beri tajribali mutaxassis Şarifa Seitova rahbarlik qilib keladi. Tarbiyalanuvçi bolajonlarni nomma-nom taniydigan, har biri bilan xarakteriga mos muomala qiladigan mudira işni qatʼiy tartib-intizom asosida boşqaradi. Taşkilot tarbiyaçilari kasbiy faoliyatiga doir, sanʼat, sport turlari böyiça ökazilayotgan tanlovlar, musobaqalarda doimo faxrli örinlarni egallaşadi. Tarbiyalanuvçilar esa turli bayramlar munosabati bilan taşkillaştiriladigan sayillarda, kontsert dasturlarida munosib iştirok etib, sanʼatini namoyiş etişmoqda.
Dilfuza Yöldoşeva ana şu taşkilotda 2015-yildan beri tarbiyaçi lavozimida işlab kelayotir. Sohadagi faoliyatiga esa 22-yil töldi. Ötgan davr mobaynida Dilfuza neça-neça guruh bolajonlarga tarbiyaçilik qildi. Ularning öyinlariga qöşilib öynab, suhbatlariga quloq tutib, savollariga erinmay, batafsil javoblar berib, köngli köngillariga tutaşdi. Maktabga kuzatib qolgan vaqtlarida göyo öy-xayoli ular bilan ketardi. U ilk tarbiya bergan jajji öğil-qizlar hozir turli kasb egalari bölib, hayotda öz örinlarini topişgan, uçraşib qolgan vaqtlarida ularning bolalik damlarini qömsab, “boğça opa” deya söraşişlaridan zavqlanadi, kasbiga mehri, ixlosi yana ham ortadi.
Ehtimol, şundandir Dilfuza Yöldoşeva ötgan davr mobaynida namunali tarbiyaçi sifatida soha xodimlari orasida tanildi. “Yil tarbiyaçisi”, şuningdek, sport, sanʼat böyiça maktabgaça taʼlim taşkilotlari xodimlari orasida ötkazilgan sinovlarda öz iqtidorini namoyiş etib, faxrli örinlarni egallab keldi.
Aslida tarbiyaçi işining maşaqqatini his qilmaymiz. Baʼzan oilamizdagi kiçkintoylarni parvarişlaşda qiynalib qolgan damlarda turli muhitda, turliça tarbiya olayotgan 25-30 nafarça bolani birdaniga atrofiga jipslab, taʼlim-tarbiya beriş zahmatini his qilganday bölamiz.
– Bizning işimizda eng muhimi har bir bolani tinglab, unga munosib javob bera oliş, köngliga yöl topiş, – deydi Dilfuza bu haqda kulib.
Butun bilimi, kuç-ğayratini bolajonlar taʼlim-tarbiyasiga baxşida etayotgan Dilfuza Yöldoşeva va sohaning barça xodimlarini kasb bayrami bilan qutlab qolamiz.
Oygul RAJABOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶