OÇIQ DARS ÖTKAZILDI
Butun mamlakatimiz böylab maktab öquvçilarining har tomonlama bilimli, zehnli, zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan unumli foydalana oluvçi avlod bölib yetişuvi uçun katta eʼtibor qaratilmoqda. Yoş avlod zamonaviy maktablarda, zamonaviy öquv qurollaridan foydalangan holda taʼlim-tarbiya olmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş va ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş böyiça 5 ta muhim taşabbus eʼlon qilingan edi. Birinçi – taşabbus yoşlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boşqa turlariga qiziqişlarini oşirişga, isteʼdodini yuzaga çiqarişga xizmat qiladi. Ikkinçi taşabbus esa yoşlarni jismoniy çiniqtiriş, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyiş qilişlari uçun zarur şaroitlar yaratişga yönaltirilgan. Uçinçi taşabbus doirasida aholi va yoşlar örtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanişni taşkil etişga eʼtibor qaratiladi. Törtinçi taşabbus yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, ular örtasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş böyiça tizimli işlarni taşkil qilişga yönaltirilgan bölsa, beşinçi taşabbus xotin-qizlarni iş bilan taʼminlaş masalalarini nazarda tutadi.
Respublikamizning barça joylarida ana şu muhim beş taşabbus doirasida vazifalarni amalga oşiriş uçun muhim loyihalar amalga oşirilib, amaliy işlar olib borilmoqda.
Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti tomonidan amalga oşirilayotgan, “Beş taşabbus – beş imkoniyat!” nomli loyiha asosida aholining maʼnaviyatini yuksaltiriş, yoşlarning isteʼdodlarini yuzaga çiqariş, ularni turli zararli illatlardan işonçli himoya qiliş uçun taşkilotlarda, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida, maktablarda turli tadbirlar, uçraşuvlar, davra suhbatlari ötkazib kelinmoqda.
Yaqinda loyiha doirasida Prezidentimiz tomonidan eʼlon qilingan beş muhim taşabbusning uçinçi taşabbusi doirasida Nazarxon ovuli hududida yaşovçi yoşlar uçun 3-sonli maktabda “Kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalaniş” mavzusida oçiq dars ötkazildi.
Aytiş joizki, Nazarxon ovuli hududida joylaşgan uşbu maktabda yuqori malakali ikki nafar mutaxassis öqituvçi informatika fanidan öquvçilariga saboq beradi. Zamonaviy sinfxonalarda bilim olayotgan yoşlar ustozlari Qirmizi Kamolova, Gulşod Reypnazarovalardan kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalaniş sirlarini puxta örganmoqdalar.
Loyihaning asosiy maqsadi manzilli qöllab-quvvatlaş daftarlariga kiritilgan yoşlarga har tomonlama yordam körsatişdir. Loyiha doirasida “Taraqqiyot közgusi”, “Mening oilam” gazetalari va Amudaryo televideniyesi tahririyatlari bilan hamkorlikda ötkazilayotgan tadbirlar özining juda katta samarasini bermoqda.
Taşkilot tomonidan loyiha asosida maktab öquvçilari örtasida “Men havas qiladigan badiiy qahramon”, “Orol – mening taqdirimda”, “Navröz – umumxalq bayrami”, “Mustaqillik – oliy neʼmat” mavzularida inşolar tanlovlari, “Ranglarda vatan manzaralari” mavzusida rasmlar tanlovi eʼlon qilinib, tanlov ğoliblari sovğalar, “Faxriy yorliq”lar bilan taqdirlandi. Tumanning olis hududlarida yaşovçi yoşlar uçun teatr tomoşalari, kontsertlar, “Kitoblar karvoni” taşkil etildi.
Maktabda beş muhim taşabbus doirasida turli tadbirlar taşkil qilib kelinmoqda. Jumladan, uçinçi taşabbus doirasida ham kompyuter texnologiyalari vositasida turli musobaqalar, oçiq darslar ötkazilmoqda. Zero, hozirgi hayotimizni kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur qiliş qiyin. Şuning uçun ham maktab öquvçilari kompyuter saboqlarini astoydil örganmoqdalar.
Ötkazilgan oçiq dars mobaynida maktab öquvçilari informatika fani sirlarini puxta egallayotganligini yana bir bor namoyiş qildilar.
Örozali REYIMOV

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶