KEKSALAR HAFTALIGIDA TIBBIYoT FAXRIYLARIGA ALOHIDA EʼTIBOR KÖRSATILDI
Joriy yilning 2-8-oktyabr kunlari “Keksalarga hurmat – yoşlarga ibrat” degan boş ğoyani özida mujassam etgan “Keksalar haftaligi” tadbirlari Amudaryo tumanida ham yuqori saviyada ötkazildi. Uşbu haftalikni ötkaziş böyiça çora-tadbirlar belgilangan Dasturga muvofiq har bir mahallada nuroniylarni, faxriylarni, yakka-yolğiz keksalarni jalb etgan holda maʼnaviy-maʼrifiy va xayriya tadbirlari taşkil etilib, ularga izzat-hurmat körsatişga alohida eʼtibor qaratildi.
Tuman Tibbiyot birlaşmasida ham haftalik doirasida şu kabi xayrli işlar amalga oşirildi. Nuroniy keksalarni eʼzozlaş, kömakka muhtoj insonlarga moddiy-maʼnaviy yordam beriş kabi xayriya tadbirlari ötkazildi.
6-7-oktyabr kunlari tuman Tibbiyot birlaşmasi boşliği Faxriddin Abdulllayev boşçiligida bir guruh xodimlar sohada uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylar xonadonlariga taşrif burib, ularning holidan xabar olişdi. Taşrif davomida aholi salomatligi yölida munosib hissa qöşgan faxriylardan Başir ota Kenjayev, Yusuf ota Abdullayev, Faya opa Xalikova, Kunzanipa opa Teljanova, Gulsora opa Otamuradova, Norgul opa Rajapova, Dösimbat aka Örozimbetovlarning har biri bilan suhbatlaşildi.
Yusuf ota Abdullayev stomatolog şifokor bölib, salomatlikni asraş yölida fidoyilik körsatgan. Bemorlar dardiga şifo baxş etgan şifokor el hurmatiga sazovor bölgan inson.
Tibbiyot birlaşmasida stomatologiya bölimi tibbiy hamşirasi, katta tibbiy hamşira bölib işlagan Norgul opa Rajabova ham, garçi öşa vaqtlarda tibbiyot tizimi hozirgidek rivojlanmagan, şaroitlar ham bugungidek zamonaviy bölmasa-da, özining bor bilimi va mahoratini safarbar qilib, el salomatligi yölida fidoyilik bilan mehnat qilgan. Bugun esa tibbiyot fidoyisi boşqa tengdoşlari qatori nevara-çevaralar qurşovida keksalik gaştini surib yaşamoqda.
Başir ota Kenjayev uzoq yillar LOR şifokori, tibbiyot birlaşmasi kasaba uyuşma qömitasi raisi bölib faoliyat körsatgan. U ham kasbiy faoliyati davomida el salomatligi yölida fidoyilik bilan xizmat qilib, xalq orasida öziga yaraşa obrö-eʼtibor qozongan. Taşkilotçiligi, kasbiy mahorati bilan rahbariyatning ham, hamkasblarining ham eʼtirofiga sazovor bölgan tibbiyot faxriysining şogirdlari va izdoşlari taşrifidan boşi osmonga yetdi.
Tuğruq bölimida akuşerka, birlaşma boş tibbiy hamşirasi bölib işlagan tibbiyot faxriysi Faya opa Xalikova, laboratoriyada örta tibbiyot xodimi, klinik laborant bölib faoliyat körsatgan Kunzanipa Teljanova, terapevt, endokrinolog şifokor Gulsora opa Otamuradovalar ham qançadan-qança bemorlar dardiga davo ulaşgan. Tibbiyot birlaşmasi rahbariyati va kasaba uyuşmasi aʼzolari ularni ham yöqlab, holidan xabar oldilar.
Dösimbat aka Örozimbetov soğliqni saqlaş sohasida köp yillar davomida rahbarlik lavozimlarda faoliyat yuritgan. U dastlab tuman Tibbiyot birlaşmasida şifokor bölib iş boşlab, keyinçalik sanitariya-epidemiologiya tizimida ham respublika darajasidagi masʼuliyatli lavozimlarda işlagan va soha rivojiga munosib hissa qöşgan.
Birlaşma xodimlari faxriylar bilan dildan suhbat qurişdi, sovğalar berib, hurmat körsatişdi. Öz navbatida faxriy şifokorlar ham özlariga körsatilgan eʼtibor va hurmat uçun minnatdorçilik bildirişdi.
Maʼlumki, Prezidentimizning “Nuroniylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning turmuş darajasini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 2022-yil 15-martdagi Qarorida har yili oktyabr oyining birinçi haftasini “Keksalar haftaligi” sifatida tadbirlar ötkaziş belgilangan. Soğliqni saqlaş tizimida ham haftalik doirasida keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, salomatligiga eʼtiborni kuçaytiriş borasida qator tadbirlar taşkil etildi.
Hududlarda 60 yoşdan yuqori aholini tuman mutaxassislari kömagidagi çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkaziş işlari amalga oşirildi. Köp tarmoqli markaziy poliklinikasida tibbiy körik xonasida zamonaviy apparaturalarda laborator va instrumental tekşiruvlar, antropametrik ölçovlardan, oilaviy şifokor köriklaridan keyin endokrinolog, nevropatolog, kardiolog, pulmonolog mutaxassislari köriklari va tavsiyalari berildi.
Keksa yoşdagi fuqarolar uçun ertalabki badantarbiya, soğlomlaştiriş maşğulotlari ötkazildi. Şuningdek, Tibbiyot birlaşmasi boşlanğiç kasaba uyuşmasi tomonidan keksa yoşdagi tibbiyot xodimlari uçun tumandagi tarixiy-muzeyiga ekskursiya taşkil qilindi. Faxriy va keksa tibbiyot xodimlari, yoşlar iştirokida “Uç avlod uçraşuvi” ötkazildi. Tibbiyot tizimida köp yillar mobaynida mehnat qilgan keksalar “Afruza” kafesida oçiq dasturxon atrofida madaniy hordiq çiqarişga taklif etildi.
Bu kabi tadbirlar yoşi uluğ insonlar mamlakatimizda doimo eʼtibor va eʼzozda ekanini körsatadi. Keksalar duosini oliş har birimiz uçun katta baxtdir. Şunday ekan keksalarimiz doimo bizning eʼtiborimizda bölib qolaveradi.
K.Sabirov, mehnat faxriysi, şifokor

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶