“Ahmedov Rajabboy” fermer xöjaligida paxta yiğim-terimi avjida
Ayni kunlarda barça joylarda bölgani kabi Amudaryo tumanidagi paxta dalalarida ham yil-ön ikki oy fidoyilik bilan qilingan mehnatlar evaziga bunyodga kelagn paxta hosilini yiğib-terib oliş uçun harakat qilayotgan fermer xöjaliklari xirmoni kun sayin yuksalmoqda.
Amudaryolik paxtakorlar kuzning quyoşli kunlarini ğanimat bilib, dalalarda oppoq bölib oçilib turgan hosilni tezroq yiğib-terib oliş maqsadida tinimsiz mehnat qilmoqdalar. Uyuşmagan işsiz aholi ham paxta yiğim-terimi mavsumida mehnat qilişib, yaxşigina daromad olişmoqda.
“Ahmedov Rajabboy” fermer xöjaligi aʼzolari ham mavsumni uyuşqoqlik bilan ötkazmoqdalar. Fermer xöjaligi ayni kunlarda paxta topşiriş böyiça yillik kontraktatsiya şartnomasi şartlarini bajariş arafasida turibdi.
Mazkur fermer xöjaligining 81 gektar maydoniga erta bahorda çigit ekilgan edi. Mazkur maydonlarda bir tekis unib çiqqan nihollar sifatli parvariş qilinib, möl hosil bunyodga kelişiga erişildi.
Şu kungaça xöjalik dalalaridan 180 nafar pudratçilari kömagida 250 tonna paxta terib olindi. Mazkur fermer xöjaligi masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi paxta-töqimaçilik klasteri bilan jami 275 tonna paxta topşiriş böyiça kontraktatsiya şartnomasini tuzgan. Uşbu şartnomaga muvofiq şu kungaça 250 tonnaga yaqin paxta xom aşyosi yetkazib berildi. Terim şu surʼatda davom etsa, şartnoma şartlari yaqin kunlarda ado etiladi. Şu sababli ayni kunlarda fermer xöjaligi dalalarida paxta yiğim-terimi işlari qizğin davom etmoqda.
Kuz – dehqonlarning yil böyi qilgan mehnatlari sarhisobini qiladigan fasl hisoblanadi. Bu davrda yetiştirilgan hosil yiğiştirib olinib, kelgusi yil dehqonçiligiga tayyorgarlik köriladi. Fermer-dehqonlarning yil böyi qilgan mehnati bugun öz samarasini bermoqda. Ularning maşaqqatli mehnati evaziga yetiştirilgan paxtani terimçilar yoğin-soçinli kunlarga qoldirmasdan terib oliş hamda oilalariga qöşimça daromad keltirişga astoydil harakat qilişmoqda. Kuniga 80-100 kilogrammgaça paxta terib, tumanimiz paxta xirmoni yuksalişiga öz hissalarini qöşayotgan terimçilar talaygina. Maʼlumot örnida aytiş kerakki, joriy yilda amudaryolik paxtakorlar öz oldilariga ulkan marralarni qöygan. Masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi paxta-töqimaçilik klasteri bilan 348ta paxtaçilik fermer xöjaliklari örtasida şartnomalar tuzilib, jami 13 ming 900 gektar maydonga tumanimiz iqlim şaroitiga mos serhosil paxta navlari ekilgan edi.
Ğöza tarbiyasi bilan boğliq barça işlar agrotexnika qoidalariga muvofiq taşkil etilgani, yetiştirilgan hosilni qisqa muddatlarda yiğib-terib oliş böyiça terim otryadlari taşkil qilinib, ularga yordamçi-terimçilar biriktirilgani amudaryoliklarning mehnat zafariga zamin yaratmoqda.
Yurtimizda paxta xirmonining yuksalişiga hissa qöşiş oilaga foyda, rözğorga baraka keltiradigan daromad manbaiga aylanib bormoqda. Paxta yiğim-terimida faol iştirok etib, mablağ topib, rözğoriga baraka kiritayotgan terimçilar buni öz hayotlarida yaqqol his etişmoqda.
Terimçi, işçi va haşarçilarga har kuni tuşlik mahali issiq ovqat, çoy beriladi. Terim pullarining öz vaqtida berib borilayotgani, ilğor terimçilarga rağbat sifatida taqdim etilayotgan turli sovğalar ularning ğayratiga ğayrat qöşmoqda.
Sevara ISMOILOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶