28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:39
Adabiyot 👁 379

YoSh IJODKORNING ILK KITOBI TAQDIMOTIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

YoSh IJODKORNING ILK KITOBI TAQDIMOTIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Amudaryo telekanali tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, kitobxonlikka jalb etish, intellektual salohiyatini oshirish maqsadida turli tanlovlar, kitoblar koʻrgazmasi, yangi asarlar taqdimotlari oʻtkazilib borilmoqda. Loyiha rejasiga koʻra oʻtkazilayotgan bunday tadbirlar yoshlar maʼnaviy dunyosini boyitish, kitob oʻqishga qiziqishlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu grant loyihasi ish rejasiga muvofiq Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tumani ixtisoslashtirilgan maktabida yosh ijodkor Mashhura Rajabovaning yaqinda nashrdan chiqqan “Koʻnglim” deb nomlangan ilk sheʼriy toʻplami taqdimotiga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi.

12-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan ushbu tadbirda tahririyat xodimlari, maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Muyassar Rahmatullayeva, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Mohira Sobirova, tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari hamda oʻquvchi-yoshlar qatnashishdi.

Tadbirda maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Mohira Sobirova inson hayotida kitoblar va kitobxonlikning ahamiyati, tafakkur va dunyoqarashni kengaytirishdagi oʻrni haqida soʻzladi. Shuningdek, tahririyat xodimlari grant loyihasi doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlar, turli tanlovlar, ularda ishtirok etib gʻolib boʻlayotgan, kitobxonlikka qiziqishi yanada ortayotgan yoshlar, yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumotlar berishdi. Iqtidorli ijodkor Mashhura Rajabova hamda uning “Koʻnglim” deb nomlangan ilk sheʼriy toʻplami bilan tanishtirib oʻtishdi.

Mashhura Rajabova 2009-yilda Mangʻit shahrida tavallud topgan. U hozir tumandagi 82-sonli maktabning 9-sinfida oʻqiydi. Mashhura badiiy adabiyotga bolaligidan juda qiziqadi, koʻp badiiy kitoblar mutolaa qiladi. Uning uyidagi kitob javonidan oʻzbek adiblarining turli janrlardagi asarlari, atoqli shoirlarning sheʼriy toʻplamlari bilan birga mumtoz va chet el adabiyotiga doir kitoblar oʻrin olgan. Boʻsh vaqtlarida sheʼrlar mashq qilib turadigan ijodkor qiz tumandagi “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatidagi tajribali jurnalistlarga oʻz ijod namunalarini koʻrsatib, maslahat va tavsiyalarini tinglaydi. Har bir ijodiy ishi ustida qayta va qayta ishlab, mukammallashtirishga harakat qiladi.

Mashhuraning “Koʻnglim” deb nomlangan ilk sheʼriy toʻplamidan Vatan, doʻstlik, tabiat, mehr-oqibat, ezgulik haqidagi qirqqa yaqin sheʼrlar joy olgan. Havaskor shoiraning ustozi, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Robiya Yoʻldosheva taʼrif berganidek, uning sheʼriy satrlarida jigarbandlik mehri, doʻstlikning qudrati, mehnatning ulugʻligi, va insonning qadr-qimmati haqidagi fikrlari aks etgan. Ijodi bilan tanishib borish jarayonida koʻnglidagi joʻshqinlikni, samimiy tuygʻular va kelajak haqidagi ulkan orzularini anglash, his qilish mumkin.

Yosh ijodkorning ilk sheʼriy toʻplami taqdimotiga bagʻishlangan tadbirda ishtirok etgan oʻquvchi-yoshlar uning ijodiyotiga katta qiziqish bildirib, adabiyot va sheʼriyat haqidagi turli savollariga javoblar olishdi. Adabiyotga qiziquvchi oʻquvchilar havaskor shoiraning shu paytga qadar oʻqigan kitoblari, asosan qaysi janrdagi adabiyotlarni koʻproq mutolaa qilishi va ijod namunalari haqida suhbatlashishdi.

Tadbir yakunida Mashhura Rajabova Ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonasi va tuman Axborot kutubxona markaziga oʻzi kabi yoshlarni ham sheʼriyati bilan tanishtirish maqsadida “Koʻnglim” deb nomlangan kitobchasini sovgʻa qildi. Boʻlib oʻtgan tadbirdan katta taassurotlar olgan yoshlar va maktab maʼmuriyati ham barchasi uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Amudaryo telekanali tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida yosh ijodkor Mashhura Rajabovaning “Koʻnglim” deb nomlangan ilk sheʼriy toʻplami taqdimotiga bagʻishlab oʻtkazilgan ushbu tadbir barchaga birdek manzur boʻldi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026