6 OYLIKKAÇA BÖLGAN BOLALARDA ÖTKAZILADIGAN PROFILAKTIK EMLAŞLAR DAVOM ETMOQDA
Yuqumli kasalliklarning oldini olişda profilaktik emlaşlar katta ahamiyatga ega. Tibbiyot xodimlari aholi immunizatsiyasiga doir xizmatni taqdim etiş jarayonida hamişa milliy emlaş taqvimiga tayanadi va vaktsinalar bilan işlaş yöriqnomalariga amal qiladi.
Keyingi yillarda Respublikada immunnoprofilaktika işlarining samarali ötkazilişi natijasida köpgina yuqumli kasalliklar, jumladan, boşqariladigan infektsiyalarni sezilarli darajada kamaytirilişiga erişildi. Ayniqsa, bolalarni emlaş işlarini takomillaştirişga katta ahamiyat berilmoqda.
Immunoprofilaktika tadbirlarining samarali ötkazilişi natijasida respublikada 1995-yildan boşlab, bolalarda poliomiyelit kasalligi, 2002-yildan difteriya, çaqaloqlar qoqşoli, 2001-yildan boşlab tuğilgan bolalar örtasida Virusli gepatit V kasalligi qayd qilinmadi. Qizamiq va qizilça kasalliga qarşi emlangan bolalar örtasida kasallik qayd qilinmadi. Milliy taqvim asosida respublikamizda bölganidek tumanimizda ham har yili 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarşi profilaktik emlaş ötkaziladi.
Amudaryo tumanida profilaktik emlaş işlarini ötkaziş uçun tibbiyot xodimlari har yil öqitilib, bilim saviyasi oşiriladi va sertifikatlar beriladi.
Tumanda ayni kunlarda 2 oylikkaça bölgan bolalarni profilaktik emlaş işlari amalga oşirilmoqda.
Joriy ilning 11-oktyabrida tuman Sanitariya epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimining epidemiologiya va immunoprofilaktika bölimi mudirasi Gulşod Tojiboyeva tuman Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli tuğruq kompleksida bölib, yangi tuğilgan çaqaloqlarning kasalliklarga qarşi ilk emlanişini nazorat qildi. U dastlab bu borada olib borilayotgan işlar bilan tanişdi va emlaş işlarini olib boruvçi xodimlar bilan suhbatlaşdi. Emlaşning çaqaloqning kelgusidagi hayotidagi ahamiyatini, emlaş jarayoniga yuksak masʼuliyat bilan qaraş lozimligini keng tuşuntirdi.
Şuningdek, Gulşod Tojiboyeva tuman köptarmoqli markaziy poliklinikasidagi emlaş punktida ham bölib 2 oylik bolalarni kasalliklarga qarşi emlaş jarayonlari bilan tanişdi, jarayonni sifatli ötkazişga doir zarur tavsiyalar berdi.
Profilaktik emlaşlar tuman Tibbiyot birlaşmasining tuğruq kompleksi, köp tarmoqli markaziy poliklinikadan taşqari oilaviy va oilaviy şifokorlik punktlaridagi emlaş xonalarida ham ötkazilmoqda.
Tumanimiz böyiça 2 yoşgaça 14225 nafar bola bölib, barçasi 98-100 foiz emlaş bilan qamrab olinadi. Buning uçun emlaş punktlari vaktsinalar bilan yetarli taʼminlangan. Vaktsinalarni hududiy emlaş punktlariga olib borib beriş uçun maxsus maşina ajratilgan. Emlaş xonalar sovutkiçlar, zarur jihozlar va şokga qarşi dori-darmonlar bilan taʼminlangan.
Kasallikni davolagandan köra uning oldini olgan afzal. Şuning uçun davlatimiz tomonidan bolalarni kasalliklarga qarşi profilaktik emlaşga yuksak eʼtibor qaratilmoqda.
Katta mablağlar evaziga yetkazib berilayotgan vaktsinalar bilan bolalarning öz vaqtida emlanişini taʼminlaşga ota-onalar ham masʼuliyat bilan qaraşlari lozim. Zero, bolalar – yurtimiz kelajagi!
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶