“SOĞLOM MUHIT – SOĞLOM HAYoT” GRANT LOYIHASI DOIRASIDAGI TADBIR OŞKORA MULOQOT VA ÖZARO FIKR ALMAŞUVLAR ASOSIDA ÖTKAZILDI
Mafkuraviy xurujlar avj olgan, global muammolar öz murakkabliklari bilan insoniyat boşiga sinovlar yoğdirayotgan ayni davrda millat şaʼni, erki va tinçligini saqlaş mamlakatimiz siyosatining ustuvor yönalişi hisoblanadi. Şu boisdan ham sohalar böyiça turli toifadagi rahbarlardan tortib mutaxassis xodimlar, özini-özi boşqariş organlari va yoşlar siyosati böyiça masʼullar voyaga yetmagan ösmirlar örtasida nazoratsizlik, turli yot ğoyalarga berilib ketişlarining oldini oliş, ayniqsa, hali maktab öquvçisi bölgan, voyaga yetmagan ösmirlarning tungi köngiloçar maskanlarida yolğiz yurişlariga yöl qöymaslik maqsadida amalga oşirilayotgan tarbiğot-taşviqot tadbirlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada amunews.uz veb-sayti ijodiy jamoasi tomonidan ötkazilayotgan ana şunday mazmundagi tadbirlar ösib kelayotgan yoş avlod taʼlim-tarbiyasida öz samarasini bermoqda.
amunews.uz veb-saytining Oliy Majlis huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Soğlom muhit – soğlom hayot” loyihasi doirasidagi tadbirlari aynan ana şu masalaga, voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik, huquqbuzarlik holatlarining oldini oliş, mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir körsatuvçi holatlarga barham berişga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ana şunday tadbirlardan biri joriy yilning 16-oktyabr sanasida Navoiy nomli MFYda ham ötkazildi. Unda hududiy profilaktika inspektori A.Xudoyberganov, MFY xotin-qizlar faoli Gulbahor Hidirova, 30-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Dilnoza Fayzullayeva hamda maktabning yuqori sinf öquvçilari iştirok etdilar. Tadbirni Navoiy nomli MFY hududiy profilaktiki inspektori, kapitan Alişer Xudoyberganov oçib, amunews.uz veb-sayti ijodkorlari tomonidan Amudaryo tumanining çekka qişloqlari aholisi, umumtaʼlim maktablarining öquvçi-yoşlari, mahallalar faollari iştirokida ötkazilayotgan tarğibot-taşviqot tadbirlari voyaga yetmaganlar tarbiyasida katta taʼsir kuçiga egaligini eʼtirof etdi. Şu bilan birga Navoiy nomli MFYda mahalla faollari, ibratli oilalar sohib va sohibalari, köça boşçilari bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, yoşlarning tungi köngiloçar maskanlarida ota-onalari yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarsiz yurişlariga, öquvçilarning uzrli sabablarsiz dars qoldirişlariga yöl qöymaslik maqsadida tez-tez davra suhbatlari, hududdagi taʼlim-tarbiya muassasalari bilan hamkorlikda “Xavfsiz tun”, “Tiğ”, “Öquvçi”, “Davomat” reydlari ötkazilayotgani özining ijobiy samarasini berayotgani xususida söz yuritdi.
Darvoqe, 2023-yil davomida tuman hududi böyiça farzand tarbiyasiga befarq qaragan 565 nafar ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar aniqlanib tegişli çoralar körilgan.
Amudaryo tumani Navoiy nomli MFY hududida esa 2023-yilning 9 oyi mobaynida Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 47-moddasi böyiça ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalaş va ularga taʼlim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik oqibatida bu kabi holatlar voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etişiga olib kelganligi uçun ularning ota-onalariga maʼmuriy bayonnomalar rasmiylaştirilib, javobgarlikka tortiş çoralari körilgan va olti nafar voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalari Içki işlar organlarining profilaktik hisobiga olingan.
Mahalla fuqarolar yiğini raisi Bahodir Qodirov, mahalla xotin-qizlar faoli Gulbahor Xidirova, hokim yordamçisi Sanjar Muratov hamda yoşlar yetakçisi Quvvat Yesamurodov profilaktika inspektori A.Xudoyberganovlar birgalikda hududda joylaşgan maktablarga kirib, voyaga yetmaganlar bilan tez-tez uçraşib, profilaktik tuşuntiriş işlari olib borilmoqda.
Tadbir davomida iştirokçilar yoşlar tarbiyasida ota-onaning, ayniqsa, oilaning örni muhimligini, har bir ota-ona farzandining yuriş-turişi, kiyinişi, uning atrofidagi döstlari kimligini doimiy nazorat qilib turişi zarurligini alohida taʼkidlab, farzandining öqişi hamma narsadan muhim ekanligi, bu borada ota-ona aslo nazoratni böşaştirmasligi zarurligi xususidagi fikrlarini bildirdilar.
Tadbir davomida “Soğlom muhit – soğlom hayot” loyihasi ijodkorlaridan biri jurnalist Robiya Yöldoşeva ham qimmatli fikrlar bildirib, mazkur loyihadan kutilayotgan natijalar, voyaga yetmaganlar taʼlim-tarbiyasi xususidagi muammolarni bartaraf etişda taʼlim muassasasi – mahalla – oila va jamoatçilik hamkorligining ahamiyati muhimligini qayd etdi.
Oşkora va samimiy muloqot tarzidagi tadbir voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini oliş böyiça özaro fikr almaşuvlar va samimiy muloqot tarzida ötdi.
Robiya YÖLDOŞEVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶