FERMER XÖJALIGI BOŞLIĞINI ÖZGARTIRIŞ VA RASMIYLAŞTIRIŞ TARTIB-QOIDALARI XUSUSIDA DAVRA SUHBATI ÖTKAZILDI
Amudaryo tumani Adliya bölimi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan aholi va tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oşiriş, mamlakatimizda tadbirkorlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar, soliq tölovlari böyiça yengilliklar, şuningdek, fermer xöjaliklari va boşqa tadbirkorlik subʼektlarining rasmiy hujjatlarini yuritiş tartib-qoidalari yuzasidan tadbirkorlar iştirokidagi davra suhbatlari, oçiq va samimiy muloqot tadbirlari ötkazilib kelinmoqda.
Joriy yilning 7-noyabr sanasida Amudaryo tumani Adliya bölimi davlat xizmatlari markazi binosida “Tadbirkorlarga huquqiy maslahat” doirasida ötkazilgan davra suhbatida ham aynan ana şu mazmundagi masalalar böyiça tadbirkorlarga keng tuşunça va tavsiyalar berildi.
Davra suhbatida Amudaryo tuman hokimligi mutaxassislari, fermer xöjaliklari rahbarlari, tuman fermer, dehqon va tomorqa xöjaliklari Kengaşi masʼullari hamda Adliya bölimi DXM yetakçi mutaxassislari iştirok etişdi.
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan işlab çiqilib, amaliyotga tatbiq etilgan ilmiy-nazariy va uslubiy qöllanmalarning mazmun-mohiyati yuzasidan tuşunçalar beriş va amaliyotda qöllaş böyiça belgilangan rejaga muvofiq ötkazilgan mazkur davra suhbatida “Fermer xöjaligining boşliğini özgartiriş va rasmiylaştiriş tartibi” töğrisida soha masʼullari tomonidan zarur tuşuntirişlar olib borildi. Unda Amudaryo tuman Adliya bölimi DXM yetakçi mutaxassisi Husniddin Ibodullayev davra suhbati iştirokçilariga fermer xöjaligining boşliğini özgartiriş asoslari, talablari va şartlari böyiça batafsil maʼlumotlar berdi.
Xususan, fermer xöjaligining boşliği vafot etganligi munosabati bilan yer ijara şartnomasiga özgartiriş kiritiş böyiça tuman hokimligiga beriladigan ariza namunasi, yer ijara şartnomasiga özgartiriş kiritiş böyiça kelişuvning namunaviy loyihasi, fermer xöjaligining boşliği almaşganligi munosabati bilan yer ijara şartnomasiga özgartiriş kiritiş böyiça tuman hokimligiga beriladigan ariza namunasi, yer ijara şartnomasiga özgartiriş kiritiş böyiça uç tomonlama kelişuvning namunaviy loyihalari körsatib berildi.
Şuningdek, Husniddin Ibodullayev fermer xöjaligining boşliğini özgartiriş – bu majburiyat emas, balki bevosita fermer xöjaligining boşliği va fermer xöjaligini boşqarişni öz zimmasiga olayotgan oila aʼzolaridan birining huquqi ekanligini misollar orqali tuşuntirib, bu boradagi zaruriy hujjatlar haqida tavsiyalar berdi.
Davra suhbati davomida masʼullar tomonidan “Fermer xöjaligi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining tegişli moddalari xususida ham iştirokçilarga zarur tuşunçalar berildi. Yaʼni, Özbekiston Respublikasi “Fermer xöjaligi töğrisida”gi Qonunning 13-moddasiga köra, fermer xöjaligi boşliği vafot etgan taqdirda, yer uçastkasini ijaraga oliş huquqi qonunçilikka muvofiq ijaraga oliş şartnomasining amal qiliş muddatiga meros böyiça ötişi va bu tegişli tartibda rasmiylaştirilişi, şuningdek, mazkur 13-moddaga muvofiq, yer uçastkasini fermerlik faoliyati bilan şuğullaniş uçun ijaraga oliş huquqini yer ijara şartnomasiga özgartirişlar kiritiş orqali öz oila aʼzolaridan biriga yer ijara şartnomasi amal qiladigan muddatga beriş uçun asos böladigan holatlar, xususan, pensiya yoşiga tölganligi, mehnat qobiliyatini yöqotganligi, muddatli harbiy xizmatga çaqirilganligi, oliy taʼlim muassasalariga kunduzgi öqişga qabul qilinganligi, saylab qöyiladigan lavozimlarga saylanganligi kabi holatlardan biri yuz berganda fermer xöjaligi boşliği xohişiga köra, oila aʼzolaridan biriga fermer xöjaligi boşliği vazifasini ötkazişi mumkinligi böyiça kerakli maʼlumotlar taqdim etildi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶