ÖQUVÇILAR ÖRTASIDA SPORT SINOVLARI ÖTKAZILDI
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantiriş hamda ommaviy harakatga aylantiriş, aholining jismoniy qobiliyatini aniqlaş va rağbatlantiriş, soğlom turmuş tarzi könikmalarini şakllantiriş maqsadida Prezident Qaroriga köra 2021-yil 1-avgustdan boşlab aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş tizimi joriy etilgan edi.
Aholining barça qatlamlari örtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalaştiriş orqali ularning jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillaştirişda hamda zararli odatlardan himoya qilişda, uşbu qaror muhim ahamiyatga ega. Yoşlarda iroda, öz kuçi va imkoniyatlariga işonç kabi fazilatlarni mustahkamlaş, ularda mardlik, jasorat, Vatanga muhabbat tuyğularini şakllantirişga qaratilgan bu çora-tadbirlar, yaʼni baholaş tizimi böyiça sport sinovlari maxsus va ixtiyoriy ravişda aholining yetti yoşdan yetmiş yoşgaça bölgan qatlami va undan kattalarning jismoniy tayyorgarligini aniqlaydi.
Sport sinovlari poğona va murakkablik darajasidan kelib çiqib, 15 turdagi maşqlardan iborat böladi. Ular uzoq va qisqa masofalarga yuguriş, suziş, turnikda tortiliş, anjomlarni uloqtiriş va boşqalarni öz içiga oladi.
Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş tizimi böyiça sport sinovlarini ötkaziş tadbirlari Amudaryo tumanida ham olib borilayapti.
17-noyabr kuni tumandagi 33- va 40-sonli maktablarining 9-, 11-sinflari öquvçilari orasida yoş toifalariga qarab, 7 xil maşqlarni bajariş böyiça ana şunday sinovlar ötkazildi. Tadbirlar tuman sport maktab trenerlari tomonidan belgilangan mezonlar asosida ötkazildi. Sport sinovlarini namunali ötkazişda mazkur maktablarning jismoniy tarbiya öqituvçilari ham faollik bilan harakat qildilar.
Sport sinovlari davomida öquvçilar belgilangan sport normativlarini qunt bilan va bekamu köst ado etişga harakat qildilar va jismoniy tayyorgarligini namoyiş qildilar.
Sport – soğliq garovi ekinligi, jismoniy faollik, sport bilan muntazam şuğullaniş soğlom va uzoq yaşaşga zamin bölişi barçaga maʼlum. Aholi orasida sportni ommalaştiriş, jismoniy faol hayot keçirişga daʼvat etiş borasida amalga oşirilayotgan bu kabi saʼy-harakatlardan közlangan maqsad ham odamlarning uzoq va soğlom hayot keçirişiga erişişdir.
Kelgusi yilda bu boradagi tadbirlar yana davom ettiriladi va respublikamizning 7 yoşdan 70 yoşgaça bölgan va undan ham katta aholisining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş maqsadida ular orasida sport sinovlari ötkazilişi rejalaştirilmoqda.
Bunda eng avvalo maktablar öquvçilari sinovga qamrab olinadi. Şuningdek, korxona, taşkilot va muassasalarda işlaydigan xodimlar, keyinçalik uy mehnati bilan şuğullanuvçilar, pensionerlarning ham sport sinovlari orqali jismoniy tayyorgarlik darajasi aniqlanadi. Bundan közlangan maqsad esa aholini, ayniqsa yoşlarni sport bilan muntazam şuğullanişga jalb etiş orqali soğlom va baxtiyor yaşaşiga erişişdir.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶