Tumanimizda “Bolalarni erta yoşdan rivojlantirişni takomillaştiriş” mavzusida seminar bölib ötdi
Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oşiriş köp jihatdan u yerda faoliyat olib borayotgan pedagog-xodimlar, tarbiyaçilarning bilim, malaka va tajribasiga boğliq. Şu bois ham, ularning bilim va malakasini oşirib boriş muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Şularni inobatga olgan holda Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktabgaça taʼlim taşkilotlari pedagog-xodimlarining malakasini oşiriş böyiça qisqa muddatli kurslar taşkil etilib, öquv maşğulotlari, seminarlar ötkazilmoqda.
Amudaryo tumanida ham tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida joriy yilning 20-noyabrdan 24-noyabri oraliğida qisqa muddatli malaka oşiriş kurslari taşkil etildi.
Maktabgaça taʼlim taşkilotlari xodimlarining bilim va malakalarini oşiriş maqsadida qisqa muddatli öquv kurslari Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgaça taʼlim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorligidagi “Bolalarni erta yoşdan takomillaştiriş” investitsion loyihasining 1-komponenti – “Maktabgaça taʼlim sifatini oşiriş” dasturi doirasida bölib ötdi.
Uşbu dastur 40 soatga möljallangan bölib, unda tumandagi 52ta maktabgaça taʼlim taşkilotlaridan jami 90 nafar pedagog xodimlar iştirok etdilar. Qisqa muddatli malaka oşiriş kurslariga xorijiy mutaxassislar ham jalb etilib, maşğulotlar uç bosqiçda ötkazildi.
Keyingi yillarda davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan maktabgaça taʼlim tizimini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, maktabgaça taʼlim tizimini tubdan isloh qiliş, yangi muassasalar barpo etiş, mavjudlarini rekonstruktsiya qiliş, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş ustuvor masala sifatida qaralmoqda. Bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlaş darajasini tubdan yaxşilaş, taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy dastur va texnologiyalarni tatbiq etiş, bolajonlarning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, har jihatdan barkamol etib tarbiyalaş borasida ham keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Maşğulotlar davomida mamlakatimizda ösib kelayotgan avlodni har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkaziş, taʼlim-tarbiya jarayoniga taʼlimning samarali şakllari va usullarini joriy etiş maktabgaça taʼlim taşkilotlari zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklaşi yana bir bora eʼtirof etildi. Uzluksiz taʼlimning boş böğini hisoblanmiş maktabgaça taʼlim taşkilotlarining asosiy vazifasi bolani soğlom, har tomonlama rivojlangan va erkin şaxs sifatida şakllantiriş, bolalarning qobiliyatlarini aniqlab, rivojlantiriş, taʼlim olişga bölgan intilişini tarbiyalaşdan iborat ekani alohida taʼkidlandi.
Seminar yakunida iştirokçilarga maxsus sertifikatlar topşirildi.
Köp yillik tajribaga ega soha xodimlari şuningdek, xorijiy mutaxassislar tomonidan bolalarning bilim va intellektual salohiyatini, fikrlaş qobiliyatini erta yoşdan rivojlantirişdagi zamonaviy metodikalar, ilğor xorijiy tajribalar va psixologik yondaşuvlarning uzviyligi böyiça qiziqarli maʼruzalar öqilgan uşbu seminarda bu boradagi ilğor xorijiy tajribalar haqida ham maʼlumotlar berildi.
Iştirokçilar tomonidan maʼruzalar hamda mazkur yönalişdagi işlarni yanada yuqori bosqiçga kötariş yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.
Maşğulotlarda iştirokçilar özlarining faoliyatiga doir köpgina bilimlarga ega böldilar hamda özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶