TUMANIMIZNING TANIQLI BOKSÇI ÖĞLONI
Mamlakatimizda sport va jismoniy tarbiyani rivojlantiriş, ommaviyligini taʼminlaş maqsadida amalga oşirilayotgan izçil çora-tadbirlar özining ijobiy samaralarini berayotgani quvonarlidir. Ha, yurtimiz sport şarafini yuqori kötarişga erişayotgan, xalqaro miqyosda musobaqalarda ğoliblikka erişayotgan yoş iqtidorli sportçilar bilan haqli ravişda faxrlanamiz.
Kuni keçagina nihoyasiga yetgan kattalar örtasidagi boks böyiça Özbekiston çempionatini ham yurtdoşlarimiz zavq bilan tomoşa qilişdi va yurtimizda sportning boks turi böyiça yuksak iqtidorli sportçilar yetişib çiqayotganini eʼtirof etişdi.
Eʼtiborlisi, uşbu musobaqada tumanimizning Tölqin ovulida tuğilgan Sardor Şomurodov ham iştirok etib, faxrli uçinçi örinni egalladi va bronza medali bilan taqdirlandi. Tumanimiz çarm qölqop ustasi mazkur çempionatning ilk jangida amaldagi Özbekiston çempioni Bahrom Olimjonovni, çorak finalda ikki karra Osiyo çempioni buxorolik Suhrob Qayumovni mağlubiyatga uçratdi.
Sardor Şomurodov yarim finalda 2 karra jahon çempionati sovrindori, 2 karra Osiyo çempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi Aʼloxon Abdullayevga 3:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bölsa-da, sport mutaxassislari uning mahoratini yuqori baholaşdi va kelajagiga umid bildirişdi.
Asli Tölqin ovulidagi boks maktabida murabbiy Azimjon Muxtorovdan ilk boks sirlarini örganib, maşqlarda mahoratini oşirgan Sardor Şomurodov keyinçalik Nukus şahridagi sport maktabida öqib intilişlarini davom ettirdi. Boks böyiça erişgan ğalabalari tufayli Qoraqalpoq davlat universitetiga talabalikka imtihonsiz qabul qilindi va oliy taʼlim oldi.
Keyingi yillarda Sardor tuman sport maktabida Jasur Nurimbetov rahbarligida mahoratini oşirmoqda va özi ham boks böyiça şuğullanayotgan öquvçilarga trenerlik qilayapti. U tumanimizda sportga ulkan eʼtibor qaratilayotganidan ayniqsa, iqtidorli sportçilar qöllab-quvvatlanayotganidan juda xursand.
Tumanimizning umidli boksçi öğloni Sardor Şomurodovga doimo ğalabalar yor bölaverişini tilab qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶