TUMANIMIZDA “PREZIDENT ARÇASI” BAYRAM TADBIRI ÖTKAZILDI
29-dekabr kuni Amudaryo tumani Madaniyat bölimining tomoşalar zalida bolajonlarning eng sevimli bayramlaridan biri “Prezident arçasi” tadbiri bölib ötdi. Unda tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektorlar rahbarlari, davlat va jamoat taşkilotlari rahbarlari, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi masʼullari, maktab öquvçilari iştirok etdilar.
Bayram tadbirini tuman hokimi Sobir Xöjametov oçib berdi hamda joriy yilda tumanimizda barça sohalarda amalga oşirilgan işlarni sarhisob qilib, kelgusi yil rejalari xususida, taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantiriş borasida amalga oşiriladigan vazifalar xususida töxtaldi. Şuningdek, tuman hokimi bolajonlarni yaqinlaşib kelayotgan Yangi yil bilan qizğin qutladi va jamoatçilik vakillari iştirokida ota-ona qarovisiz qolgan 18 nafar bolajonlarga Prezidentimizning sovğalarini topşirdi.
Mamlakatimizda bolalar kelajagimiz vorislari, millatimiz davomçilari sifatida eʼzozlanadi. Poyoniga yetayotgan 2023-yil – Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yilida ertamiz egalarini har tomonlama kamolga yetkaziş borasida keng kölamli işlar amalga oşirildi.
Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan yoş avlodni turli yot ğoyalar, mafkuraviy tahdidlardan işonçli himoyalaş, ularning bilim va maʼnaviyatini yanada boyitişga qaratilgan keng qamrovli maʼrifiy loyihalar, amaliy çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Kam taʼminlangan, ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga mehr va ğamxörlik körsatişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yangi yil arafasida kam taʼminlangan oilalarning farzandlariga kiyim-keçaklar hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilişi bolajonlarning quvonçiga quvonç qöşdi.
Jonajon Vatanimizda har bir inson aziz, uning qadr-qimmati yuksak. Şunga monand xalqimizning mehri daryo, saxovati ummon. Ayniqsa, farzandlarga mehr-muhabbat körsatiş azaliy qadriyatimiz. “Prezident arçasi” bayram tantanalarida ham xalqimizning ana şunday insonparvarlik, mehr-oqibatlilik kabi ezgu fazilatlari yana bir bor namoyon böladi. Bu tadbir bolalarga quvonç, bir umrga unutilmas xotiralar tuhfa etadi.
Tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan maxsus musiqiy teatrlaştirilgan dastur, iqtidorli bolajonlar tomonidan sahnalaştirilgan musiqiy çiqişlar bayram qatnaşçilari eʼtiboriga havola etildi. Qiziqarli sarguzaştlarga boy voqealar, kuy-qöşiqlar, raqslarni özida jamlagan sahna körinişi orqali kiçkintoylar ahillik, hamjihatlik, mehnatsevarlik, halollik kabi insonga ziynat bağişlovçi fazilatlarning ahamiyatini yanada çuqurroq his qildilar.
Bayram dasturi davomida çiroyli bezatilgan Arça atrofida Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari iştirokidagi tomoşalar bolajonlarni vatanparvarlik, döstlik, fidoyilik, tinçlik va osoyiştalikning qadriga etiş kabi ezgu ğoyalarga undadi.
Tadbir nihoyasida barça bolalar, yoş ijroçilar, bayram iştirokçilari jörlikda “Prezident arçasi” qöşiğini ijro etdi.
Yangi yil munosabati bilan bayram tantanalari tumanimizdagi barça taʼlim muassasalari, mehnat jamoalarida kötarinki ruhda davom etmoqda.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶