Uyğunlik: taʼlim, tarbiya, maʼnaviyat
Hayotda inson uçun şukur qilişga arziydigan neʼmatlar köp. Şulardan biri savodga ega ekanliging. Axir dunyoda taʼlim olişga qurbi yetmaydiganlar, moddiy jihatdan qurbi yetsa ham jismonan nogironligi sabab imkonsizlar qança?! Ayrim davlatlarda esa taʼlim pullik ekanligi heç kimga sir emas.
Şularni inobatga oladigan bölsak, mulohaza yuritsak beixtiyor şukur qilasan inson. Bizning jonajon Özbekistonimizda esa taʼlimga eʼtibor-kelajakka eʼtibor sifatida qadrlanadi, davlat siyosati darajasida yuksak eʼtibor beriladi.
Yurtimizda taʼlim sohasida yuz berayotgan özgarişlarb yangilanişlar esa hududlardagi maktablar hayotida, ular faoliyatida yaqqol namoyon böladi. Bizning Amudaryo tumanimizda ham ana şu ilğor islohotlardan kuç olib faoliyat olib borayotgan, maʼnaviy-marifiy işlar yaxşi yölga qöyilgan maktablarimiz talaygina.
Amudaryo televediniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va ahloqli yoşlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi esa bizni mana şunday namunali ziyo maskanlarining biri tomon çorladi.
Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli 87-sonli umumiy örta taʼlim maktabi 1989-yilda qurilgan bölib 300-öringa möljallangan. Maktabda bugungi kunda 253 nafar öquvçi taʼlim tarbiya olib kelmoqda. Maktabda 31 nafar pedagog xodim faoliyat yuritadi.
Albatta öquvçilarning bilim darajasi, darslarni köngildagidek özlaştirişi ustozning salohiyatiga boğliq. Maktab pedagoglarining 3 nafari oliy toifali, 8 nafari 1-toifali, 8 nafari 2- toifali va 12 nafari mutaxasis toifali öqituvçilar hisoblanadi. Pedagoglarda xalqaro va milliy taʼlim sertifikati böyiça 4 nafarida sertifikat mavjud bölib, 1 ta Rus tili va adabiyoti fanidan xalqaro S1 darajadagi sertifikat, 1 ta Ingliz tili fanidan xalqaro S1 darajadagi sertifikat, 1 ta informatika fanidan xalqaro darajadagi sertifikat va 1 ta Respublika darajasidagi ona tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat mavjud.
Bugungi kun taʼlim tizimi taşabbuskor, kreativ dars ötiş uslubiga ega va öquvçilarning faolligini oşirib, fanga qiziqtira oladigan öqituvçilarni taqozo qiladi. Zamon talabi ham şunday. Taʼlim maskani öqituvçilari dars jarayonida Davlat taʼlim standartlarini bajariş, öquvçilarda bilim malaka va könikmalarni şakllantiriş maqsadida interaktiv metodlardan foydalanib har xil rolli öyinlar, har xil körgazmali qurollar, elektron doska va proyektordan samarali foydalanib kelmoqda.
Şuningdek, 2022-2023 öquv yilida 11-sinf bitiruvçilarini oliy taʼlimga hujjat topşirişi natijasida 23 nafar öquvçidan 16 nafari oliy taʼlim muassasalarida talabasi bölişga muyassar böldilar.
Sözimiz avvalida uşbu taʼlim dargohini maʼnaviy-marifiy işlar yaxşi yölga qöyilgan maktab deb aytib ötgan edik. Maktabning MMIBDÖ Mahbuba Madaminova boşçiligida maskanda muntazam ravişda maʼnaviyat tadbirlari ötkazilib turiladi.
Şulardan biri yaqindagina amunews.uz tahririyati xodimlari va tumanning bir qator idora taşkilotlari hamkorligida ötkazilgan “Erta turmuş qurişning oldini oliş” mavzusida 87-sonli maktab öquvçi qizlari iştirokidagi tarğibot tadbiri böldi. Unda qizlarga erta turmuş qurişning va erta tuğuriqning salbiy oqibatlari böyiça zarur tuşunçalar berildi.
Ha, “maʼnaviyat” va “marifat”, “taʼlim” sözlari har doim yonma yon yuradi. Sababi ular bir-birini töldirib keluvçi tuşunçalardir. Biz söz yuritayotgan taʼlim maskanida esa maʼnaviy işlar bilan bir qatorda taʼlim sifatiga ham maktab mamuriyati alohida eʼtibor qaratişadi. Bunda, maktabning öquv işlari böyiça direktor örinbosari Farhod Avezovning örni katta. U öz faoliyatida maktabda ötilayotgan darslarning sifatiga, öqituvçilarning zimmasidagi yoş avlodga taʼlim-tarbiya berişdek masʼuliyatga neçoğlik yondoşayotganiga baho berib, muntazam nazorat qilib boradi. Ana şunday masʼuliyatni his etib, öz kasbini çin dildan sevib ğayrat bilan işlayotgan pedagoglardan biri maktabning informatika fani öqituvçisi Şaxnoza Saidovadir. U bolalarga informatika fanidan saboq beradi. Pedagog öquvçilarning darslarni yaxşi özlaştirişiga, kompyuter savodxonligini oşirişga harakat qiladi. Taşrifimiz davomida informatika fani böyiça amaliy dars jarayonlarini ham kuzatdik.
Kuzatuvimiz davomida öquvçilarning axborot texnologiyalari va IT sohasiga bölgan qiziqişlarini ularning darsga naqadar berilib tinglayotganiga guvoh böldik.
Kitob insonni yetuklikka çorlaydi. Har qanday taʼlim muassasasining faoliyatida, maʼnaviy hayotida axborot resurs markazlarining yani kutubxonalarning ahamiyati katta. Tuman maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli 87-sonli maktabning kutubxona fondida bugungi kunda 608 nomdagi badiiy adabiyotlar va 6000 dan ortiq darsliklar mavjud. Kutubxona rahbari Gulçehra Davletova esa kutubxonaga aʼzo böliş maqsadida kelgan yoki ziyo istab kelgan öquvçilarni oçiqyuzlilik bilan qarşi oladi.
Darhaqiqat, kitob hayot yöllarimizni yorituvçi ziyoga teng! Buni anglab yetgan maktab öquvçilari esa kutubxonadagi kitoblar bilan döst tutingan. Maktab öquvçilari turli xil tanlovlarda qatnaşib, faxrli örinlarni egallab kelişmoqda. Qoraqalpoğiston Respublikasining “Davlat tili töğrisida”gi qonuni qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan ötkazilgan inşolar tanlovida 8-sinf öquvçisi Madina Maqsudova 2-örinni, 9-sinf öquvçisi Zarnigor Ozodboyeva 3-örinni egallaşdi.
“Salomatlik – tuman boylik”. Taʼlim dargohidagi öquvçilarning salomatligini maktab hamşirasi Nazokat Sobirova nazorat qilib boradi. Ayniqsa, mavsumiy kasalliklar kuçayişi mumkin bölgan ayni kunlarda maktabning tibbiy xodimlarining zimmasidagi masʼuliyat bir munça yuqori.
Qaysiki jamoada ahillik, oğzibirçilik kuçli bölsa öşa jamoa hamişa ğolib. Biz taşrif buyurgan 87-sonli maktab jamoasi ham ana şunday bir yoqadan boş çiqarib, ahillikda faoliyat körsatib kelayotgan maskanlardan biri. Jamoadagi soğlom maʼnaviy muhitni esa, maktabning boşlanğiç sinf öquvçilaridan tortib yuqori sinf öquvçilarigaça taşrifimiz mobaynida bizga yöl berib, “Assalomu alaykum”ni kanda qilmaganida yana bir bor angladik.
Haqiqatan, maʼnaviy tarbiyaning ajralmas qismi – salom. Ha, aslida taşrifimizdan maqsad ham maktabning maʼnaviy-maʼrifiy qiyofasini, ibrat bölgulik yutuqlarini (faoliyati)ni yuzaga çiqarişdir. Biz esa yurtimizda ana şunday namunali ilm dargohlari köpayaverişini tilab, xayrlaşdik.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶