ÇORDARA MAHALLASINING JONKUYaR KAYVONI ONALARI
Vatan içra kiçik Vatan hisoblanmiş oilalardagi tinçlik-osoyiştalik jamiyatimizning tinç-osoyiştaligini taʼminlaydi.
Hayot murakkab jarayon ekanligi isbot talab qilmaydigan haqiqat. Oilaning tinç, unda dunyoga kelgan farzandlarning soğlom, maʼnaviyatli, maʼrifatli bölib ulğayişi ota va onaga boğliq. Er va xotinning özaro totuvligi, öz burçlarini ado etişlari, qöni-qöşnilar, tuğişganlar, qarindoşlar bilan ahil-inoq munosabatlari oila atalmiş qörğonning mustahkamligiga poydevor böladi. Çor-atrofimizga nazar solsak, havas qilgulik oilalar bisyor. Afsuski, özaro kelişmovçiliklar, nizolar sabab parokandalikka uçrayotgan oilalar ham yöq emas.
Amudaryo tumanining ovul va mahallalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari va köçaboşçi ayollar oilalarda soğlom muhit, ahillik barqaror bölişi yölida saʼy-harakatlar olib borişayapti.
Manğit şahrining Çordara mahallasida oilaviy nizolarni tinç yöl bilan hal etiş, qarindoşlar, qöni-qöşnilar örtasidagi buzilgan munosabatni tiklaşda faollik körsatayotgan kayvoni onaxonlar faoliyati bilan tanişiş maqsadida şu yilning 22-yanvarida amunews.uz veb-sayti tahririyati xodimlari mazkur mahallada bölişdi.
Sayt tahririyati tomonidan amalga oşirilayotgan “Soğlom muhit – soğlom hayot” nomli grant loyihasi iş rejasiga köra mahallada olib borilgan örganişlar uşbu hududning yaşil toifada turişida kayvoni onaxonlar, nuroniy otaxonlarning hissasi katta ekanligini yaqqol körsatdi.
Mahallaning 15 ta köçalaridagi xonadonlarda 36 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ularning orasida ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga muhtoj oilalar, yolğiz yaşovçi keksalar ham bor. 14 nafar köçaboşçi ayollar mahalla xotin-qizlar faoli Saida Yusupova bilan hamkorlikda öz hududlaridagi aholi holidan tez-tez xabar olib, ularning hayotidagi muammolarini joyida hal etişga, oilalarda soğlom maʼnaviy muhit hukmron bölişiga harakat qilişayapti.
Hayot yöllari doimo ravon emas. Ammo duç kelgan özaro tuşunmovçilik yo kelişmovçilik oqibatida oilalarning buzilib ketişining oldini olişda, yoş oilalarga kirib, hayotiy maslahatlar berib, özaro ahillikda yaşaşga daʼvat etişda kayvoni onaxonlarning xizmati ulkan bölayotir. Ularning mahalla xotin-qizlar faoli Saida Yusupova bilan birgalikdagi saʼy-harakatlari natijasida ajrim yoqasiga kelib qolgan, sudning yakuniy qarori qabul qilinişi arafasida turgan 3ta oila yaraştirildi va 8 nafar norasida öğil-qizlar ota-onasi bağrida beğam, baxtiyor yaşaydigan böldi, özaro nizoga borgan 4ta qöşni oila, 2 nafar arazlaşgan tuğişganlar yaraştirildi.
Salkam 80 yoş ostonasiga boray deb turgan, turmuş örtoği bevaqt vafot etib, beş nafar farzandni yolğiz özi oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazib, hayotda öz örinlarini topişlariga erişgan hoji ona Öğiljon Örozova mahalla xotin-qizlar faolining yaqin kömakçisi, köçaboşçi ayollar sardori, deyiş mumkin.
Onaxon intilişda, mahalla hayoti uçun harakat qilişda yoşlardan qolişmaydi. U çor-atrofidagi köçalarni ham aylanib, mahalladoşlari holidan xabar oladi, hovlisi çor-atrofini supurayotgan, yöllar böyidagi daraxtlarga şakl berayotgan qizlarni, yigitlarni körganida ularga rahmat aytib, alqaydi, duo qiladi. Şöx-şodon öynab yurgan bolajonlarning imon-insofli, aqlli insonlar bölib voyaga yetişini tilaydi.
Onaxon oilasidagi arzimagan kelişmovçilik, qiyinçiliklarga sabrsizlik qilayotgan ayrim yoşlarga öz hayotidan sözlaydi. Aytişiça, onaxonning turmuş örtoği vafot etganida kiçik farzandi bir yarim yaşar bölgan ekan. Beş nafar farzandni yolğiz özi tuman Tibbiyot birlaşmasida kiçik hamşira bölib işlab boqqan, yolğiz boşi bilan ularni öqitib ilmli, kasb-hunarli qilgan ekan.
Ne bir maşaqqatlarni sabr-bardoş bilan yengib ötgan onaxon kuni keça çevarasi uylangan töyga ham boş böldi.
Mahallaning yana bir kayvoni onaxoni Hayitgul Rajabova taʼlim faxriysi. Umr böyi tumanimizdagi 67-sonli, 36-sonli maktablarda öquvçilarga ona tili va adabiyot fanidan dars bergan onaxon hozir 66-yoşda, tört nafar öğilni voyaga yetkazib, el havas qilguday darajaga yetkazgan, uç nafari içki işlar organlarida, biri esa tadbirkorlik kompaniyasida mehnat qiladi. Ikki nafari Toşkent şahrida, biri Samarqand şahrida, biri Manğitda yaşaydi. Ota-ona ular orasida talaş. Biroq umrguzaronlik qilgan mahallasini, qöni-qöşnilarini soğinib, qay birinikiga borsa-da, öz uyiga qaytgisi kelaveradi. Mahallasi, köçasi tinç-totuvligiga özini masʼul hisoblaydi.
Ular kabi ajdodlarimiz anʼananalari, urf-odatlari, qadriyatlari qadrini uluğ tutib, el osoyiştaligi yölida fidoyilik qilayotgan nuroniylar yurtimiz fayzi, fariştasi. Biz ularga uzoq umr, kuç-quvvat tilab qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶