14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 03:10
👁 3,467

YoShLIK ShIJOATI

YoShLIK ShIJOATI

Ilk qadam

Inson hayotida yorqin iz qoldiruvchi voqealar, holatlar koʻp. Hayotning ana shunday yorqin lahzalari koʻpincha inson uchun umr mazmuniga aylanib ketadi. Shu mazmun unga hayotdan zavq olib yashashnigina emas, balki oʻzgalar umriga ham zeb beradigan ezguliklar yoʻlida intilib yashash tuygʻusini ham ato etadi. Bizning bugungi qahramonimiz Mansurbek Iskandarovning qalbida el-yurtga xizmat qilib, ezguliklar yoʻlida intilib yashash tuygʻusi uygʻonganida u hali juda yosh, 8-9 yashar bolakay edi. Juda yaxshi eslaydi: 1994 yillar edi. Birinchi sinfda oʻqirdi. Dadasi rahmatlik Toʻliboy Iskandarov bilan oila ehtiyojlari uchun xarajat qilgani bozorga chiqishdi. Avval bozor aylanishdi. Meva-chevaning narxi osmonda. Shira-sharbat sotiladigan doʻkonlarning peshtaxtalari boʻm-boʻsh. Qancha doʻkonga kirishdi, sanogʻi esida yoʻq, un topisholmay, ancha sarson boʻlishdi. Zoʻrgʻa navbatda turib 10-15 kilo un sotib olishdi.

– Koʻrdingmi, -dedi dadasi oʻshanda,- bundan buyon tadbirkorlik bilan ish tutmasak, oilamiz iqtisodi "oʻtirib” qoladi.

"Oʻtirib qoladigan iqtisod” nima ekaniga aqli yetmagan Mansurbek:

–Qayerda oʻtiradi, dada?–deya bolalarcha soddalik bilan soʻradi.

Dadasi kulib yubordi. Soʻng jiddiylik bilan dedi:

–Bizning aqlimizda, soʻng esa choʻntagimizda. Agar aqlingni ishlatsang, iqtisod sening aqling bilan bizning hayotimizni gullatib yuboradi, boyib ketamiz, oʻgʻlim!– dedi dadasi Mansurbekning boshini silab.

Shu boʻldi-yu Mansurbek boʻsh vaqt topdi, deguncha avtobusga oʻtirib dadasining oldiga, Qipchoq ovulidagi avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasiga borib dadasining ishlariga yordamlashadigan boʻldi. Tumanda birinchilardan boʻlib tadbirkorlikka qoʻl urgan Toʻliboy Iskandarov rahbarligidagi "Qipchoq-baliq” MChJga qarashli Qipchoq ovuli markazidagi AYoQShda nazoratchilik vazifasini koʻpincha Mansurbek bajarar, maktabdagi darslaridan boʻsh vaqtlarini ana shu yerda oʻtkazardi. Oʻzi bilan tengqur joʻralari koʻcha changitib yurganida Mansurbek dadasidan eng avvalo hisob-kitobni,qanday ish yuritishni, mijozlar bilan muomala madaniyatini oʻrgandi. Iqtisodiy bilim asoslarini oʻrganish ham oʻziga, ham oilasiga, ham el-yurtiga birday manfaat keltirishini anglab yetganida Mansurbek 12 yashar bolakay edi.

–Endi oʻylab qarasam, -deydi Mansurbek bosiqlik bilan, ota–onam mening va aka-ukamning hayotda oʻz oʻrnimizni topishimiz, har ishda tadbirli, oʻz oila iqtisodimizni shakllantira oladigan darajada bilimli boʻlishimiz uchun 7-8 yoshimizdan ishga oʻrgatib, juda qattiqqoʻllik bilan tarbiya qilgan ekanlar…

Orzular–ezgu rejalar sari yoʻl

Farzandlarning hayotda oʻz oʻrinlarini topib ketishida oila muhiti muhim ahamiyat kasb etadi. Mansurbek ulgʻaygan xonadon garchi oʻziga toʻq,hamma narsa yetarli boʻlsa-da, tumandagi nufuzli idora rahbari boʻlgan onasi Gulasal Oʻrozimbetova ham, "Qipchoq –baliq” MChJ rahbari, tadbirkor otasi Toʻliboy Iskandarov ham farzandlarining boʻsh vaqtlari uchun alohida jadvallar tuzib, ularni shu asosda ishga yoki biron hunar oʻrganishga jalb qilishardi. Oilada har bir bolaning boʻsh vaqtida bajaradigan oʻz mashgʻuloti boʻlardi. Albatta, ularning qiziqishlari ham inobatga olinardi. Mansurbek 8-9 yoshidan hisob-kitobga puxtaligi uchun boʻsh vaqtini AYoQShda dadasiga yordamchi nazoratchilik qilib oʻtkazardi. Tadbirkor dadasining ishlariga yordamlasha boshlaganda 9 yashar boʻlgan Mansurbek to oʻrta maktabni tugatib, oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirgunicha odamlar bilan ishlashishni, hatto AYoQSh ishini yuritishning barcha rasmiy-huquqiy jihatlarini ham puxta oʻrgandi. Dadasi bilan birgalikda Nazarxon ovuli hududidagi "Soykoʻl”da baliq ovlash mavsumini kuzatar, ovlangan baliq maxsulotini qanday usulda sotish boʻyicha rejalar tuzishda qatnashardi. Shunday kunlarning birida u dadasiga:

–Ovlangan baliq mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri xaridor-mijozlarga arzongarov berib yuborayapmiz, uni qayta ishlash yoʻlini qilib koʻrmaymizmi? –dedidiliga tugib yurgan orzusi haqida.

Dadasi oʻylanib qoldi. Axir "Soykoʻl”da baliq yetishtirish, ovlashning oʻziga qancha kuch, mablagʻ sarflanadi. Xaridorlar ovlangan baliqni arzon-garovga sotib olishadi-yu tayyor yoki yarim tayyor mahsulot sifatida oshxona va bufetlar orqali ikki-uch hissaga pullashadi. Mansurbek aytganiday, shu ishni oʻzlari yoʻlga qoʻyishsa-chi?

–Oʻgʻlim, –dedi Toʻliboy Iskandarov. Mansurbekning yelkasiga qoʻlini qoʻyib, –rejang zoʻr, lekin sen oʻqib, bilimingni oshirishing kerak. Agar iqtisodni oʻrgansang, kelajakda baquvvat tadbirkor boʻlasan.

Shu yiliyoq Mansurbek Iskandarov Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universitetining iqtisodiyot fakultetiga hujjatlarini topshirdi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, universitet talabasi boʻldi.

Ammo hayot sinovlarga, tashvishlarga toʻla. Mansurbekning oliy maʼlumotli iqtisodchi boʻlishini istagan Toʻliboy Iskandarovga oʻgʻlini mutaxasislik diplomi bilan qutlab, bagʻriga bosish nasib etmadi. Universitetni tugatishiga oz qolganida bevaqt oʻlim bilimdon va tadbirkor inson Toʻliboy Iskandarovni hayotdan olib ketdi.

2012-yilda universitetni muvaffaqiyatli tugatgan Mansurbek Iskandarov onasining maslahati bilan otasi boshlab ketgan ishlarni davom ettirish, ukalariga, katta xonadonga bosh boʻlishdek masʼuliyatni oʻz zimmasiga oldi. Bu masʼuliyat 25 yoshga toʻlgan Mansurbek uchun qay darajada zalvorli boʻlsa, shu qadar katta ishonch ham edi. Endi Mansurbekning oldida uzun va mashaqqatli, shu bilan birga sharafli yoʻl turardi. Bu– unga ishongan, unga suyangan yaqinlari va el-yurtga yaxshilik ulashib yashashga daxldorlik tuygʻulariga oshno hayot yoʻli edi.

Ishonch–

yuksalish omili

Ana shu tuygʻu yosh tadbirkorga kuch bagʻishladi. Otasi yaxshi niyatlar bilan boshlab ketgan ishlar koʻlamini yanada kengaytirdi.

"Qipchoq-baliq” MChJ tasarrufidagi "Soykoʻl”dan ovlanadigan baliq miqdorini koʻpaytirdi. Avval yiliga 4-5 tonna baliq ovlansa, bu koʻrsatkich 2013-yil oxiriga kelib 6-7 tonnaga yetkazildi. Avval 2 nafar kishi ishlasa, endilikda "Soykoʻl” baliqchilari safi 5 nafar boʻldi. Mansurbekning puxta ishlab chiqqan rejasiga monand olib borilgan ishlardagi mana bu raqamlarning el-yurt dasturxoniga qanchalik fayz olib kirishini bir tasavvur qiling-a! Faqat 2013-yilning oʻzida 227,3 million soʻmlik daromad yosh tadbirkor rahbarligidagi "Qipchoq-baliq” MChJ hisobiga toʻgʻri keldi.

–Dadam rahmatlik bilan koʻp ishlarni reja qilgan edik, –deydi Mansurbek ish qogʻozlarini birma-bir ocharkan. –Aslida "Viktoriya-Xolding” MChJ faoliyatini yoʻlga qoʻyish fikri ham dadamdan chiqqan. Hatto u kishining oʻzlari ushbu tadbirkorlik yoʻnalishini tashkil etishning iqtisodiy asoslarini onam bilan birgalikda ishlab chiqqan edilar.

Hozirgi kunda Mangʻit-Qipchoq yoʻlining shahardan chiqaverishidagi chorraha qismining oʻng tarafida qad rostlagan, peshtoqiga "Meros”deb yozib qoʻyilgan muhtasham binoda "Viktoriya-Xolding” MChJning ofisi, tantanalar zali, supermarket, umumiy ovqatlanish va ulgurji savdo shoxobchalari joylashgan. Sharq va gʻarb meʼmorchiligi uygʻunlashgan tarzda barpo etilgan bu koʻrkam binoning tamal toshini Toʻliboy Iskandarov qoʻyib bergan boʻlsa, bu yerdagi tadbirkorlik ishlarini yoʻlga qoʻyish, rivojlantirish, zamonga munosib ravishda shakllantirish Mansurbekning zimmasida. Korxonaning bir maromda faoliyat yuritishi uchun esa 6 nafar kishi doimiy ish bilan taʼminlangan. "Viktoriya-Xolding” MChJ ham qisqa vaqt ichida faqat foyda koʻrib, xalqqa manfaat yetkazib ishlaydigan korxonaga aylandi. Yaʼni, 2013-yilda oʻz faoliyatini boshlagan korxonaning bir yillik daromadi 79,3 mln. soʻmni tashkil etdi.

– Hozir biz 2014 yil yakunlari boʻyicha hisob-kitob ishlarini olibborayapmiz. Bu yilgi daromadlarimiz yanada yuqori boʻladi, – deydi yosh tadbirkor ishonch bilan.

Ishonch–eng avvalo masʼuliyat, qolaversa, yuksalish omili. Mansurbekning tadbirkorlik qobiliyatiga ishongan yaqinlari, bundan ham muhimi,el-yurt qalbiga yoʻl topish uchun masʼuliyat hissi bilan qoʻygan har bir ezgu qadami tadbirkorlik ishlari koʻlamini yanada kengaytirish imkonini berdi. U oldinga, faqat oldinga intilib, oʻziga qatʼiy ishonib yashashni oʻrgandi.

Tadbirkorning yana bir ezgu qadami

Xushxabarning qanoti bor, – deydilar. Xushxabar – eng avvalo yaxshilikdan darak, ezgulikning qanot yoygani.

Yosh tadbirkor Mansurbek Iskandarovning faoliyati haqida ushbu ocherkni tayyorlash uchun maʼlumot yigʻib yursak, yana bir xushxabar yetib keldi tahririyatimizga:

–Mansurbek oʻz tadbirkorlik faoliyatini yana kengaytiribdi, yana bitta MChJ shaklidagi korxona ochibdi!

Ochigʻi, quvondik. Mansurbekni izlab topib, uchrashdik. Tinib-tinchimagan bu yigit endi "Beruniy invest plyus” MChJ - ohak ishlab chiqarish korxonasini davlat roʻyxatidan oʻtkazib, allaqachon korxonaning bir qismini ishga tushirishga ham ulguribdi.

– Hozir korxonaning bir qismidagina ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan, - deydi Mansurbek oʻz rejalari haqida gapirarkan. –Korxona 2015-yilning aprel oyidan toʻla quvvat bilan faoliyat boshlaydi.

Mansurbekning rejalari aniq, puxta. Hisob-kitoblarida aniq mezon bor. Mezon shuki, 2015 yilning aprelidan boshlab "Beruniy invest plyus” MChJ korxonasi qurilish tashkilotlari uchun zarur xom ashyo - kuniga 15 tonna ohak ishlab chiqara boshlaydi va bu korxonada 15 nafar odam doimiy ish bilan taʼminlanadi. Ham baliqchi, ham doʻkondor, sanoatchi-tadbirkor Mansurbek Iskandarov hali juda yosh. Endigina 28 yoshga qadam qoʻydi. Ammo el-yurt manfaati yoʻlida qilgan, qilayotgan ezgu ishlari bir inson umriga tatigulik. Oddiygina yakka tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻya olmay, tadbirkorlikning zahmatini koʻtaraolmay aro yoʻlda ishni yigʻishtirib qoʻyayotganlar kammi? Mansurbekda, avvalo oʻziga ishonch, qatʼiyat, talabchanlik bor. Oʻziga nisbatan qattiqqoʻllik xislati bor unda. Ana shu fazilatlar uygʻunlashib uning yuragiga, jismiga chidam, iroda kuchini bergan. Shu kuchiga suyanadi u! Axir 28 yoshida biri-biridan yirik va faoliyat yoʻnalishlari har xil boʻlgan uchta korxonani boshqarish, uchta korxonaning oʻziga xos iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, xalqqa foydasi tegadigan, oʻzi ham, oilasi ham manfaat koʻradigan katta ishlarga bosh boʻlish hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi.

Yosh tadbirkorning iqtisodiy hisob-kitoblariga kiritmaydigan yana bir faoliyati haqida toʻxtalmay oʻtolmaymiz. Uning bu faoliyat koʻlami ham anchayin keng. Bu- homiylik himmati. U oʻzidan yordam soʻrab kelguvchini hech qachon noumid qaytargan emas. Deyarli har yili turli sanalar munosabati bilan nuroniy keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlardan moddiy va maʼnaviy yordamini ayamaydi. 2011-2014-yillarda 1 million 100 ming soʻmlik homiylik yordamlari koʻrsatgani uchun tuman hokimi R.Yoʻldoshev imzosi bilan "Tashakkurnoma” ham oldi. Tuman nogironlar jamiyatiga, nuroniy keksalarga, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlimiga hamda Oybek nomli mahallaga koʻrsatgan homiylik yordamlaridan el-yurt minnatdor.

– Boylik–qoʻlning kiri, mansab–umrning, –deydi Mansurbek. – Hamma boy va mansabdor boʻlmasligi mumkin. Oramizda kamxarjroq va kamtar kishilar koʻp. Ularning koʻnglini koʻtarish uchun bir ogʻizgina shirin soʻz, salgina moddiy koʻmak kifoya. Eng muhimi, maʼnaviy bagʻrikenglik, maʼnaviy toʻqlik boʻlsin. Ana shunda odamlarni bir-biriga bogʻlab turgan mehr-oqibat rishtalari yanada mustahkam boʻladi...

Mansurbek Iskandarov bilan boʻlgan suhbatimiz gʻoyat maroqli kechdi. Agar yoʻlingiz tushib, peshtoqiga "Meros” deb yozib qoʻyilgan muhtasham binoga kirib qolsangiz, yaxshilab razm soling: bu maskandagi oʻziga xos tartib-intizom, hayoti va qilayotgan ishidan mamnun xizmatchilarning xushmuomalaliklari, bufet-oshxona, ulgurji savdo shoxobchasi va supermarketdagi qizgʻin ish faoliyatlarini koʻrib havas qilasiz. Albatta, havasga loyiq ishlar bular. Bu Mansurbekning bitta korxonasidagi qaynoq hayot, qaynoq faoliyat. Siz "Qipchoq-baliq” MChJ tasarrufidagi AYoQShga, "Soykoʻl”ga yoki "Beruniy invest plyus” MChJning ohak ishlab chiqarish tsexlariga bir borib koʻring-a! Nainki havasga, balki tahsinga loyiq ezgu ishlarning guvohi boʻlasiz.Dilingizda havas-u tahsinga qorishib hayrat uygʻonadi.

–Koʻz tegmasin, yoshgina yigitning bir oʻzi shuncha ishga boshmi, shuncha ishni uddalayaptimi?!- deysiz hayrat bilan.

Ha, shunday, azizlar. Bugunning havosidan nafas olib,ertangi kunga dadil boqib, kelajakka, istiqbol yoʻllariga shahdam qadam qoʻygan Mansurbek Iskandarov kabi shijoatli yoshlar omon boʻlishsin! Ular el-yurt faxri, ona Vatan ishonchi!

Robiya YOʻLDOShEVA,

Allambergan JUMANIYoZOV,

www.amunews.uz veb-sayti muxbirlari.

Suratda: (tepada) yosh tadbirkor M.Iskandarov (oʻrtada) ish jarayonida.

Pastda - korxonaga qarashli savdo shoxobchasi ish jarayoni.

(Reklama huquqi asosida).

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019