28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:10
Fan va taʼlim 👁 359

XALQ EʼTIROFI – OLIY MUKOFOT

XALQ EʼTIROFI – OLIY MUKOFOT

Fidoyilik haqida soʻz ketganida oʻzini ayamay, oʻtga-choʻqqa urib, el-yurt manfaati yoʻlida mehnat qiladigan insonlar koʻz oldimizga keladi. Qoʻliga, jismoniy kuch-quvvatiga ishonib, hayot ogʻirliklarini yelkalab, umri tinimsiz mehnat quchogʻida oʻtguvchi bu toifa fidoyi insonlardan farqli oʻlaroq, oʻz aql-u zakovati, bilimdonligi va tashabbuskorligi bilan el-u xalqqa, Vatanga manfaat yetkazayotganlar haqida goʻyo ular har qanday muvaffaqiyatga osongina erishayotgan kabi: “ular oʻqigan-da, ilmli odamlar yashashning yoʻlini yaxshi bilishadi, bizga oʻxshab jism-u jonini qiynab yurishmaydi”, – deb qoʻyamiz.

Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Arzigul Xudoyberganova ham oʻzi rahbarlik qilayotgan maktabni  qoloqlik botqogʻidan olib chiqqanida uning bilimdonligi, tashabbuskorligi, jamoa bilan ishlashdagi rahbarlik qobiliyati haqida bilganlar:

– Harakatchan, juda fidoyi, rahbarlik qobiliyati kuchli, – deya tan berishdi. Bilmaganlar esa shunchaki: “oʻqigan-da, ishning koʻzini biladi”, – deb qoʻyaqolishdi.

Lekin maktabning tumandagi taʼlim-tarbiya ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilgan muassasalar qatoridan joy olishi uchun rahbar sifatida qanchalik mehnat qilganini Arzigulning oʻzi biladi.

Hech esidan chiqmaydi: 2013-yilda yangidan tashkil topgan 56-sonli maktabda oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari sifatida ish boshlagan kezlari edi. Soha boʻyicha biron majlis yoki tadbirga borib qolsa, tanish-bilishlari:

– Arzigul, siz “Xinoli qor”da ishlayapsizmi?”, – deyishardi. U “nega bunday deysiz?” – deya olmasdi.

Chunki bilardi, maktabning butun turish-turmushi turk seriallaridan biridagi “Xinoli qor” qishloq maktabiga qiyoslagudek darajada sharoiti ogʻir, sinfxonalari qishda sovuq, yozda issiq boʻlishidan tashqari, infratuzilmasi jihatidan ham, taʼlim-tarbiya sifati jihatidan ham past darajada edi. Zamonaviy pedtexnologiyalarni qoʻllashning umuman imkoni yoʻq, kompyuter jihozlari bilan jihozlanmaganidan koʻngildagiday dars oʻtishning ham imkoni boʻlmagan oʻsha yillari. Taʼlim sifati ham shunga yarasha boʻlib, maktab tumanda eng past oʻrinda turardi.

Xalqimiz bekorga “ahillik bor joyda fayz-baraka bor”, degan hikmatni yaratmagan. Maktab pedagogika jamoasi oʻrtasidagi ahillik, maʼnaviy sogʻlom muhit tufayli barcha fan oʻqituvchilari qachondir yaxshi sharoit yaratilishini kutib oʻtirmay, hamjihatlik bilan ish yuritishga intildilar. Imkoniyatlar yetarli boʻlmagan sharoitda ham koʻngildagiday ishlab, samarali natijalarga erishish mumkinligini amalda namoyon etdilar. Hatto jamoa oʻrtasida bir-birining yutuqlaridan faxrlanish tuygʻusi shakllandi, hamjihatlik bilan maktabda taʼlim-tarbiya sifatini yaxshilash sari qadamlar qoʻyildi. Maktabga yangi rahbar saylash zarurati tugʻilganida ahil jamoa Arzigul Xudoyberganova nomzodini bir ovozdan maʼqulladilar.

Oʻshanda 2016-yil edi. Soha boʻyicha tuman miqyosidagi  yigʻilishlarda, anʼanaviy avgust Kengashi anjumanlarida qoloq maktablar tilga olinganida doim nomi “yangrab” turadigan 56-sonli maktabning yangi rahbari Arzigul Xudoyberganovaning nazarida hamma unga “oʻzingni koʻrsat, yo ishla, yo ... qoʻlingdan kelmasa ishni tashla”, –deyayotganday tuyulardi goʻyo.

Arzigul ishni oʻzi oddiy oʻqituvchi sifatida 10-yil birga ishlashgan hamkasblarining bilim va salohiyatidan olqilona foydalangan holda tashkil etishdan boshladi. Alohida qobiliyatli, shu bilan birga darslarni past oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar roʻyxatlarini shakllantirib, ularning qiziqish va intilishlari asosida fanlar boʻyicha toʻgaraklar faoliyatini jonlantirishga, mutaxassis oʻqituvchilarning bosqichma-bosqich malakasini oshirib borishga eʼtibor qaratdi.

Internet tarmoqlari orqali nafaqat tumandagi, balki Oʻzbekiston miqyosidagi ilgʻor maktablar tajribalarini oʻrgandi. Fanlar boʻyicha oʻqituvchilarni bilim va salohiyatiga yarasha tanlab, joy-joyiga qoʻyishga intildi. Aynan ana shunday yuksak bilim va salohiyatga ega oʻqituvchilarni ishga qabul qildi. Oʻtilayotgan darslar samaradorligiga qarab, oʻqituvchilarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirib borish choralarini koʻrdi. Natijada qisqa fursat ichida 56-sonli maktab nomi endi asta-asta baland minbarlarda, ilgʻor maktablar qatorida jaranglay boshladi.

Arzigul Xudoyberganova rahbar boʻlgach, ikki yil ichida maktab oʻquvchilaridan 10 nafardan ziyodi Fanlar olimpiadasining tuman, Respublika miqyosidagi gʻolib va sovrindorlari safidan joy olishdi. Matematika, fizika, ingliz tili, rus tili, ona tili va adabiyot fanlaridan xalqaro darajadagi va milliy sertifikat egalari boʻlgan maktab oʻquvchilari mamlakatimizdagi nufuzli OTMlar talabalari boʻlib, ustozlarini quvontirishdi, oʻzlari taʼlim olgan maktabga obroʻ-eʼti

bor keltirishdi.

– Koʻpchilik nafaqat maktab, balki boshqa tashkilotlar rahbarlariga ham oson, ishni buyurib, talab qoʻyishadi, ijrosini nazorat qilishadi, – deb oʻylashadi. Aslida yukning eng zalvorli tomoni rahbarning zimmasiga tushadi. Buni men oʻzim rahbar boʻlib yurakdan his etdim, – deydi Arzigul rahbarlik masʼuliyati haqida soʻzlarkan. – Ayniqsa,  u taʼlim sohasi rahbari boʻlsa, masʼuliyat yanada ortadi.

Arzigul rahbarlikning zalvorli yukini shunchaki yelkalamadi, balki ayrim hamkasblarining “hali siz “Xinoli qor”da ishlaysizmi?” degan ajabtovur, istehzoli qarashlariga chek qoʻyish, maktabni havasga munosib haqiqiy bilimdonlar maskaniga aylantirish niyatida bor kuch va bilimini ishga soldi. Pirovardida bunga erishdi ham. U oʻzining ilk oʻqituvchilik faoliyatini boshlagan 1997-1998-yillardagi sobiq 1-sonli fizika-matematika litseyida, keyinchalik, 2008-yilgacha, Alloh rahmat qilsin, umr yoʻldoshi MXX zobiti Murodjon Yunusovning xizmat vazifasi taqozosiga koʻra, Andijon viloyatining Izboskan tumanida, 2008-yildan to 2013-yilgacha goh Xorazm viloyati, goh Amudaryo tumani maktablarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, ingliz tili oʻqituvchisi vazifalarida ishlagan kezlarida orttirgan pedagogik va rahbarlik salohiyati tufayli 56-sonli maktabni Amudaryo tumanidagina emas, Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosidagi mashʼal maktablar safiga olib chiqa oldi. Bungacha u ham ustoz, ham rahbar, oilada esa... farzandlariga ham ona, ham ota sifatida betinim mehnat qilishiga toʻgʻri keldi.

Gurlan tumani MXX boʻlimi boshligʻi lavozimida, oʻz xizmat vazifasini ado etish paytida halok boʻlgan umr yoʻldoshi Murodjon Yunusovning oilasi va farzandlari bilan bogʻliq orzulari roʻyobi uchun ham u oʻzini ayamadi. 56-sonli maktabda kuchli bilim va salohiyatli oʻqituvchilar jamoasini shakllantira oldi. 570 nafar oʻquvchi-yoshlar taʼlim-tarbiya olayotgan muassasadagi 58 nafar pedagoglarning 54 nafari oliy maʼlumotli mutaxassis oʻqituvchilar. Har qanday oliy maʼlumotli mutaxassisdan qolishmaydigan 4 nafar oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchilarning esa ishlaridan nuqson topaolmaysiz.

Pedagog kadrlarning malakasini bosqichma-bosqich oshirib borishga qaratilayotgan eʼtibor tufayli, ulardan 5 nafari oliy, 14 nafari birinchi, 13 nafari ikkinchi toifaga, N.Saidova, G.Joʻldiboyeva, L.Kenjayevalar S1, H.Qodirova V2 sertifikatlariga ega oʻqituvchilardir. Informatika fani oʻqituvchilari M.Boltaboyeva, G.Bekchanovalar Level 1,2 xorijiy, ona tili fani oʻqituvchisi M.Rajabova esa milliy sertifikat sohibalari boʻlishdi. Ana shunday bilimdon, tajribali pedagoglar tahsilini olgan oʻquvchilar orasida xalqaro va milliy sertifikat olgan bilimdon yoshlar safi esa tobora oshib bormoqda.

Maktabda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan eʼtibor tufayli sportning stol tennisi, yengil atletika, shashka-shaxmat turlari boʻyicha toʻgaraklar shugʻullanuvchilari turli musobaqalarning tuman va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichlarining doimiy gʻoliblaridir.

Bugungi kunda maktabga oʻz farzandlarini oʻqishga berish istagida boʻlgan ota-onalar safi tobora oshib bormoqda. Bu Arzigul Xudoyberganova rahbarligidagi bilimdon va ahil pedagogik jamoaning fidoyiliklari tufayli 56-sonli maktab zamonaviy qiyofaga va taʼlim-tarbiya sohasida oʻz uslubiga ega muassasaga aylanganidan.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligi tashabbusi bilan maktablarda variativ oʻquv rejasi asosida alohida fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga asoslangan sinflarning tashkil etilishi yangi muvaffaqiyatlar sari ezgu qadam boʻldi. Bu borada ham maktab pedagogika jamoasi katta yutuqlarga erishdi. Xususan, 2019-2020 oʻquv yilining 3-choragida 10-11-sinflarda ilk dars-mashgʻulotlari yoʻlga qoʻyildi. Juda qisqa fursat ichida maktabning variativ oʻquv-rejasi asosidagi texnologiya yoʻnalishi boʻyicha sinfi oʻquvchilari fanni oʻzlashtirish darajasi boʻyicha 78 foiz natijaga erishdilar. 33 nafar yoshlardan 29 nafari OTM talabalari boʻlishdi. Mazkur oʻquv yilida maktabning “Yosh matematiklar” toʻgaragida taʼlim olgan bitiruvchilarning asosiy qismi – 97 foizi Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy OTMlarga oʻqishga qabul qilindilar. Bu koʻrsatkich yil sayin oshib bordi, 2020-2021 oʻquv yilida umumiy sinflar bitiruvchilaridan 69,7 foizi, texnologiya yoʻnalishi boʻyicha variativ sinf bitiruvchilarining barchasi – 100 foiz OTM talabaligiga qabul qilindilar. 2021-2022 oʻquv yilida fanlar olimpiadasining tuman, Respublika bosqichida oʻquvchilari erishgan katta yutuqlar evaziga maktabga 180-oʻrinli zamonaviy qoʻshimcha oʻquv binosi qurib berildi. Maktab atrofi obodonlashtirilib, soʻlim goʻshaga aylantirildi. Oʻquvchilarning yayrab bilim olishlari uchun bugun maktabda barcha shart-sharoit, imkoniyatlar yetarli.

– Oʻtgan 2022-2023 oʻquv yilida uch nafar oʻquvchimiz maktabni oltin medal bilan bitirishdi, – faxrlanib soʻzlaydi Arzigul Xudoyberganova. –Ayni paytda maktabimiz oʻqituvchilari orasida ham, oʻquvchi-yoshlar orasida ham turli darajalardagi Xalqaro va milliy sertifikatlar egalari koʻp. Mana, 2023-2024 oʻquv yilida fanlar olimpiadasining tuman bosqichida rus tili, ingliz tili, ona tili va adabiyot fanlaridan uch nafar oʻquvchimiz 1-oʻrinlarni egallashdi, ikki nafar oʻquvchimiz esa V2 Xalqaro darajadagi sertifikat egalari boʻlishdi. Yutuqlarimiz – ertangi kungi rejalarimiz roʻyobi uchun yoʻl ochadi. Ahil va fidoyi jamoamiz bunga qodir.

Nazarimda 56-sonli maktab pedagogika jamoasidagi hamjihatlik, izlanuvchanlik va tashabbuskorlik yuqoridagi kabi muvaffaqiyatlar omili boʻlmoqda. Koʻrdikki, jamoada ishchanlik hokim, hech kim maktab direktorining yoki yuqori tashkilotlarning buyruq va koʻrsatmalarini kutib oʻtirmaydi, hamma oʻz ishini zimmasidagi masʼuliyatni his qilgan holda, sidqidildan bajaraveradi. Maktab qamrovidagi mahallalarda yashovchi ota-onalar esa “Xinoli qor”ni tamoman unutishgan, balki faxr bilan:

– Mening farzandlarim Arzigulning maktabida – 56-maktabda oʻqiydi! – deyishadi.

56-sonli “Arzigulning maktabi”da esa kelajak egalari taʼlim olishadi, barchasi ertangi kuniga ishongan, intiluvchan, bilimga chanqoq bolalar! Mustaqil Vatanimizga esa ana shunday intiluvchan bolalar, ularning qiziqishlarini ragʻbatlantirib turguvchi fidoyi ustozlar kerak! Fidoyilikning mukofoti esa xalq eʼtirofidir.   

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026