“BALLI, QIZLAR” KÖRIK-TANLOVIDA 22-SONLI MTTNING JAJJI QIZALOQLARI ÖZ IQTIDORLARINI KÖRSATIŞDI
Bahor kelişi bilan turli tantanalar, tadbirlar boşlanadi va har bir kun bayramga aylanadi. Ona diyor uzra köklam nasimlari esib turgan kunlarda bayramlar bayramlarga ulanadi va el-yurt şodiyonalarga burkanadi. Amudaryo tumanida ham barça ovul va mahallalarda, muassasa va taşkilotlarda biri-biridan fayzli, çiroyli bayram tadbirlari davom etmoqda.
7-mart kuni Qiliçboy ovulidagi 22-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida ham gözallik va nafosat bayrami bölgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tarbiyalanuvçilar örtasida “Balli, qizlar!” körik-tanlovi taşkil etildi. Uşbu tadbirga tarbiyalanuvçilarning ota-onalari, hudud fuqarolar yiğini masʼullari va boşqa mehmonlar taşrif buyurişdi. Tadbirni taşkilot rahbari Nilufar Yusupova oçib berdi va onalarni, taşkilot xodimalari, tarbiyalanayotgan jajji qizaloqlarni bayram bilan tabrikladi.
Bayram bilan tabriklab sözga çiqqanlar uşbu maktabgaça taʼlim taşkilotida taʼlim-tarbiya sifatini oşiriş maqsadida muhim çora-tadbirlar yölga qöyilganini taʼkidlab ötişdi. Taşkilot binosi 1975-80-yillarda 80-öringa möljallab qurilgani, sönggi davrlarda aholi soni ortib borayotgani tufayli 120 nafar kiçkintoylarga tarbiya berilayotgani sababli qöşimça binoga ehtiyoj sezilgani, şunga köra 2018-yilda “Obod qişloq” dasturi doirasida 60-öringa möljallangan qöşimça bino qurilib, eski binosi ham qayta taʼmirlanganini tilga olişdi.
Şundan söng, tadbirning asosiy qismi boşlandi va tanlov iştirokçilari bölgan jajji qizaloqlar taniştirildi. Tanlovda taşkilot tarbiyalanuvçilari bölgan Dilobar Adamboyeva, Osiyo Mamarajabova, Maftunaxon Şavkatova, Munisaxon Şerifboyeva, Ruxşonaxon Örolova, Bonuxon Mahmudovalar 4 şart böyiça öz iqtidorlarini namoyiş etildi.
Qizaloqlar birinçi şartga köra özlarini şeʼriy usullar bilan taniştirişdi. Hakamlar uşbu şartni baholagunga qadar guruh qizlari iştirokidagi “Tomçi” qöşiğiga raqs ijro etib, tomoşabinlarga xuşkayfiyat ulaşildi. “Zukkolar va donolar” deb nomlangan ikkinçi şart davomida qizaloqlar berilgan savollarga töğri va aniq javob berişdi.
Şart oraliğida bolajonlar onalarni madh etuvçi şeʼrlani ifodali yod aytib berişdi. “Men kiçik pazanda” deb nomlangan uçinçi şartga köra esa qizaloqlar onalariga yordamçi ekanligini körsatib, çiroyli somsalar tugişdi. Hakamlar barça şartlarni baholangunga qadar bolajonlar ijrosida yana şeʼrlar, “Özbek döppisi” nomli qöşiq va raqslar namoyiş etildi.
Eng sönggi “Erkin mavzu” deb nomlangan şart böyiça iştirokçi qizaloqlar birgalikda “Ona qizim” qöşiğiga guruh raqs ijro etib, tomoşabinlarga zavq ulaşişdi. Latofatli, epçil, çaqqon, zukko, saranjomu-sarişta va kattalarga kömakçi bölib ulğayayotgan qizaloqlarning çiqişlari barçaga juda manzur böldi.
Bolajonlarni erkin fikrlaşga, gözallikni his qiliş, özlarini erkin tutiş kabilarga örgatiş va ularni rağbatlantiriş maqsadida ötkazilgan “Balli, qizlar körik-tanlovi yakunida hakamlar hayʼati qaroriga köra, barça iştirokçi qizlarga nominatsiyalar böyiça ğoliblik berildi. “Jajji gözal”, “Eng zukko qiz”, “Eng oqila qiz”, “Eng iboli qiz”, “Eng malohatli qiz” va “Eng bilimdon qiz” nominatsiyalari böyiça ğolib bölgan qizaloqlarga faxriy yorliq va sovğalar topşirildi.
Bayram munosabati bilan 22-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida bölib ötgan “Balli, qizlar” körik-tanlovi hammada katta taassurot qoldirdi va bayramona kayfiyat ulaşdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶