SOĞLOM HAYoT SOĞLOM MUHITDA ŞAKLLANADI
Yurtimiz mahallalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaş, oilalarning özaro ahil-inoq bölib yaşaşiga erişiş, yoş avlodni soğlom va barkamol qilib voyaga yetkaziş, ularga milliy qadriyat va urf-odatlarimizni keng tarğib etiş bugungi kunning asosiy vazifalaridandir. Boisi, hududlarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit soğlom bölsa, yoşlarning diniy aqidaparastlik, turli tahdidlar, yot ğoyalar taʼsiriga tuşib qolişining oldi olinadi, soğlom muhitda soğlom hayot tarzi şakllanadi.
Buningdek xayrli işga hissa qöşiş maqsadida Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan amunews.uz veb-sayti tahririyati Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi taʼsis etgan grant tanlovida “Soğlom muhit – soğlom hayot” nomli loyihasi bilan qatnaşib, ğolib bölgan edi. Ayni kunlarda mazkur davlat granti loyihasi muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.
18-aprel kuni mazkur loyiha iş rejasiga muvofiq tumanimizning Dörman ovulida bir guruh ijodkorlarning ovul aholisi bilan uçraşuvi ötkazildi. Unda ovul fuqarolar yiğini masʼullari, aholi vakillari, taʼlim xodimlari va faxriylar iştirok etdilar.
Tadbirni veb-sayt muxbiri, loyiha koordinatori Oygul Rajabova oçdi va olib bordi. U öz sözida grant loyihasi rejasiga muvofiq amalga oşirilayotgan işlar, mazkur tadbirni ötkazişdan kutilayotgan natijalarga töxtaldi.
Inson zoti doimo maʼnaviy ozuqa olişga intiladi. Bunda ommaviy axborot vositalarining, badiiy asarlarning örni alohida. Ha, badiiy asarlar mutolaasi har birimizga betakror taassurotlar hadya etadi, şuurimizni oydinlaştiradi, dunyoqaraşimizni kengaytiradi, yaşaş, tiriklik qadrini yanada çuqurroq anglaşga örgatadi.
Ana şunday kitoblar mualliflari bilan yuzma-yuz uçraşuv, ularning ijod namunalarini özlaridan eşitişning esa zavqi özgaça. Bu – grant loyihasi doirasida ötkazilgan navbatdagi tadbirda ham yaqqol aks etib turdi. Şu sababli ham butun Amudaryo tumanidagina emas, respublikada tanilgan, qator kitoblar muallifi, oddiy va samimiy tilda yozilgan şeʼrlari bilan öz muxlislariga ega bölgan ijodkor, asli dörmanlik, ayni kunda Manğit şahrida yaşab, ijod etayotgan Şomurod Xöjanovning, iqtidorli ijodkor Zuhra Ahmedovalarning öqigan har bir şeʼrini yiğilganlar berilib tingladilar va qarsaklar bilan olqişlab turdilar.
Şeʼrxonlik tugagaç, hududdagi 84-sonli maktab direktori Erkin Qurbonboyev, ovul nuroniylaridan biri, xalq taʼlimi faxriysi Farhod Örozboyevlar sözga çiqib, tadbirdan barça ulkan taassurotlar olganligini taʼkidlab, ovul aholisi bilan uçraşuvga taşrif buyurgan ijodkorlarga çeksiz minnatdorçilik bildirdilar.
“Soğlom hayot – soğlom muhit” nomli grant loyihasi doirasida ötkazilgan ijodkorlar bilan uçraşuv dörmanliklarda ulkan taassurotlar qoldirdi, ularni yanada köproq kitoblar mutolaa qilişga undadi.
Sevara ISMOILOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶