28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:07
Siyosat 👁 410

Ikkinchi jahon urushi yillarida ajdodlarimiz koʻrsatgan matonat va jasorat hech qachon unutilmaydi!

Ikkinchi jahon urushi yillarida ajdodlarimiz koʻrsatgan matonat va jasorat hech qachon unutilmaydi!

Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng qonli va vayronkor urushlardan biri boʻlib, uning oqibatlari hatto bugungi kungacha odamlar hayotida sezilmoqda. Oʻsha mashʼum urush sababli kimdir otasiz, kimdir onasiz qoldi, yana kimdir yaqinlaridan ayrildi. Deyarli butun xalq ogʻir mehnat va qiyinchilikda kun kechirdi. Ota-bobolarimiz tortgan azob-uqubatlar, ularning boshiga tushgan yoʻqotishlar bugun ham avlodlar xotirasidan oʻchmadi, afsus va nadomat bilan tilga olinadi. Zero, yurt tinchligi, ozodligi va ravnaqi yoʻlida ajdodlarimiz koʻrsatgan matonat va jasorat hech qachon unutilmaydi.

Shu sababli ham har yili mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanadi. Bu sanada Ikkinchi jahon urushi janggohlarida jon olib-jon bergan, mehnat frontida, urushdan keyingi tiklanish yillarida fidoyilik koʻrsatgan ota-bobolarimiz, momolarimiz xotirasiga hurmat bajo keltiriladi. Bugungi dorilomon kunlarga yetgan nuroniylarimizga hurmat-ehtirom koʻrsatilib, holidan xabar olinadi.

8-may kuni Amudaryo tumanida ham Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi. Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari, mehnat fronti faxriylari, deputatlar, turli muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan tuman hokimi Sobir Xoʻjametov barchani bayram bilan qutlar ekan, urush davrida yuz bergan voqealar, jumladan, Oʻzbekistonlik jangchilarning jasorati va fidoyiligi, ularning jang maydonlarida va front ortida koʻrsatgan qahramonliklari xalq xotirasida mangu muhrlanib qolishini, marhumlar xotirasi hech qachon avlodlar yodidan oʻchmasligini taʼkidlab oʻtdi.

Tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Sherzod Murodov oʻz nutqida urush va mehnat fronti faxriylarining insoniyatni fashizm balosidan qutqarishdagi jasorati va matonati haqida toʻxtalib oʻtdi. Oʻsha suronli yillarda ajdodlarimiz koʻrsatgan jasorat va fidoyiliklar nafaqat oʻz davrida, balki bugungi kunda ham barchamiz uchun ibrat maktabi boʻlib qolmoqda.

Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari Bekman ota Allaberganov beshafqat urushning millionlab insonlar hayotiga zomin boʻlgani, koʻplab shaharlarning vayron boʻlishi, iqtisodiyotning izdan chiqishi va boshqa koʻplab salbiy oqibatlari bilan hali-hanuz insonlar qalbiga ogʻriq solib kelayotganini aytib, barchani bugungi tinch va dorilomon kunlarning qadriga yetishga chorladi.

Tuman madaniyat boʻlimi va joylardagi madaniyat markazlari jamoalari tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishlari hamda badiiy chiqishlar orqali janggohlarning ayovsiz manzarasi, aholining front ortidagi qiyin hayoti ishtirokchilar koʻz oʻngida gavdalanganday boʻldi.

Urush yillarida nafaqat frontda, balki front ortida ham yurtimiz aholisi fidoyiliklar koʻrsatgan. Ularning mehnati urush davrida Sovet Ittifoqining iqtisodiy va harbiy salohiyatini mustahkamlashda muhim rol oʻynagan. Oʻzbekistonliklar koʻplab evakuatsiya qilingan zavod va fabrikalarni ishlatishga koʻmaklashgan, shuningdek, qishloq xoʻjaligida ham katta yuklamalarni zimmalariga olishgan. Oʻsha paytda ayollar ham erkaklar bilan bir safda mehnat qilib, iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlashda faol ishtirok etganlar.

Urush yillarida mamlakatimiz koʻplab evakuatsiya qilingan jabrdiydalarni ham qabul qilgan. Xalqimiz mehmondoʻstlik va insonparvarlik namunalarini koʻrsatib, oʻz uylarini boshqa millat vakillariga boʻshatib bergan.

Urushdan keyingi yillarda ham ota-bobolarimizning gʻayrat va shijoati, jasorati bilan yurtimizda keng koʻlamli tiklanish ishlari amalga oshirildi. Bu davrda koʻplab sanoat korxonalari, maktablar, kasalxonalar va boshqa infrastruktura obʼektlari qayta qurildi yoki yangidan barpo etildi.

Shuningdek, madaniy hayot ham jonlandi, adabiyot va sanʼatda yangi asarlar yaratildi, bu esa xalqning maʼnaviy tiklanishiga hissa qoʻshdi. Urushdan keyingi yillarda Oʻzbekistonda ijtimoiy va madaniy hayotning rivojlanishi, xususan, adabiyot va sanʼatning gullab-yashnashi, mamlakatning turli sohalarda erishgan yutuqlari ajdodlarimiz koʻrsatgan qahramonliklar, ularning matonati va fidoyiliklarining ramzidir.

Tadbirda marhumlar ruhiga Qurʼon tilovat qilindi. Ishtirokchilar Motamsaro ona haylaki poyiga gulchambarlar qoʻyib, ularning jasorati va matonati oldida taʼzim bajo keltirishdi.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026