“Yo siz keling, yo biz boramiz”: “kitoblar karvoni” navbatdagi taʼlim maskaniga taşrif buyurdi
“Ilm izlab bormaydi, ilmni izlab keladilar” degan edi donolardan biri. Uşbu qisqa jumlalarda ne maʼno yaşirin? Agarda inson yetuklikka, ilm olişga va maʼnaviy olamini boyitişga bel boğlasa öqisin, izlansin, şaxsan özi harakat qilsin va közlagan maqsadiga erişsin, degan mazmun bor unda. Ammo bugungi taraqqiy topgan zamonda ilm-u maʼrifat, maʼnaviyat insonni özi “izlab” kelişi ham mumkin. Qanday deysizmi?! Aytaylik, maʼnaviy kamolot vositasi bölgan “kitoblar karvoni” siz taʼlim olayotgan maskanga yoki siz istiqomat qilayotgan mahallaga borişi mumkin.
“Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyatining “Bilimli va maʼnaviyatli yoşlar bilan – Uçinçi Renessans sari!” nomli grant loyihasi ana şunday imkoniyatni taqdim etmoqda.
Yaqindagina gazeta tahririyati xodimlari, loyiha ijroçilari uşbu grant loyihasi doirasida Amudaryo tumanining 2-sektori hududida joylaşgan 64-sonli maktabga taşrif buyurişdi. Turli xil janrdagi adabiyotlarni öz içiga olgan kitoblar jamlangan “kitoblar karvoni” maktabga va kitobsevar öquvçilar qalbiga ziyo taratib kirib keldi.
Tadbirda “Taraqqiyot közgusi” gazetasi muxbiri Mahmudjon Şomurodov, Amudaryo televideniyesi suhandoni Aziza Madrahimova, gazeta muxbiri Şahzod Qurbonboyev, maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Akbar Xolniyozov hamda maktabning ilmga çanqoq 9-10-sinf öquvçilari iştirok etişdi.
Tadbirni maktab direktorining örinbosari Akbar Xolniyozov oçib berdi. U öz sözida öquvçilarning hayotida kitobning tutgan örni haqida aytib ötdi. Kitob öqigan inson salomidan maʼlum ekani, keng dunyoqaraşga ega böliş uçun ham kitoblar öquvçining dösti ekanligiga alohida urğu berildi. Şundan söng loyiha koordinatori, jurnalist Aziza Madrahimova öquvçilarni tahririyat qoşidagi kutubxonadan keltirilgan “kitoblar karvoni” bilan qisqaça taniştirib ötdi. Mazkur kitoblar jamlanmasida badiiy, ilmiy, motivatsion yönalişda yozilgan töplamlar borligini aytib, har bir kişi öz qiziqişidan kelib çiqqan holda mutolaa qilişi mumkinligini bildirdi. Şuningdek, kitob öqiş nafaqat maʼnaviy ozuqa oliş uçun kerakligini, balki, hayotda öz örningni topiş, karera qiliş, hattoki nozik oilaviy munosabatlarni mustahkamlaş uçun ham zarurligini taʼkidlab ötdi. Darhaqiqat, kitob öqiydigan, maʼnaviyati boy, özaro hurmat, mehr-oqibat kuçli bölgan oila heç qaçon ajrim yoqasiga kelib qolmaydi.
Jurnalist Şahzod Qurbonboyevning kitobxonlik haqidagi hayotiy kuzatuvlari bilan yöğrilgan fikrlari esa davrani jonlantirdi. Şuningdek, u öquvçilarning kelajakdagi rejalari bilan qiziqdi.
Tadbirda ayniqsa, 9-sinf öquvçilari bölgan Dilşoda Sultanova hamda Oltinoy Haydarovalarning bugungi globallaşuv davrida kitoblarning ahamiyati töğrisidagi fikrlari tengdoşlarini muşohadaga çorladi.
Tadbir söngida öquvçilar “kitoblar karvoni”dan joy olgan adabiyotlar bilan yaqindan tanişdilar. Aksariyat öquvçilar tahririyat qoşida taşkil qilingan kutubxonaga aʼzo bölişga qiziqiş bildirdi hamda grant loyihasi doirasida taşrif buyurgan ijodiy guruhga taşakkur aytib, öquvçi maʼnaviyatini boyitadigan bunday tadbirlarni tez-tez ötkazib turiş kerakligini taklif qildilar.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶