Özbekiston xalq şoirasi Halima Xudoyberdiyeva xotirasiga hurmat-ehtirom körsatildi
Hozirgi zamon özbek adabiyotida öziga xos ijod maktabini yaratgan, öz asarlari bilan qardoş xalqlar, ayniqsa turkiy tilli davlatlar adabiyot şinavandalari eʼtiboriga sazovor bölgan ijodkorlar talaygina. Ulardan biri yigirmançi asrning ikkinçi yarmi va yigirma birinçi asr boşida yaşab ijod etgan otaşnafas şoira Halima Xudoyberdiyevadir.
Ötgan asrning 70-yillarida betakror ovozi, jarangdor şeʼriyati bilan adabiyot maydoniga kirib kelgan Özbekiston xalq şoirasi Halima Xudoyberdiyeva öz ijodiy faoliyati davomida davomida biri-biridan jöşqin şeʼrlari, dostonlari bilan özbek şeʼriyati osmonida misli quyoşday porladi. Uning şeʼrlari kirib bormagan xonadon qolmadi. Radio tölqinlari orqali jarang soçgan şoira ovozi millionlab şeʼriyat şinavandalari qalbini zabt etdi. Mamlakatimizda şoira ijodi, ölmas merosini örganiş, asarlarini qayta naşr etiş, öquv muassasalarida jamoat taşkilotlarida Halima Xudoyberdiyeva xotirasiga bağişlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkaziş esa anʼanaga aylangan.
Joriy yilning 7-iyun sanasida Amudaryo tuman Axborot-kutubxona markazida taşkillaştirilgan "Şeʼriyatga oşno köngillar" mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda ham özbek xalqining ardoqli şoirasi xotirasiga çeksiz hurmat-ehtirom körsatildi. Tadbirda Axborot-kutubxona markazi bibliografiya bölimi xodimlari tomonidan şoira ijodiga bağişlangan, "Nafosat kuyçisi" deb nomlangan körgazma taşkil etildi va şoiraning turli yillarda çop qilingan kitoblari, ijodiy faoliyatini aks ettiruvçi suratli lavhalar, dunyo va qardoş xalqlar tillariga tarjima qilingan asarlari haqida hikoya qiluvçi maqolalar , monografiyalar tadbir iştirokçilarida katta taassurotlar qoldirdi. Tadbir davomida şoiraning turli mavzulardagi şeʼrlari öqilib, yangidan çop etilgan kitoblari şeʼriyat şinavandalari va muxlislariga tavsiya etildi.
Özbekiston xalq şoirasi Halima Xudoyberdiyeva xotirasiga bağişlangan bu kabi tadbirlar Amudaryo tumanining maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari bölmiş kutubxonalarda, taʼlim-tarbiya muassasalari va jamoat taşkilotlarida davom etmoqda.
Rohatoy Ramonova, Amudaryo tumani Axborot kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶