28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:00
Fan va taʼlim 👁 344

Oʻquv-seminarda umumtaʼlim maktablarini attestatsiyadan oʻtkazishning yangi tartiblari haqida maʼlumot berildi

Oʻquv-seminarda umumtaʼlim maktablarini attestatsiyadan oʻtkazishning yangi tartiblari haqida maʼlumot berildi

Soʻngi yillarda mamlakatimizda maktab taʼlimini rivojlantirish va maktab taʼlimi muassasalarining xalqaro standartlariga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish maqsadida sohaga doir qonunchilik tizimi takomillashtirilib, qator ishlar amalga oshirildi. Amaldagi qonunchilikka koʻra, umumtaʼlim maktablarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishning yangi tartibi belgilandi.

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan “Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishning yangi tartibi” mavzusida oʻquv-seminar tashkil etildi. Seminarga tumandagi barcha umumtaʼlim maktablarining oʻquv ishlari boʻyicha dirertor oʻrinbosarlari va maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi mutaxassislari taklif qilindi.

Tadbirni tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi rahbari Ibrahim Radjapov ochdi va seminarda belgilangan mavzular bugungi kunda taʼlim sifatini oshirishda dolzarbligini taʼkidlab oʻtdi.

Shundan keyin Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi metodisti Rayhon Yakubova umumtaʼlim maktablarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishning yangi tartiblari va bu jarayonning taʼlim sifatini oshirish hamda maktab reytingini belgilashdagi ahamiyati toʻgʻrisida maʼruza qildi.

Tegishli hujjatlar bilan maktablarni majburiy attestatsiyadan oʻtkazish davriyligi 5-yildan 11-yilgacha uzaytirildi va oʻz taʼlim sifatini bilish istagida boʻlgan maktablarga ixtiyoriy ravishda muddatdan oldin shartnoma asosida attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berildi. Shuningdek, umutaʼlim maktablarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni soddalashtirilib, 63 ta mezondan 13 ta mezonga qisqartirildi. Attestatsiya jarayonlariga jalb qilingan ekspertlarga vazirlik jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ish haqi toʻlanishi belgilandi.

Bundan tashqari, attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qisqartirilishi natijasida attestatsiyadan oʻtish toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar soni ham qisqartirildi. Attestatsiyaning asosiy printsiplari esa mustaqillik, xolislik, oshkoralik, shaffoflik, davriylik majburiylik qilib belgilandi.

Attestatsiya Nizomda belgilangan talablar asosida Vazirlik tomonidan tashkil etiladi. Attestatsiya taʼlim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan iborat bosqichda oʻtkaziladi. Umumiy oʻrta maktablarning faoliyati 6 ta soha, 13 ta mezon va 48 ta koʻrsatkich orqali amalga oshirilib, 1000 ballik tizimida baholanadi. Shu bilan birga, bitiruvchi sinf oʻquvchilaridan olinadigan nazorat ishlari alohida 100 ballik tizimda baholandi.

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi faoliyatini ichki baholash jarayonida barcha sinf oʻquvchilaridan nazorat ishi olinadi. Ichki baholash jarayonlari umumiy oʻrta taʼlim maktabi rahbariyati tomonidan har yili oʻtkazilib, platformaga kiritib boriladi.

Seminar qizgʻin muhokamalarga boy boʻldi. Tadbir davomida 28-sonli maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Bahodir Yuldashev va 62-sonli maktab direktorining maʼnaviy-marifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Zokir Atayevlar mavzuga doir fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Seminar ishtirokchilarining barcha savollariga mutaxassislar tomonidan toʻliq javob berildi.

Rayhon Yakubova, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi metodisti

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026