Tumanimizda ğalladan böşagan dalalarga takroriy ekin ekiş tadbirlari boşlandi
Ayni kunlarda tumanimizda ğallani nest-nobud qilmay örib-yiğib oliş işlari qizğin davom etayotgan pallada dalalar somondan peşma-peş tozalanib, şudgor qilinib, takroriy ekinlarni ekiş tadbirlari ham boşlab yuborildi.
Takroriy ekinlarni ekiş nafaqat bozorlarimizni oziq-ovqat mahsulotlari bilan töldiradi, balki işsiz aholining mavsumiy bandligi taʼminlanişida ham muhim omil sanaladi. Mavsum davomida ekilgan sabzavot, poliz, dukkakli hamda çorva mollari uçun ozuqa ekinlari kuzgi hosil davrida bozorlarimiz tökin-soçinligi va çorvaga ixtisoslaşgan fermer xöjaliklarida möl yem-xaşak ğamlanişida muhim vosita böladi. Donişmand xalqimiz azaldan qiş ğamini yozda kör, deb bekorga aytişmagan. Bugun serquyoş zaminimizning har qariç yeridan samarali foydalaniş orqali qiş payti va keyingi hosil pişib-yutilgunga qadar xonadonlarimizdagi farovonlikka, bozorlarda narx-navo barqaror saqlanişiga erişamiz. Zero, takroriy ekinlarni ekişning afzalligi ham yil davomida xalqimiz dasturxoniga qişloq xöjaligi mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berişdan iborat.
Amudaryo tumanida öziga xos dehqonçilik maktabiga ega bölgan namunali ovul-mahallar köp. Ana şunday mehnatkaş dehqonlar-u mirişkor fermerlar istiqomat qiluvçi manzillardan biri, şubhasiz Ayoqçi mahallasi hisoblanadi. Joriy yilning 19-iyun kuni Ayoqçi mahallasi hududidagi “Şerali Avezov” fermer xöjaligiga qaraşli bölgan dala-maydonlarida takroriy ekinlar ekiş mavzusida seminar taşkil qilindi.
Tadbirda Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisining birinçi örinbosari Şuhrat Teşayev, Qoraqalpoğiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomarqa yer egalari kengaşi raisi Ilhom Yunusov, tuman hokimining örinbosarlari, tijorat banklarining tuman bölimi rahbarlari, hududiy agronomlar va sohaga masʼul mutaxassislar iştirok etişdi.
Mutaxassislar tomonidan seminar iştirokçilari, fermer va dehqonlarga takroriy ekinlarning ahamiyati va ğalladan keyin böşagan hosildor dalalar daromad manbai ekanligi töğrisida fikr-mulohazalar bildirilib, sifatli hosil yetiştirişga oid zarur tavsiyalar berildi. Şuningdek, mutasaddilar tomonidan mamlakatimizda xalq farovonligi yölida qişloq xöjaligi sohasida amalga öşirilayotgan islohotlar, soha rivoji yölida qabul qilingan qonuniy hujjatlarning mazmun-mohiyati, aholi bandligini taminlaş maqsadida berilayotgan imkoniyatlar alohida batafsil maʼlumotlar berildi. Tijorat banklari tarafidan aholiga mineral öğit, köçat va uruğ xarid qiliş uçun 5 mln sömgaça 18 oy muddatga berilayotgan kredit mablağlari dehqonlarimizning kuçiga-kuç, ğayratiga-ğayrat qöşişi şubhasiz.
Bugungi kunda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”da röyxatda turgan ehtiyojmand oilalarni yanada qöllab-quvvatlaş va ularning bandligini taʼminlaş maqsadida ğalladan böşagan ekin maydonlaridan 20 sotixdan yer ajratib berilyapti. Dehqonlarga qulay tarafi şundaki, dalalar fermerlar tomonidan somondan tozalanib va şudgor qilinib, ekişga tayyor holatda topşirilmoqda. Qolaversa, fermerlarimiz ekinlarni suv bilan uzluksiz taʼminlaşga kömaklaşişni ham öz zimmalariga olişgan. Endi yer egalari möl hosil oliş uçun javlon urib mehnat qilişsalar bas.
Ayoqçi mahallasida istiqomat qiluvçi dehqon va fermerlar ertaki ekin va ğalladan böşagan dalalarga sabzi va moş ekiş orqali möl hosil yetiştirib, yuqori daromad olişni maqsad qilişgan. Mirişkor fermerlarimiz va dehqonlarimiz sabzi ekilgan dalalarning har gektaridan 40 tsentnergaça hosil oliş harakatida yozning issiq kunlariga qaramay halol mehnat qilişyapti.
Seminar yakunida tumanimizga taşrif buyurgan mehmonlar ekin dalalarida mehnat qilayotgan dehqonlarimizga hormasin aytib, hosil barakasiga tilakdoş bölişdi.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶