28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:02
Fan va taʼlim 👁 373

YoZGI SOGʻLOMLAShTIRISh TADBIRLARI BOLANI HAM MAʼNAN, HAM JISMONAN RIVOJLANTIRADI

YoZGI SOGʻLOMLAShTIRISh TADBIRLARI BOLANI HAM MAʼNAN, HAM JISMONAN RIVOJLANTIRADI

“–Maktabgacha taʼlim tashkiloti bolani juda yoshligidan jamiyatga faol aralashishga oʻrgatadi, jamiyat qonun-qoidalarini erta tanigan bolalar vatanparvar, xalqparvar insonlar boʻlib voyaga yetadilar", – degan edilar muhtaram Prezidentimiz soha vakillari bilan uchrashuvlardan birida.

Haqiqatdan ham, boshlangʻich sinflar oʻqituvchilari Prezidentimiz eʼtirof etganlariday, maktab yoshiga yetgunga qadar maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalangan bola bilan oilada, ota-onasi va yaqinlari davrasida ulgʻaygan, 1-sinfga qabul qilingan bolalar oʻrtasida keskin farq borligini aytishadi.

Bir necha yil davomida MTTda tarbiyalangan bolalar maktab hayotiga juda tez koʻnikishlari bilan birga, shaxsiy fikrini ifoda etishda tezkor va moslashuvchan, epchilligi bilan ajralib turishadi. Oilada tarbiyalanib, maktabga chiqqan bolalar xulq-atvorida esa tortinchoqlik, oʻqituvchi bilan muloqot jarayonidagi oʻz fikrini mustaqil ifoda etish qobiliyati sust boʻladi. Ana shu sustkashlik va tortinchoqlik tufayli bola maktab taʼlimini oʻzlashtirishda tengdoshlaridan orqada qoladi. Shu jihatdan olib qaraganda, kelajagimiz egalari boʻlgan yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalashda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tutgan oʻrni muhim ahamiyatga ega.

Amudaryo tumanidagi 23-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida “Yozgi sogʻlomlashtirish oyligi” doirasida boʻlib oʻtgan oʻquv-uslubiy koʻrgazmali seminarda bu haqda soha mutaxassislari tomonidan qimmatli fikrlar bildirilib, ilgʻor tajribalar koʻrgazmali ravishda namoyish etildi.

Oʻquv-uslubiy koʻrgazmali seminar ishida tumandagi mavjud 52 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari va uslubchilari ishtirok etishdi. Seminar mashgʻulotlarini olib borish uchun bejizga mazkur MTT tanlanmagan. Chunki 23- sonli MTTda bolajonlarning yayrab oʻsishlari, tabiat bagʻrida miriqib oʻynashlari, oʻz orzu-intilishlarini amalda namoyon etishlari, nutqiy salohiyatini rivojlantirishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ayni paytda 5ta asosiy guruhda 150 nafar kichkintoylar taʼlim-tarbiya olayotgan muassasada 5ta yoʻnalish boʻyicha mashgʻulotlar qatʼiy reja asosida olib boriladi.

Unga koʻra, muassasa xodimlari tomonidan ijodkorlik, xususan, tasviriy sanʼat, musiqiy va didaktik oʻyinlar, shuningdek, suv va qum oʻyinlari uchun oʻyinchoq hamda jihozlar, sport maydonchasida har xil harakatli oʻyinlar tarzidagi mashgʻulotlar orqali bolajonlarda mantiqiy fikrlash, sogʻlik uchun foydali boʻlgan mantiqiy harakatli oʻyinlarni toʻgʻri bajarish koʻnikmalari shakllantiriladi.

“Yozgi sogʻlomlashtirish oyligi” doirasida oʻtkazilgan seminarda bolajonlarni jismoniy rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq va muloqot, oʻqish hamda yozish malakalari, bilish jarayonining rivojlanishi, ijodiy rivojlanish sohalari koʻnikmalari asosida bola qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan taʼlim- tarbiya soatlari koʻrgazmali tarzda amalga oshirildi.

Oʻquv-uslubiy koʻrgazmali seminari davomida ishtirokchilar 23-sonli MTT xodimlarining ilgʻor tajribalarini koʻrgazmali vositalar yordamida oʻrgandilar va oʻz faoliyatlarida tatbiq etish boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan yoʻnalishlar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar hamda barcha savollariga javoblar oldilar.

“Yozgi sogʻlomlashtirish oyligi” doirasida oʻtkazilgan mazkur tadbir MTT xodimlarining bilim va malakalarini oshirishga qaratilgani bilan ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026