28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:49
Iqtisodiyot 👁 372

“Al-kafil biznes plast” MChJ ichki bozorni yuqori sifatli plastmassa mahsulotlari bilan taʼminlab kelmoqda

“Al-kafil biznes plast” MChJ ichki bozorni yuqori sifatli plastmassa mahsulotlari bilan taʼminlab kelmoqda

Mamlakat iqtisodiyotining barqaror oʻsishi va uning jahon bozoriga kirib borishini taʼminlovchi asosiy omillardan biri sohalar boʻyicha eksport salohiyatini oshirish hisoblanadi. Shu maqsadda oʻtgan yillar davomida mamlakatimizda koʻplab erkin iqtisodiy zona va kichik sanoat zonalari tashkil etildi. Ularda mingdan ortiq loyihalar ishga tushirilgan boʻlib, 100 mingdan ortiq ish oʻrni yaratildi va respublikamizda mahsulot ishlab chiqarish hajmi keskin oshdi.

Darhaqiqat, keyingi davrda har bir tumanga sanoat kirib borib, olis va chekka hududlarda yangi ishlab chiqarish subʼektlari paydo boʻlmoqda. Amudaryo tumanida tashkil etilgan kichik sanoat zonasida faoliyat yurituvchi “Al-kafil biznes plast” masʼuliyati cheklangan jamiyati ham yildan-yilga rivojlanib, nafaqat tumanimizdagi, balki boshqa hududlardagi bozorlarni ham oʻzining sifatli plastmassa mahsulotlari bilan taʼminlab kelmoqda.

“Al-kafil biznes plast” masʼuliyati cheklangan jamiyati 2019-yilning aprel oyida tashkil qilingan edi. Shu yili ishlab chiqarish faoliyatini boshlashi uchun Xalq banki tomonidan 37 ming AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit oldi. Xitoy Xalq Respublikasidan plastmassa mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi dastgohlar olib kelinishi natijasida xalq kundalik turmushida foydalaniladigan 10dan ortiq turdagi plastmassa  buyumlari ishlab chiqarila boshlandi. Oʻsha davrda MChJda 10 nafar ishchi xodim faoliyat yuritgan boʻlsa, bugungi kunda 15 nafar tajribali xodim mehnat qilmoqda.

Mazkur jamiyat tomonidan 4 xil turdagi, har xil kichik va oʻrta hajmdagi xoʻjalik va uy-roʻzgʻor uchun idishlar ishlab chiqariladi. Joriy yilda ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasidan yangi dastgohlar olib kelindi. Buning natijasida yana 6 xil turdagi plastmassa mahsulotlari, jumladan har xil hajmdagi katta idishlar ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi va qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etildi.

Hozirgi kunda “Al-kafil biznes plast” MChJda ish vaqti 3 smenada tashkil etilib, ishlab chiqarish hajmi oy sayin oshib bormoqda. Masʼuliyati cheklangan jamiyati bugungi kunda mahsulotlarini Qoraqalpogʻistondan tashqari Xorazm, Navoiy, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlariga yetkazib beradi.

“Al-kafil biznes plast” masʼuliyati cheklangan jamiyati xorijiy va qoʻshni davlatlarda tashkil etilayotgan “Made in Uzbekistan” koʻrgazmalarida faol ishtirok etadi. Yaqinda Qozogʻiston Respublikasida tashkil etilgan sanoat koʻrgazmasida mazkur korxona xodimlari ham ishtirok etib, yuqori sifatli plastmassa mahsulotlari bilan Amudaryo tumanining ishlab chiqarish salohiyatini namoyish etishdi.

Shu kunlarda korxona rahbariyati mahsulotlarini qoʻshni davlatlar, yaʼni Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikalariga eksport qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu loyihalar amalga oshishi natijasida yana koʻplab yangi ish oʻrinlari tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026