"Talabalik davrim mening davronlarning zörisan..." Yohud maktabga talaba bölib qaytgan yoşlar diydori
Hayotda öz örningni topiş va omad... Ikkisi bir biriga boğliq tuşunçalarday bölib tuyulişi mumkin ammo aslida ular orasida biroz farq bor: omadni sen yaratolmaysan, u senga taqdir tomonidan inʼom etiladi. Biroq bu bilan men omadsizman deyişga şoşilma, çunki sening yaşayotganing, ayni damda bu gaplarni idrok etayotganing özi bir omad. Hayotda öz örnini topiş esa bu senga va sening harakatlaringga, niyatingga boğliq. Axir, izlagan har doim imkon topadi. Eng muhimi esa– ezgu maqsadlaring yölida sobit qadam bölib tura olişing!
"Taraqqiyot közgusi" gazetasi tahririyatining "Bilimli va maʼnaviyatli yoşlar bilan Uçinçi Renessans sari" nomli grant loyihasi doirasida biz yöqlab borgan yoşlar esa bugun hayotda öz örnini, topişga intilayotgan, ilm olişga çanqoq yoşlardan.
Yaqindagina Amudaryo tumanining 1-sektori hududida joylaşgan 26-sonli maktabni tugatgan, bugungi kunda talabalik baxti naşidasini surayotgan yoşlarning ilm oliş yölidagi mehnatlarini qadrlab, ularning intiluvçanligini, erişgan yutuqlarini tengdoşlariga namuna qilib körsatiş maqsadida ularni yöqlab bordik.
2023-yilda uşbu maktabni 18 nafar öquvçilar bitirgan bölsa, şundan 14 nafari OTMlari talabalari bölişdi. Bu baxtli yoşlarning orasida Faxriddin Maşaripov ham bor. Qahramonimiz 2023-yilda tumanimizdagi 26-sonli maktabni aʼlo baholarga tugatib, çuqur bilimi, zakovati hamda besamar ketmagan harakatlari natijasida Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy Universiteti kimyo fakulteti talabasi böldi. Faxriddin maktabda öqib yurgan kezlaridayoq namunali xulqi, ötkir zehni bilan ustozlari nazariga tuşgan.
Kimyo fani böyiça fanlar olimpiadasida hamişa faol iştirok etib, yaxşi natijalarni qayd etib keldi. Talaba hozirda esa, endi böldi, maqsadimga erişdim bemalol yurişim mumkin demasdan til örganiş, ingliz tilini çuqur özlaştiriş bilan band. Unga havas qilgan ikki nafar singlisi ham hozirda ham öquvçi, ham abituriyent. "Ot izini toy bosadi", yaxşi farzand ota-onaning orzu umidlarini röyobga çiqariş, ularga rahmat keltiriş ilinjida yaşaydi. Faxriddin otasi Sobirjon Madrahimov hamda onasi Hamida Ortiqovalardan örnak olib, ular tanlagan ilm yölidan dadil qadam taşlamoqda. Ota-ona esa farzandining kamoli uçun har doim mehnatda, 26-sonli maktabda biri öqituvçi, biri maktabning MMIBDÖ bölib faoliyat yuritişadi. Piru badavlat bobo va buvijonisining esa qöllari hamişa duoda. Oq fotiha berib, nabiralar kamolini tilaydi.
Maqolamizning keyingi qahramonlari ham xuddi Faxriddin kabi tumanimizdagi uşbu maktabni ötgan yili tamomlab, hozirda talaba.
Nurşoda Saʼdullayeva bolalikdan xorijiy tillarga özgaça mehr qöydi hamda maktabda öqib yurgan kezlarida til örganib, özining ingliz tili böyiça luğat boyligini oşirib bordi. Ham öquvçilik, ham abituriyentlik biroz qiyinçilik tuğdirsa-da, oldiga qöygan maqsadidan aslo oğmadi. Va harakatlari zoye ketmadi. U ham 2023-yilda ÖzMU xorijiy filologiya fakultetiga davlat granti asosida öqişga kirdi. Bugungi kunda vaqtini mazmunli ötkaziş, oliygohdagi olgan bilimlarini mustahkamlaş maqsadida ovulning bir guruh bolajonlariga ingliz tili saboqlarini ötib kelmoqda.
Navbatdagi tinib-tinçimas, iqtidorli talaba qiz Şohida Nurullayevadir. Bu qizning qisqa muddat içida erişgan va erişayotgan natijalarini körib, bizning ham havasimiz keldi. Bu qizimiz ham ötgan yili uşbu maktabni aʼlo baholarga tugatib, talaba nomiga sazovor böldi. Hozirda u Toşkent Davlat Iqtisodiyot universiteti biznes boşqaruvi fakulteti, bank işi va audit yönalişi talabasi. Şohidaning omadli va xuşxabarlarga boy yillari qatorasiga birin-ketin keldi. 3-yil matematikadan, 4-yil ingliz tili fanlarini çuqur özlaştirgan maqolamiz qahramoni 2022-yilda matematika böyiça milliy sertifikat, 2023-yilda esa ingliz tili böyiça SEFR S1 til sertifikatiga ega böldi. Oddiy, kamsuqum biroq öta aqlli va çinakam ilm sohibasi bölgan bu qiz oilada örtança farzand. Opa uka, singillari jigarining erişgan bu yutuqlaridan hamişa faxru iftixor tuyğularini his etib, ular ham Şohidaga öxşaşga harakat qiladi.
Şohidaxonning hayotida yana bir muhim yangilik uni yaqinda yurtimizdagi nufuzli banklarning biri işga taklif qildi.
– U yerda 25 mln sömgaça maoş oladigan xodimlar bor ekan, men ham kelajagimni bank bilan boğliq holda tasavvur etaman, masʼuliyatli xodim bölaman deya jilmayib qöyadi u.
Agar eʼtibor bergan bölsangiz bu uçala yoşni biz maqolamiz qahramonlari deya eʼtirof etdik. Bu bejizga emas albatta. Bugungi tahlikali davr yoşlar tarbiyasida kuçli masʼuliyatni taqozo etmoqda. Ana şunday bir paytda özining yuksak aql-u, zakovati, namunali xulqi, tirişqoqligi, jamiyatda erişayotgan yutuqlari bilan ibrat bölayotgan bu kabi yoşlar qahramon deyişga loyiq.
Zero, mahallada yoki maktabda bir nafar ana şunday ibrat siymosi paydo bölsa uning ortidan yana neça-neçalab döstlari ergaşadi. Havas qiladi. Harakat qiladi. Biz esa jamiyatimizda mana şunday qahramon yoşlar köpayaverişini tilab, xayrlaşdik.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶