Sektorlar kesimida prokuror kubogi musobaqalari ötkazildi
“Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida ötkazilayotgan musobaqalar Amudaryo tumanidagi sportsevar yoşlarni öz atrofiga jamlamoqda. Tuman sport maktabi zalida milliy kuraş böyiça 18-30 yoş toifasida erkaklar va ayollar örtasida 4 sektor kesimida “Prokuror kubogi” uçun taşkil etilgan musobaqalar ham şular jumlasidandir.
Yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib etiş, ularni har tomonlama barkamol etib tarbiyalaş, milliy sportimizni yanada rivojlantiriş maqsadida taşkil etilgan musobaqa yuqori saviyada, kötarinki ruhda bölib ötdi.
Musobaqaning oçiliş marosimida Amudaryo tumani prokurori yordamçilari Sanjar Abdullayev, Oğabek Erkuliyev, Amudaryo tumani sport maktabi direktori vazifasini vaqtinça bajaruvçi Zokir Yuldaşev hamda murabbiy va sportçilar iştirok etişdi.
Dastlab Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi. Sportçi yoşlar va murabbiylar, tadbir iştirokçilari qöllarini köksiga qöyib, yurt madhini jör bölib kuylaşdi.
Musobaqani Amudaryo tumani prokurori yordamçisi Sanjar Abdullayev tantanali ravişda oçib, murabbiylar hamda sportçilarga omad tiladi. Şundan söng musobaqalarga start berildi.
Taʼkidlanganidek, keyingi yillarda asrlar davomida mardlik, bağrikenglik, oliyjanoblik va halollikning timsoli sifatida eʼzozlanib kelingan, özbek xalqining tarixiy merosi – kuraş milliy sport turini yanada rivojlantiriş, uning xalqaro maydondagi rivojini qöllab-quvvatlaş, zarur infratuzilmani yaratiş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, jahonning bir qator davlatlarida kuraş turnirlari, turli çempionatlar, seminar-maşğulotlar ötkazib kelinişi natijasida uşbu milliy sportning xalqaro rivojiga alohida eʼtibor qaratilyapti.
Darhaqiqat, kuraş asrlar davomida özbek xalqining eng ommaviy va sevimli milliy öyinlari qatorida eʼzozlab kelingan. Kuraş – yakka kuraşning qadimiy turi bölib, taʼrixiy maʼlumotlarga köra, uning yoşi 3 ming yillikdan ortiq hisoblanadi. Bugungi kunda Xalqaro Kuraş assotsiatsiyasi tarkibida 130dan ziyod davlatlar milliy federatsiyalari faoliyat yuritadi.
Davlatimizning bevosita qöllab-quvvatlaşi natijasida kuraş xalqaro sport turi sifatida keng eʼtirof etildi, “kuraş”, “halol”, “taʼzim”, “töxta”, “yonboş” va boşqa atamalar esa xalqaro sport luğati tarkibidan örin egalladi.
Eʼtirof etiş joizki, “Kuraş” milliy sport turini aholi, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoşlar örtasida yanada rivojlantiriş hamda ommalaştiriş, ösib kelayotgan avlodda milliy iftixor va vatanparvarlik tuyğusini mustahkamlaş, şuningdek, jamiyatda soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş va jahon sport maydonida yuqori natijalarga erişişni taʼminlaş maqsadida taşkil etilgan “Prokuror kubogi” musobaqasi tom maʼnoda kuraş bayramiga aylanib ketdi.
Musobaqalar keskin va murosasiz tarzda bölib ötdi hamda belgilangan yoş va vazn toifasida ğoliblar aniqlanib, musobaqaning tuman bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdilar. Musobaqa yakunida ğoliblar taşkilotçilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
B. Soatov, Amudaryo tumani sport maktabi ommaviy sportni rivojlantiriş va selektsiya işlari böyiça direktor örinbosari

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶