28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:19
Iqtisodiyot 👁 2,357

Imkoniyatlardan unumli foydalanamiz

Imkoniyatlardan unumli foydalanamiz

Tadbirkorlik faoliyatiga qiziqish menda toʻqsoninchi yillarda paydo boʻlgan. Ishbilarmonlikka boʻlgan qiziqishimni payqagan ustozim, Nukus shahridagi "Tamara” qandolatchilik firmasi direktori Larisa Vitalevna oʻz firmasiga ish yurituvchi vazifasiga ishga qabul qildi.

Ustozim Larisa opaning yonlarida 16-yil ishlab, tadbirkorlik sohasining sir-asrorlarini qunt bilan oʻrgandim.

Mening tadbirkor sifatida mustaqil ravishda ishlay olishimga ishonch hosil qilganlaridan keyingina opa menga oʻz biznesimni boshlashimga ruxsat berdilar.

Shundan soʻng, yaʼni 2009-yilda men "Mangʻit-fayz” deb nomlangan oilaviy korxonamni ochishga muvaffaq boʻldim. Turmush oʻrtogʻim Oʻktamboy Bobotoyev bilan birgalikda oilaviy korxonamizni rivojlantirish maqsadida bor bilim va tajribalarimizni ishga solib, olgʻa intildik. "Intilganga tole yor” deganlaridek, qiyinchiliklardan choʻchimasdan yaxshi niyat bilan qilgan mehnatlarimiz bizni quvonchli natijalar sari yetakladi.

Oziq-ovqat va nooziq ovqat mahsulotlarining chakana savdosi bilan shugʻullanadigan oilaviy korxonamizda ayni kunda 6 kishi mehnat qiladi. Xaridorgir va sifatli mahsulotlar savdosini tashkil etishda oʻz tajribasi va uslubiga ega boʻlgan jamoamizning bankka naqd pul topshirishda ham hissasi katta boʻlayotir. Biz har oyda belgilangan miqdordagi naqd pulni bankka topshirishga erishayapmiz. Shuningdek, oilaviy korxonamiz hisobotlarni tegishli joylarga taqdim etish boʻyicha belgilangan qoidalarga ham toʻla amal qilib keladi.

Yurtimizda aholi turmush farovonligini yuksaltirish, uning bandligi darajasini oshirish, umuman, mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari hal qiluvchi kuchga aylanmoqda. Bugungi tez oʻzgaruvchan bozor talablariga javob beradigan zamonaviy tuzilma – oilaviy biznes, ayniqsa yangi ish oʻrinlari yaratish va yurtdoshlarimiz daromadlarini koʻpaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Oilaviy tadbirkorlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga ustuvor ahamiyat berilayotgani mamlakatimiz uchun gʻoyat istiqbollidir. Yurtimizda aholiga xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi, sanoat va qurilish tarmoqlarida oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun yetarli shart-sharoit va imkoniyatlar mavjud. "Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni esa mazkur shart-sharoit hamda imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish uchun muhim huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.

Bunday imkoniyatlar esa bizni, oilaviy tadbirkorlarni el-yurtimizga hamisha sidqidildan xizmat qilishga undaydi.

Amina ShOMURODOVA, "Mangʻit-Fayz” oilaviy korxonasi rahbari.

Maqola Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha doirasida eʼlon qilinmoqda.


(Foto - http://uza.uz)


🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026