USTOZGA EHTIROM VA HURMAT – ONA VATANGA, KELAJAK AVLODLARGA EHTIROMDIR
Insoniyat paydo bölibdiki, hayot deb atalmiş ulkan karvonga sarbonlik qilguvçi, odamlarga töğri yölni körsatib, mehri, ilm-u ziyosi bilan maʼnan yuksaklik sari yetaklovçi zot – ustoz dahosiga hurmat va ehtirom körsatiladi. Ana şu zotning ögit va nasihatlariga amal qiliş orqali inson orzu-umidlarini amalga oşirişga intiladi. Çunki faqat ustozlargina şaxsning kamoloti yölida hamişa özlarini safarbar qilib yaşaydilar.
Amudaryo tumanidagi 23-sonli umumtaʼlim maktabida bölib ötgan “Ming ehtirom öğlingizdan, qizingizdan, ustozlar!” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy musiqiy tadbirda kelajak avlodlar taʼlim-tarbiyasining jonkuyarlari – butun ongli hayotini ösib kelayotgan yoş avlodni barkamol insonlar qilib voyaga yetkazişdek şarafli vazifaga bağişlagan fidoyi ustozlarga hurmat va ehtirom körsatildi.
Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Dilorom Rahimova oçdi va uçraşuvga taklif qilingan faxriy öqituvçilar va maktab pedagogika jamoasini oktyabr oyidagi biri-biridan fayzli va şarafli bayramlar – Öqituvçi va murabbiylar kuni hamda 21-oktyabr – ona tili bayramlari bilan çin dildan tabrikladi.
Taʼkidlanganidek, ustozlar dunyodagi eng bebaho boylik va umrboqiy merosni yaratiş, uni xalqimizga, yoş avlodga bezavol yetkaziş yölida çinakam fidoyilik körsatib kelayotgan mehridaryo uluğ insonlardir. Ustozlar yaratadigan ulkan boylik – aql-zakovat va ilm, bebaho, ölmas meros esa yaxşi tarbiyadir. Maktab direktorining örinbosari xalqimiz uçun ustozlarga ehtirom va hurmat – ona Vatanga, kelajak avlodlarga buyuk ehtirom namunasi sifatida milliy qadriyatga aylanganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Tadbir davomida maktab direktori Orifjon Yusupov davrada jam bölgan faxriy ustozlar va maktab pedagogika jamoasiga özining bayramona tabrigini izhor etib, yoş avlodni vatanparvarlik, milliy-maʼnaviy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalaş, ularning ilm sirlarini mukammal egallaşlari yölida hamjihatlik bilan amalga oşirayotgan işlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Şundan söng nafaqadagi ustozlar Öktam Matsafoyev va Habibaxon Maʼmurovalar mamlakatimizda taʼlim-tarbiya sohasiga qaratilayotgan eʼtibor, soha xodimlari va öquvçi-yoşlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar xususida söz yuritişib, öqituvçi-murabbiylar maqomi yuksalib, ularning huquq va manfaatlari qonuniy asoslarda mustahkamlanganini mamnuniyat bilan taʼkidladilar. Ayniqsa, nafaqadagi faxriy öqituvçilarning dam olişlari, sihatgohlarda salomatliklarini mustahkamlaşlari uçun yaratilgan şart-şaroitlar, imkoniyatlar öqituvçi va murabbiylar hayotiga yangiça mazmun baxş etganini alohida eʼtirof etdilar.
Tadbirda maktab öquvçilari tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur ham namoyiş etildi. “Ming ehtirom öğlingizdan, qizingizdan, ustozlar!” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy va musiqiy dasturdan joy olgan ustozlarning maşaqqatli va şarafli mehnati haqida hikoya qiluvçi sahna körinişlari, ustoz va şogird örtasidagi abadiy mehr-oqibat riştalari hamda öqituvçi va murabbiylarni şaraflovçi kuy-qöşiqlar, dilrabo raqslar tadbir iştirokçilariga zavq-şavq bağişladi.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶